Karvonsaroy
Salomatlik

Jahon yetakchilari Xitoydan koronavirusga oid maʼlumotlar boʻyicha shaffoflik talab qildilar

Karvonsaroy va AFP

Uxandagi Leyshenshan kasalxonasi oldida turgan maxsus himoya kiyimidagi qoʻriqchilar, Xitoy, 11-aprel. (Noel Selis/AFP)

Uxandagi Leyshenshan kasalxonasi oldida turgan maxsus himoya kiyimidagi qoʻriqchilar, Xitoy, 11-aprel. (Noel Selis/AFP)

BERLIN – Dushanba (20-aprel) kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasi boʻyicha maksimal darajada shaffof boʻlishga chaqirdi. Xitoy inqirozga qarshi kurashdagi xatolari sababli xalqaro bosim ostida qolgan.

Tanqidchilar Xitoyni oʻtgan yil oxirida paydo boʻlgan epidemiya koʻlami va hajmini kichraytirib koʻrsatishda ayblaganlar. Ayrim nazariyalarda virus ehtiyotsizlik tufayli laboratoriyadan chiqib ketgani taxmin qilinadi.

Merkel Xitoyning Uxan shahrida boshlangan epidemiyaning ilk kunlari haqida koʻproq maʼlumotlar talab qilgan.

“Xitoy virusning kelib chiqishi masalasida qanchalik shaffof boʻlsa, butun dunyoga xulosalar chiqarish shuncha oson boʻlar edi”, deb aytgan Merkel dushanba kuni Berlinda.

Xitoylik olimlarga koʻra, virus odamlarga ilk bor hayvonlar bozoridagi sotuvchilaridan yuqqan.

AQSH rasmiylari, jumladan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ham virus Uxandagi virusologiya laboratoriyasidan chiqqan, degan nazariyalarni ilgari surgan. Pompeo “virus dunyoga qanday tarqalgani” yuzasidan tergov olib borilayotganini aytdi.

Oʻtgan hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Financial Times” nashriga intervyusida Xitoy pandemiyaga qarshi yaxshi chora koʻrdi, deb oʻylash xato ekanligini aytarkan, “bizga nomaʼlum narsalar roʻy berganini” qoʻshimcha qildi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raabning aytishicha, Xitoyni koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq “qiyin savollar” kutib turibdi – aynan “uning qanday paydo boʻlgani va nima uchun uni ertaroq toʻxtatish imkoni boʻlmagani”.

Oʻz navbatida, Avstraliya pandemiyaga nisbatan koʻrilgan global choralar yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazishga chaqirdi.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi Xitoyning pandemiyaga qarshi javob choralarini oʻrganish yuzasidan qayta tekshiruv oʻtkazish talabida turishini aytgan.

Harakatsizlik

Xitoy hukumatini dastlab epidemiya miqyosini kamaytirib koʻrsatishda aybladilar, oʻtgan haftada esa Uxan maʼmurlari halok boʻlganlar sonini hisoblashdagi xatolikni tan olib, bu koʻrsatkichni 50 foizga oʻzgartirdilar.

Xitoy hukumatining COVID-19 koronavirusi borasidagi qariyb bir haftalik sukuti butun dunyoni pandemiyaga ilk bosqichdayoq chek qoʻyish imkoniyatidan mahrum qildi, deb xabar bergan Assoshieyted Press (AP) agentligi 15-aprel kuni.

Xitoy rasmiylari halokatli kasallik tarqalganini zimdan anglagan boʻlsalar-da, kasallik markazi boʻlgan Uxan shahrida oʻn minglab odam ishtirokida ommaviy ziyofat uyushtirishga va virusni har tomonga yoyishga ruxsat berishdi.

Bayonot olti kunga (14 dan 19-yanvarga qadar) kechikdi. Nihoyat, XXR raisi Si Szinpin 20-yanvar kuni ommaga ogohlantirish bilan chiqdi. Biroq, AP ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlar va ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, bu muddat ichida kamida 3000 dan ortiq odam kasallanib ulgurgan edi.

Virus Xitoydan butun dunyoga tarqalib, odamlar hayotiga zomin boʻldi, gumanitar va iqtisodiy tanglik keltirib chiqardi.

Seshanba (21-aprel) holatiga koʻra, dunyo boʻylab koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 2,4 millionta holat tasdiqlangan, kasallik tufayli 170 mingdan koʻproq odam hayotdan koʻz yumdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ha, yakunda Xitoy virusning oʻta maxfiy MRB laboratoriyalarida ishlab chiqarilgani haqida dalil keltirishi kerak boʻladi

Javob berish