Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Tahlilchilar: YOII koronavirus taʼsiri natijasida zaiflashdi

Kanat Altinbayev

Olmaotadagi “Magnum” supermarketlar tarmogʻiga kiruvchi doʻkonlardan biri, 20-aprel kungi surat. Tarmoq doʻkonlarida asosan mahalliy meva-sabzavotlar, shuningdek, YOII aʼzosi boʻlmagan Oʻzbekistondan olib kelingan mahsulotlarni sotiladi. [Kanat Altinbayev]

Olmaotadagi “Magnum” supermarketlar tarmogʻiga kiruvchi doʻkonlardan biri, 20-aprel kungi surat. Tarmoq doʻkonlarida asosan mahalliy meva-sabzavotlar, shuningdek, YOII aʼzosi boʻlmagan Oʻzbekistondan olib kelingan mahsulotlarni sotiladi. [Kanat Altinbayev]

OLMAOTA – Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari Rossiyani Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo davlatlardan yanada uzoqlashtirmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Olmaotadagi Central Asia Monitor onlayn-nashrining Rossiya boshchiligidagi YOII savdo bloki pandemiya vaqtida aʼzo davlatlarni birlashtira olmagan.

“COVID-19 pandemiyasidan coʻng bu ittifoqning kelajagi bormi, deb soʻrash vaqti keldi”, deyiladi maqolada. “Zaiflashgan Rossiya endi YOIIdagi sheriklarini avvalgidek oʻz manfaatlari orbitasida ushlab turolmaydi.”

YOII bilan bogʻliq masala diqqat markazida turibdi, sababi pandemiya va ihotalash davrida neftga boʻlgan talabning keskin kamayib ketishi Rossiya iqtisodiyotiga putur yetkazmoqda. Shu bilan birga, YOII doirasidagi savdo hajmi ham pasaya boshlagan.

Pandemiya YOII mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmining kamayishiga olib keladi, zero davlatlar oʻrtasidagi havo aloqalari va qatnovlar cheklangan, deydi olmaotalik siyosatshunos Zamir Karajanov.

Bundan tashqari, ittifoqqa aʼzo davlatlar iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari ham pasayishi kutilmoqda, dedi u.

Soʻnggi yillarda aʼzo davlatlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi, mamlakatlarning ichki iqtisodiyoti va YOII ichidagi muammolar tufayli shundoq ham pasaya boshlagan edi. Karajanovning taʼkidlashicha, pandemiya mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy tanglikni yanada kuchaytirishi turgan gap.

2014-yilgacha, neftning bir barreli 100 dollardan qimmatroq boʻlgan paytlarda ham, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan BRIKS guruhida Rossiya YIM oʻsish surʼati eng quyi koʻrsatkichda edi, dedi u. Ammo, oʻshanda ham hukumat tuzilmaviy islohotlar oʻtkazmaganda va aftidan, hozir ham oʻtkazmaydi.

“Katta ehtimol bilan, mamlakat 2014-yildan keyin boʻlgani kabi moliyaviy jamgʻarmalarini isteʼmol qiladi”, deya qoʻshimcha qildi u.

“Aytish mumkinki, Rossiyani koronavirus yoki neft narxining pastligi emas, oʻzi tanlagan rivojlanish modeli zaiflashtirmoqda”, deb qoʻshimcha qildi u.

2015-yilda neft narxining sezilarli darajada pasayishi ortidan, Moskva iqtisodiy strategiyasini oʻzgartirib, xarajatlarni kamaytirish va budjetni mablagʻlarini tejashga kirishdi. U, shuningdek, 2014-yilda Kremlning Qrimni noqonuniy anneksiya qilishi sababli Gʻarb tomonidan joriy qilingan sanksiyalardan ham jiddiy talafot koʻrdi.

Adolatsiz harakatlar

Qirgʻizistonning Chuy viloyatidan boʻlgan fermer Ulan Saymaliyevning fikricha, adolatsiz savdo qoidalarini oʻrnatgan iqtisodiy blokning zaiflashgani uchun Rossiya faqat oʻzini ayblashi kerak.

Rossiya YOIIning oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarga javob bermasligini bahona qilib, har yili Qirgʻizistonga bir necha yuz minglab meva-sabzavot mahsulotlarini qaytarib yuboradi.

“Bizning YOII aʼzosi ekanligimizga qaramay, Rossiyaning Orenburg viloyati fitosanitar nazorati qirgʻiz mahsulotlari importidan bosh tortib turadi”, dedi Saymaliyev.

“Natijada biz zarar koʻryapmiz. Bunday ittifoqning nima keragi bor?”, deb savol beradi u.

Pandemiya vaqtida qoʻshni Qozogʻiston biznesga koʻmaklashmoqda va bojlarni bekor qilib, Qirgʻiziston oziq-ovqat mahsulotlarini erkin qabul qilmoqda, Rossiya esa oʻzini YOIIdagi hamkorlaridan toʻsib qoʻygan, dedi Saymaliyev.

Har bir davlat oʻz yechimini taklif qilayotgan bir paytda, YOII har bir vaziyatga turlicha yondashmoqda, dedi Olmaotadagi demokratiyani rivojlantirish Markaziy Osiyo fondi rahbari Tolganoy Umbetaliyeva.

Qozogʻiston bojxona toʻlovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi, ammo pandemiya sharoitida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish masalasi muhokama qilingani yoʻq, dedi u.

“Mamlakatlar iqtisodi turlicha ekanini inobatga olib, YOII tomonidan avval qabul qilingan qoidalarning naqadar adolatli ekanligini tekshirish lozim”, dedi Umbetaliyeva Rossiyaning hukmron mavqeini nazarda tutib.

Rossiya iqtisodiyotidagi ochiqlik minimal darajada, aynan shu narsa hamkor davlatlarning noroziligiga sabab boʻlmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

“Ayni vaqtdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz siyosiy kelajagi bilan band, YOII istiqboli esa kun tartibiga kiritilmagan”, dedi Umbetaliyeva.

YOIIni tark etish vaqti keldimi?

YOII oʻz dolzarbligini yoʻqotgan, uning kelajagi yoʻq, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Islam Kurayev.

YOII tarkibida “mamlakatlarimiz iqtisodiy va texnologik jihatdan orqada qolib ketgan. Oʻzimizni elementar narsalar bilan ham taʼminlay olmayapmiz”, dedi u.

“YOII maqsadlariga koʻra, biz kuchli iqtisodiy blok tuzishimiz kerak edi. Ammo buning natijasi nima boʻldi? Qozogʻistondagi mavjud korxonalar kasodga uchradi, biz raqobatga dosh bera olmadik”, dedi Kurayev.

Bu inqiroz Qozogʻiston va Rossiya iqtisodiyoti va valyutalarining bogʻliqligi sababli, dedi u. Rossiyada nisbatan sanksiyalar qoʻllanganida, inflyatsiya va devalvatsiya boshlanganida Qozogʻistonga ham bu taʼsir qildi, dedi Kurayev.

“Mamlakat Rossiya mahsulotlarini sotish uchun koloniyaga aylantirilar ekan, oʻzimizni sekin-asta yoʻq qilmoqdamiz”, dedi u. “Agar erkin boʻlish niyatimiz bor ekan, eskiliklardan voz kechib yangicha hayot yashashimiz kerak.”

Hozir Qozogʻiston YOIIdan chiqishi uchun eng toʻgʻri vaqt, dedi u.

Aslida YOII hech qanday iqtisodiy missiyaga esa emas, u shunchaki Rossiyaning postsovet mintaqadagi taʼsirini kuchaytirishga moʻljallangan siyosiy loyihadir, deydi olmaotalik siyosatshunos va Qozogʻiston milliy ishonch kengashi aʼzosi Rasul Jumali.

“Qozogʻiston uchun YOIIning eng yaxshi muqobili Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishdir”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hamma davlatlar bu Tayga Ittifoqini tark etishi kerak

Javob berish