Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Rossiyaning COVID-19ga oid dezinformatsiyasi sogʻliqni saqlash va fan sohasiga hujum oʻlaroq baholanmoqda

Karvonsaroy

Olmaotaga kiraverishdagi nazorat-oʻtkazish punktida qoʻriqchilik qilayotgan niqobdagi huquq-tartibot xodimi, 2020-yil, 19-mart. COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish yopilgan. [Ruslan Pryanikov/AFP]

Olmaotaga kiraverishdagi nazorat-oʻtkazish punktida qoʻriqchilik qilayotgan niqobdagi huquq-tartibot xodimi, 2020-yil, 19-mart. COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish yopilgan. [Ruslan Pryanikov/AFP]

Rossiya rejimining yangi koronavirus pandemiyasi borasidagi dezinformatsiyasi – prezident Vladimir Putinning Gʻarb mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimi va AQSH olimlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan uzoq muddatli kampaniyasiga bir misoldir, deydi kuzatuvchilar.

Dunyo COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan bir paytda, Kreml halokatli virus haqida zararli dezinformatsiya tarqatishni davom ettirib, butun dunyodagi odamlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqining (YI) yaqinda eʼlon qilingan tadqiqotida.

Yevropa sogʻliqni saqlash tizimini obroʻsizlantirish orqali Gʻarbdagi inqirozni kuchaytirishni koʻzlagan Kremlparast ommaviy axborot vositalari COVID-19 haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatmoqda, deyiladi mart oyida AFP ixtiyoriga kelib tushgan YI ichki hujjatida.

Kuzatuvchilar 22-yanvardan 1-aprelga qadar kremlparast ommaviy axborot vositalarining COVID-19 borasidagi 150 dan ortiq dezinformatsiya holatlarini qayd etganlar, deb xabar beradi Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS).

Russia Today (RT) telekompaniyasi boshlovchisi efirga chiqishga tayyorlanmoqda, Moskva. Bu telekompaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dezinformatsiyasini yoyinlashda foydalaniladi. [Yuriy Kadobnov/AFP]

Russia Today (RT) telekompaniyasi boshlovchisi efirga chiqishga tayyorlanmoqda, Moskva. Bu telekompaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dezinformatsiyasini yoyinlashda foydalaniladi. [Yuriy Kadobnov/AFP]

Masalan, Sputnik Deutschland sayti Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida virusga qarshi “qoʻllarni yuvish foydasiz” ekanligi haqidagi iddaolarni targʻib qilgan, deyiladi YI hisobotida.

Dezinformatsiya harakatlarining davom etayotganini NATOga aʼzo mamlakatlar ham ochiq eʼtirof etganlar.

Kremlning vahima keltirib chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlari

Bu ogohlantirishlar AQSh rasmiylari ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiyaga tegishli minglab akkauntlar virus borasida vahima tarqatish uchun kelishilgan harakatlarni boshlagani haqida xabar berganidan bir oy oʻtmay paydo boʻlgan.

Dezinformatsiyadan maqsad – oʻnlab turli xil, ayrim hollarda bir-biriga zid xabarlar tarqatib, tartibsizlik va vahima keltirib chiqarish.

Bunga “koronavirus Xitoy, AQSH yoki Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan biologik qurol boʻlib, u dastlab Xitoyda emas, balki AQSHda paydo boʻlgan yoki virus totalitar hukmronlik oʻrnatish vositasidir” degan iddaolarni misol oʻlaroq keltirish mumkin.

Kremlparast manbalar Xitoy va Eron kabi boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan fitna nazariyalarini ushlab olib, ularni kuchaytirmoqda, deydi Rossiya dezinformatsiyasiga oid masala bilan shugʻullanayotgan YIning Stratcom East ishchi guruhi.

Kremlning boshqa tashviqotlarida Moskvaning COVID-19ga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlari madh qilinadi, aslida esa Rossiya hukumati mamlakatni oʻzi kechikib tan olgan pandemiyadan himoyalashga jon-jahdi bilan urindi.

Dezinformatsiya kampaniyasi 1-aprel kuni Putin Rossiyada koronavirus haqida yolgʻon maʼlumot tarqatganlik uchun jazoni qatʼiylashtiruvchi qonunni imzolaganidan keyin ham davom etgan.

Putin: dezinformatsiyaning uzun tarixi

Rossiyadan kelayotgan soxta axborot xuruji Putinning Gʻarbni obroʻsizlantirish va dushmanlarni ich-ichidan yoʻq qilish boʻyicha uzoq muddatli kampaniyasining bir qismidir, deyiladi 13-aprel kuni New York Times nashrida eʼlon qilingan tadqiqotda.

“Uning agentlari virusli epidemiyalar, jumladan (2014-yilgi) Ebola gripp epidemiyasi va hozirgi koronavirus amerikalik olimlar tomonidan chiqarilgan, degan gap-soʻzlarni tarqatganlar”.

Putinning bunday kampaniyalarga aralashuvi 1975-yilda, sobiq Sovet KGBsida xizmat qilgan paytlariga borib taqalishi mumkin.

Gazeta xabariga koʻra, KGBning tashqi razvedka boʻlimida Putin “oʻz vaqtining toʻrtdan bir qismini dezinformatsiya choralarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun sarflashi” koʻzda tutilgan edi.

Putin davrida KGB inson immuniteti tanqisligi virusini (OIV/OITS) “Amerika harbiylari tomonidan qora tanli fuqarolarni oʻldirish uchun ishlab chiqilgan irqiy qurol” sifatida talqin qiluvchi kampaniyani boshlagan edi.

“1987-yilga qadar bunday soxta xabarlar 25 tilda, dunyoning 80 mamlakatida tarqatilgan”, deb yozadi The New York Times.

Prezident va bosh vazir boʻlgan Putin dezinformatsiya tarqatishda (hozirda RT deb ataluvchi) Russia Today telekanali va Sputnik nashridan foydalanib kelgan.

Ikkiyuzlamachilik va yolgʻonlarga toʻla oʻn yilliklar

Har qanday pandemiyani amerikacha ikkiyuzlamachilik bilan bogʻlash Putin rejimining oʻziga xos alomatlaridan biriga aylangan, deb yozadi nashr.

2009-yilda dunyoda minglab odamlar hayotiga zomin boʻlgan H1N1 “choʻchqa grippi” tarqaganida ham shunday holat yuz bergandi.

“RT” telekanalining Ueyn Madsen nomli konspirologik “tergovchi jurnalist” ishtirokidagi kamida toʻqqizta koʻrsatuvi va maqolalarida u virusni “biomuhandislik” ishi deb atagan.

2014-yilda 10 ming odamning hayotiga zomin boʻlgan Ebola pandemiyasi vaqtida ham xuddi shunday ishga qoʻl urilgan edi.

“RT” Siril Broderikning Liberiyadagi yirik nashrlardan biri boʻlgan “Daily Observer” gazetasiga yuborgan “ochiq xatini” chop etgan. Maktubda u AQSH harbiylari va transmillik farmatsevtik kompaniyalarni Ebola yordamida amalga oshirilgan bioterrorchilikda ayblagan.

Sobiq oʻsimliklar patologi boʻlgan Broderik tasdiqlovchi dalil sifatida OITSga oid soxta maʼlumotlarni keltirgan.

Oʻsha yili “RT” boshlovchisi Ebola virusini Amerikaning Rossiyaga hujum qilishga urinishi oʻlaroq baholagandi.

Boshlovchi Broderikning maqolasidan kelib chiqib, “kimnidir AQSHning tibbiy maqsadlariga ishonmaslikda ayblay olasizmi?” deb savol bergan.

Kreml trollari harakatda

Sankt-Peterburgda joylashgan shubhali internet “trollari” guruhi Twitter tarmogʻida bu soxta daʼvolarni ilgari sura boshladi, deb xabar bergan “New York Times” nashri.

Yana bir tvitda “Ebola hukumat tarafidan uyushtirilgani” aytilgan.

2012-yilda Putinning tashabbusi bilan Facebook, Twitter va Instagram tarmoqlarida faoliyat yuritadigan trollar guruhi tashkil etilgan edi.

Ayni guruh COVID-19 virusi haqida ham shunga oʻxshash iddaolarni yoyinlagan, jumladan, fevral oyida u oʻz blogida “koronavirus olimlar tomonidan yaratilganiga rad etib boʻlmaydigan” dalillar borligi va u “bioqurol” ekanligini iddao qilgan edi.

Ushbu xabar Rossiyaning “Rusofil” yangiliklar nashriga qarashli saytda chop etilgan.

Kremlning dezinformatsiya kompaniyasida davlat arboblari, razvedka xizmati zobitlari, sobiq “RT” xodimlari hamda Sankt-Peterburgda trollar fabrikasini moliyalashtirgan soyadagi oligarx va Putinning ishonchli vakili Yevgeniy Prigojinning raqamli guruhlari ishtirok etadi, deyiladi hujjatda.

“Rossiyaning dezinformatsiya ekotizimi toʻlaligicha ishga jalb qilingan”, dedi dezinformatsiyani aniqlash va unga qarshi kurashish boʻyicha AQSH Davlat departamentining global hamjihatlik markazi koordinatori Liya Gabriyel 5-mart kuni AQSH senatidagi eshituvlar chogʻida.

Moskva koronavirus pandemiyasini “odamlar qoʻrquvda qolgan vaqtda sogʻliqni saqlash tizimidagi inqirozdan foydalanib qolish” imkoni sifatida koʻrmoqda, dedi u.

Xitoy va Eron Rossiyadan oʻrnak olmoqda

Virusning vatani boʻlmish Xitoy va va undan eng katta talafot koʻrgan Eron rejimlari ham Rossiyaning yoʻlini tutdi.

Bu uchchala hukumat ham COVID-19 virusining kelib chiqishiga oid muqobil iddaolarni faol yoyinlamoqda.

Pekin fitna nazariyalarini ilgari surish bilan tanqidlarni rad etishga urinmoqda.

Rasmiylar Xitoyda paydo boʻlgan virus dunyo boʻylab mislsiz tartibsizliklarni keltirib chiqarayotganini anglab yetganlaridan soʻng, Xitoyda dezinformatsiya mashinasi ishlay boshlagan edi.

Inqiroz sharoitida oʻzini olijanob qudratli davlat deb koʻrsatishga urinayotgan Xitoy butun dunyoga himoya vositalarini eksport qildi, Afgʻoniston, Pokiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa davlatlariga tibbiy vositalar sotish ortidan milliardlab dollar foyda koʻrdi.

Himoya vositalarining koʻpchiligi yaroqsiz ekanligi vaziyatni yanada ogʻirlashtirgan.

Bu orada Tehron ham fitna nazariyalarini tarqatishga urinmoqda. Ulardan eng ommalashgani – virus Qoʻshma Shtatlar tomonidan yaratilgani haqidagi iddao boʻlib, bu bilan Eron rejimi virus tarqalishini nazorat qila olmaganidan eʼtiborni chalgʻitishga urinmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya koronavirus qayerdan kelib chiqqaniga oid haqiqatni yashirishga urinayotgan koʻrinadi. U Novosibirskdagi “Vektor” biologik laboratoriyasi paydo boʻlgan. Rossiyaga qarshi trillionlab dollarlik daʼvo arizasi berilishi lozim.

Javob berish