Karvonsaroy
Salomatlik

YXHT Tojikistonga dezinfeksiyalash vositalari va tibbiy jihozlar taqdim etdi

Karvonsaroy

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaroviy mudofaa qoʻmitasi xodimlari 24-aprel kuni Dushanbeda YXHT tomonidan hadya qilingan dezinfeksiyalash uskunalarini qabul qilib olmoqdalar. [YXHT]

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaroviy mudofaa qoʻmitasi xodimlari 24-aprel kuni Dushanbeda YXHT tomonidan hadya qilingan dezinfeksiyalash uskunalarini qabul qilib olmoqdalar. [YXHT]

DUSHANBE – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Dushanbedagi idorasi COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish maqsadida Tojikiston hukumatiga tibbiy va dezinfeksiyalash vositalarini taqdim etdi.

Tojikiston hukumati shu kungacha koronavirusga chalinish bilan bogʻliq birorta holat haqida xabar bermagan.

Yordam Dushanbeda 21 va 24-aprel kunlari mos ravishda Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar va fuqaroviy mudofaa qoʻmitasi vakillariga topshirildi, deyiladi YXHTning dushanba (27-aprel) kungi bayonotida.

Yordam sunʼiy nafas oldirish jihozlari, bugʻli avtoklavlar, laboratoriya termostatlari va turli himoya moslamalaridan iborat.

Tibbiyot xodimlari va koʻngillilar himoyasi

Taqdim etilgan yordam mamlakatning COVID-19 virusiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ular oʻz vazifasini bajarish uchun himoyaga muhtoj boʻlgan tibbiy xodimlar, tez yordam guruhlari va koʻngillilarga tarqatiladi.

“Mazkur koʻmak YXHT idorasining COVID-19 inqirozi davrida Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining tezkor chora koʻrish qobiliyatini mustahkamlashga hissa qoʻshadi. Xayriya yordami biz sheriklarimizga taqdim etayotgan keng koʻlamli yordamning bir qismidir”, dedi Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi rahbari Valeriu Chiveri.

“Bu COVID-19 tarqalishining oldini olish va u bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda hukumatning salohiyatini oshirish va barcha zarur choralarni koʻrishga imkon beradi. Bu bilan hamkorlikdagi faoliyatimizni davom ettirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500