Karvonsaroy
Siyosat

Liviya armiyasi qoʻmondoni Moskvaning yollanma jangchilari qoʻllovida davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinmoqda

Karvonsaroy va AFP

Liviya generali Xalifa Haftarga sodiq harbiy batalyon aʼzolari, oʻtgan yil dekabr oyida Bengʻozida olingan surat. (Abdulloh Duma/AFP)

Liviya generali Xalifa Haftarga sodiq harbiy batalyon aʼzolari, oʻtgan yil dekabr oyida Bengʻozida olingan surat. (Abdulloh Duma/AFP)

Liviyaning BMT tomonidan tan olingan hukumati seshanba (25-aprel) kuni Moskva qoʻllovidan ruhlangan muxolif harbiy mulozim Xalifa Haftarni “xalq mandatiga” egalik daʼvosi bilan yangi toʻntarish rejalashtirayotganlikda aybladi.

Tanqidchilar tarafidan yangi harbiy diktatura oʻrnatishga urinishda ayblangan, Liviyaning sharqi va janubini nazorat qiluvchi Haftar oʻzi tuzib olgan “armiyasiga” Liviyani boshqarishdek “tarixiy vazifa yuklanganidan” gʻururlanishini eʼtirof etgan.

Tahlilchilar uning bu qadamini, shu oy boshida Milliy kelishuv hukumati (GNA) kuchlari Tripoli gʻarbidagi strategik shaharlarni qoʻlga kiritganidan keyingi bir qator muvaffaqiyatsizliklardan soʻng, oʻz qudratini jamlashga urinish oʻlaroq izohlamoqdalar.

Neftga boy shimoliy Afrika mamlakatida davomli diktator Muammar al-Qaddofiyning 2011-yilda hukumatdan agʻdarilishi va oʻldirilishi ortidan notinchlik yuzaga kelgan, mamlakat sharqi va gʻarbidagi bir-biriga muxolif kuchlar hukumat uchun kurashib kelmoqda.

2017-yil Moskvada boʻlib oʻtgan muzokara chogʻida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapda) marshal Xalifa Haftar bilan qoʻl siqishmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

2017-yil Moskvada boʻlib oʻtgan muzokara chogʻida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapda) marshal Xalifa Haftar bilan qoʻl siqishmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Yevgeniy Prigojin (markazda) Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev (oʻngda) bilan suhbatlashmoqda. Surat sanasi nomaʼlum. Prigojin keng ommaga dunyoning turli burchaklaridagi urush hududlarida faoliyat yurituvchi maxfiy armiyaga ega “Wagner Group”ning homiysi sifatida tanilgan. [Fayl]

Yevgeniy Prigojin (markazda) Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev (oʻngda) bilan suhbatlashmoqda. Surat sanasi nomaʼlum. Prigojin keng ommaga dunyoning turli burchaklaridagi urush hududlarida faoliyat yurituvchi maxfiy armiyaga ega “Wagner Group”ning homiysi sifatida tanilgan. [Fayl]

Haftar 2014-yilda saylangan sharqiy parlamentdan uni qonuniy tan olishni talab qilmoqda, ammo parlament uning harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilmagan.

U “mandatni” qay tarzda qoʻlga kiritgani yoki qaysi tashkilotdan tasdiqlangani haqida maʼlumot bermagan.

Shuningdek, u olti yil avval Tripolidagi zoʻravonliklar natijasida oʻz qarorgohini koʻchirishga majbur boʻlgan parlamentning tarqatilishi yoki tarqatilmasligini ham aytmagan.

Haftar Tripolida birlashgan hukumat tuzish haqida 2015-yilda Marokashda Birlashgan Millatlar vositachiligida imzolangan Skirat shartnomasi tugatilishini eʼlon qilgan.

Putin jangarilari kirishni boshlagan

Haftar davlat toʻntarishi sodir etishga harakat qilayotgan bir paytda, Moskva uni kuchaytirilgan harbiy koʻmak bilan qoʻllab-quvvatlashga urinmoqda va suriyalik nochor yoshlarni Haftarning kuchlarini dastaklash va jang qilish uchun Liviyaga yuborish bilan shugʻullanmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrugʻi bilan harakat qiluvchi yollanma jangchilar – “Vagner guruhi” suriyalik yoshlarni Liviyadagi jangarilik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha keng qamrovli choralarni muvofiqlashtirmoqda. Bu haqda bir qator Arab davlatlari ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Rossiya va Suriyaning razvedka idoralariga aloqador xodimlar “Rossiyaning doʻstlari” tashkiloti orqali bu yoshlarni Haftar uchun jang qilishga yollamoqda, ularga katta pullarni vaʼda qilib, oʻz safiga jalb qilmoqda, deb yozadi “Al-Sharq al-Awsat” nashri.

“Rossiyaning doʻstlari” guruhi aʼzolari Suriyadagi Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasidan harbiy identifikatsiya kartalarini olishgan, deyiladi xabarda.

Bir vaqtning oʻzida, bir qator kuzatuvchilarning aytishicha, Rossiya samoletlari “Vagner guruhi” aʼzolarini va harbiy jihozlarni Xmeymim bazasidan Bengʻoziga olib oʻtmoqda.

Shu bilan birga, Milliy kelishuv hukumati Liviyaga kelayotgan suriyalik jangarilar oqimi koronavirus tarqalishini avj oldirishidan xavotirda, sababi bu yollanma askarlar Suriyadan rossiyaliklar tomonidan tashkillashtirilgan reyslar bilan uchib kelishmoqda, ular tibbiy koʻrikdan oʻtmagan va karantinga ham olinmayapti.

Bu jangarilar Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIPK) aʼzolari bilan bevosita aloqada boʻlgan, ular ham Suriyadan amalga oshirilgan reyslarda uchgan, deb xabar beradi Liviya ichki ishlar vazirligi.

Eron koronavirus (COVID-19) pandemiyasidan eng koʻp talafot koʻrgan davlatlardan biridir.

Ayrim hududlar nazorati qoʻldan-qoʻlga oʻtar ekan, suriyalik jangchilar bir joydan boshqa joyga koʻchib, liviyalik askarlar va tinch aholi vakillari bilan aralashib ketmoqda. Bu esa kasallanish xavfini kuchaytirib, virusning Liviyadagi mahalliy aholiga yuqish ehtimolini oshirmoqda.

“Umidsizlik kuchaymoqda”

Tongga yaqin chiqarilgan bayonotida Tripolidagi Milliy kelishuv hukumati Haftarning bayonotini “safsata va hukumat toʻntarishiga navbatdagi urinish”, deb atadi.

Haftar avvalroq, 2017-yilda ham Skirat kelishuvining tugatilishini eʼlon qilgan, uch yil oldin esa televideniyeda Liviyada hukumatni oʻz qoʻliga olishini aytgan edi.

28-aprel kuni kelishuvga erishishda vositachilik qilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Haftarning harakatlari yuzasidan oʻz xavotirini bildirdi.

“Biz uchun Skirat kelishuvi va unga rioya qilayotgan tashkilotlar Liviya hukumatining yagona tan olingan tuzilmasi boʻlib qolad”, deb aytgan BMT vakili Stefan Dyujarrik.

Haftarga sodiq kuchlar 2019-yil aprel oyidan beri Tripolini qoʻlga kiritishga urinib kelgan, ammo ularning hujumi poytaxt chegarasida toʻxtatilgan.

Shu hafta boshida GNA kuchlari ularni Tripoli gʻarbidagi ikkita muhim sohilboʻyi shahridan siqib chiqargan edi.

Turkiya qoʻllovidagi GNA askarlari poytaxtdan 60 km (39 mil) uzoqlikda joylashgan Tarhunadagi Haftarning asosiy bazasini qurshovga olmoqda.

GNA Haftarning soʻnggi bayonotini “oʻz jangarilari va harbiylarining magʻlubiyati hamda diktatura rejalarining muvaffaqiyatsizlikka uchraganini” yashirish oʻlaroq baholagan.

Uning “sharqiy Liviyani bevosita nazorati ostiga olishga urinishi Milliy kelishuv hukumatining gʻarbiy Liviyadagi yutuqlaridan umidsizlikka tushganidan darak beradi”, dedi “Verisk Maplecroft” konsalting kompaniyasi tahlilchisi.

“Parlament obroʻsini poymol qilish va oʻzini sharqning shaksiz rahbari deb eʼlon qilish bilan Haftar har qanday kelishuvda oʻzini markaziy oʻringa chiqarmoqda”, dedi Kinnir.

28-aprel kuni Vashington ikki tomonni muzokara oʻtkazishga va gumanitar kelishuvga erishishga chaqirgan.

“Qoʻshma Shtatlar Haftarning Liviyadagi siyosiy tizimga bir tarafning talabi bilan oʻzgartirish kiritish mumkin degan fikridan afsusda”, deb yozgan Liviyadagi AQSH elchixonasi oʻzining Tvitter sahifasida.

“Bir tomonlama yechim, hatto u kuch bilan ham amalga kiritsa ham, Liviya uchun hech qachon barqaror yechim boʻla olmaydi”, deb yozgan Yevropa Ittifoqi vakili Piter Stano.

Oʻz navbatida Rossiya rejimi Haftarning davlat toʻntarishini qoʻllab-quvvatlayotganidan eʼtiborni chalgʻitishga urindi.

Moskva “Liviyada yechimga kelishning yagona yoʻli nizolashuvchi tomonlarning siyosiy va diplomatik muloqotiga bogʻliqligiga hamon ishonadi”, deb bayonot bergan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 28-aprel kuni.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rus haromzoda

Javob berish