Karvonsaroy
Terrorizm

Albaniyada IDning Germaniyadagi yacheykasiga aloqador tojik jangarisi qoʻlga olindi

Karvonsaroy

Suratda: Germaniyaning Karlsrue shahridagi Federal oliy sud binosida turgan niqob taqqan politsiya xodimlari, 15-aprel. Mamlakatda ID terrorchilik yacheykasiga aʼzolikda gumon qilingan besh tojikistonlik hibsga olingan. [Thomas Lohnes/AFP]

Suratda: Germaniyaning Karlsrue shahridagi Federal oliy sud binosida turgan niqob taqqan politsiya xodimlari, 15-aprel. Mamlakatda ID terrorchilik yacheykasiga aʼzolikda gumon qilingan besh tojikistonlik hibsga olingan. [Thomas Lohnes/AFP]

TIRANA, Albaniya – Albaniya huquq-tartibot organlari Germaniya tomonidan qidiruvda boʻlgan va “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aʼzolikda gumon qilingan tojikistonlik fuqaroni hibsga oldi, deb xabar beradi payshanba (30-aprel) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Mamlakat terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining Interpol bilan hamkorlikda olib borilgan operatsiyasi davomida tojik millatiga mansub 24 yashar K. Z. ismli shaxs qoʻlga olingan, deyiladi Albaniya politsiyasining 30 -aprel kungi bayonotida.

Germaniyaning Karlsrue shahar federal sudi 21-aprel kuni mamlakatda ID nomidan zoʻravonlik harakatlari sodir etish uchun tuzilgan terrorchi toʻdaga aʼzolikda ayblanayotgan gumondorni hibsga olish uchun xalqaro order bergan, deyiladi politsiya xabarida.

Bu ish gumondorni Germaniyaga ekstraditsiya qilish maqsadida Tirana prokuraturasiga topshirilgan.

Albaniyaning Top Channel yangiliklar sayti bu shaxs Komrom Zuhurov ekanligi va u chorshanba (29-aprel) kuni Tiranada hibsga olinganini yozdi.

Avvalroq Germaniya boshqa besh kishini hibsga olgandi

Bu voqeadan ikki hafta avval nemis huquq-tartibot idoralari Germaniya hududida terakt uyushtirish maqsadida ID yacheykasi tuzishda gumon qilingan besh nafar tojikistonlikni hibsga olgan edi.

Bu guruh AQSH harbiy-havo kuchlarining mamlakatdagi bazalari va Islom tanqidchisi deb koʻrilgan nomaʼlum shaxsga hujum qilishni rejalashtirgan.

Nemis prokurorlarining aytishicha, gumondorlarning toʻrt nafari (hammasi Tojikiston fuqarolari) 15 aprel kuni Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Zigen, Xaynsberg va Verdol shaharlarida hibsga olingan.

Terrorchilik yacheykasining rahbari hisoblangan beshinchi gumondor (u ham Tojikiston fuqarosi) esa 2019-yil mart oyidan beri hibsda saqlanmoqda. 24 dan 32 yoshgacha boʻlgan erkaklar Germaniyaga qochqin sifatida kelishgan.

Prokuratura maʼlumotiga koʻra, ular 2019-yil yanvar oyida guruh safiga qoʻshilib, IDdan Germaniyada yacheyka tuzish toʻgʻrisida koʻrsatma olganlar.

Gumondorlarda qurollar va oʻq-dorilar boʻlgan.

Prokurorlarga koʻra, hujumlarning sodir etilishi muqarrar boʻlmasa-da, gumondorlar allaqachon qurol va oʻq-dorilarni qoʻlga kiritib, bomba yasash boʻyicha onlayn koʻrsatmalarni yuklab olganlar.

Guruh yetakchisi hisoblangan Ravshan B. terrorchilik rejasi uchun pul toʻplash maqsadida boshqa bir gumondor bilan 40 ming dollarlik qotillikni amalga oshirish uchun Albaniyaga borgan, deydi prokurorlar.

Ammo, nemislarning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan va ikki erkak Germaniyaga qaytib kelgan.

Ular Suriyada va Afgʻonistonda IDning ikki yuqori martabali yetakchisi bilan aloqada boʻlgani taxmin qilinmoqda.

Soʻnggi yillarda ID Germaniyada bir nechta terroristik hujumlari sodir etganini daʼvo qilgan. Jumladan, 2016-yil dekabr oyida Berlindagi Rojdestvo bozorida yuk mashinasining olomon ustiga yurib borishi natijasida 12 kishi halok boʻlgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500