Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiya ommaviy axborot vositalari pandemiya sharoitida Markaziy osiyolik migrantlarga nisbatan nafratni avj oldirmoqda

Maksim Yeniseyev

2020-yil 17-aprel kuni Moskvadagi metro bekatida fuqaroning hujjatlarini tekshirayotgan niqobli politsiyachilar. [Dimitar Dilkoff/AFP]

2020-yil 17-aprel kuni Moskvadagi metro bekatida fuqaroning hujjatlarini tekshirayotgan niqobli politsiyachilar. [Dimitar Dilkoff/AFP]

TOSHKENT – Rossiyaning hukumatparast ommaviy axborot vositalari odamlar orasida koronavirus tufayli kelib chiqqan vahimadan foydalanib, Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarini razil va jinoyatchi qilib koʻrsatishga urinmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Ayrim nashrlar pandemiya vaqtida jinoyatchilikning oʻsishiga “gastarbayterlar” va “osiyoliklar” aybdor degan daʼvodagi maqolalar va fikr-mulohazalarni chop etgan.

“Migrantlar moskvaliklarni tunab, ularning oziq-ovqat va pullarini tortib ola boshladilar. Moskva huquq-tartibot organlari va politsiya esa bu holatga beparvo qaramoqda”, deb yozgan aprel oyi oʻrtalarida rus millatchisi Vitaliy Drobishev oʻzining “LiveJournal”dagi blogida.

Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalarida “Och qolgan gastarbayterlar ovqat uchun odamlarni tunay boshladi” yoki “Epidemiya migrantlar gʻalayoniga sabab boʻlishi mumkin” kabi sarlavhali maqolalar chop etilgan.

“Saxovat” tashkiloti koʻngillilari aprel oyida Moskvadagi supermarketda migrantlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishmoqda. [Facebook]

“Saxovat” tashkiloti koʻngillilari aprel oyida Moskvadagi supermarketda migrantlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishmoqda. [Facebook]

“Saxovat” xayriya jamgʻarmasi koʻngillilari aprel oyida Moskvadagi migrantlar oilalariga oziq-ovqat tarqatmoqda. Eng avvalo ayollar, qariyalar, yosh bolali oilalar va nogironlarga yordam koʻrsatilgan. [Facebook]

“Saxovat” xayriya jamgʻarmasi koʻngillilari aprel oyida Moskvadagi migrantlar oilalariga oziq-ovqat tarqatmoqda. Eng avvalo ayollar, qariyalar, yosh bolali oilalar va nogironlarga yordam koʻrsatilgan. [Facebook]

Shunday xabarlarning birida Moskva yaqinida Mudofaa vazirligining ikki yuqori martabali mansabdorini talon-taroj qilishda ayblangan “osiyoliklar toʻdasi” haqida hikoya qilingan.

Baʼzi nashrlar va mualliflar ehtimoliy “tahdidlar”dan kelib chiqib, migrantlarga nisbatan ksenofobiya kayfiyatini avj oldirishga urinayotgan boʻlsa-da, bu tahdidlar haqqoniy asoslarga ega emas.

Jumladan, Globalizatsiya muammolarini oʻrganish instituti direktori Mixail Delyagin ham aprel oyi boshida “Svobodnaya Pressa” internet nashriga bergan intervyusida asossiz ayblovlarni ilgari surgan.

“Gastarbayterlar endi supermarketlar oldida odamlarga hujum qilmoqda”, deb iddao qilgan u.

Biroq, Delyagin bu soʻzlarni tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmay, “odamlar shunday deyishyapti” deb aytgan, xolos.

Nafrat qoʻzgʻash siyosati

“Bunday asossiz bayonotlar Rossiya jamiyatida ksenofobiya muhitini avj oldirmoqda”, deydi media-texnologiyalar boʻyicha oʻzbekistonlik mutaxassis Igor Faxritdinov.

“Ommaviy axborot vositalari hech qanday statistik maʼlumotlar keltirayotgani yoʻq. Migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi oʻzgarmagan boʻlishi mumkin. Jinoyatlar Rossiya fuqarolari tomonidan ham sodir etiladi. Lekin, ommaviy axborot vositalari vahima uygʻotish maqsadida aynan migrantlarni nishonga olmoqda”, dedi u.

Migrantlar “tushunarsiz, qoʻrqinchli va notanish “dushman”, shu bois ularni boshqalarning xatolarida ham ayblash mumkin”, deb qoʻshimcha qildi u.

Rasmiylar mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayganini tan olgani bois, jinoyatchilik va mehnat migrantlari haqidagi bunday gap-soʻzlar voqelikka zid kelmoqda.

“Koʻchadagi jinoyatlar kamaydi, chunki koʻchalarda hech kim yoʻq”, deydi Moskvada migrantlar odamlarga hujum qilyaptimi, degan savolga javob bergan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati generali Aleksandr Mixaylov RF-SMI yangiliklar saytiga.

U migrantlar yashash joylaridagi aholi zichligi virus tarqalishiga sabab boʻlayotganidan xavotir bildirgan, xolos.

Ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalardan maʼlum boʻlishicha, mamlakat boshiga tushgan musibatlarda mehnat migrantlarini ayblash turli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Foydalanuvchilar 19-aprel kuni “Interesnaya Moskva” (Qiziqarli Moskva) Facebook sahifasida eʼlon qilingan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokidagi jinoyat videotasviriga javoban soʻkish va haqoratli soʻzlar bilan izoh qoldirishgan.

Baʼzilar esa migrantlar toʻgʻrisidagi feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirganlar.

“Qayerdan bilasiz buning soxta emasligini? Videoyozuv sanasi qani? Nima uchun feyklar bilan toʻlib-toshgan va ayrim shaxslarning manfaatiga xizmat qiladigan manba maʼlumotlarini tarqatayapsiz?” deb yozadi foylanuvchilardan biri.

“Yaxshisi, insoniylikni yoʻqotmang va oʻzingizni ham oʻldiradigan nafratni qoʻzgʻamang”, deydi u.

Oʻzbekistonlik migrant Pavel Sorokin esa oʻzining pozitiv fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Uning aytishicha, aksar rossiyaliklar OAVning mehnat migrantlari va jinoyatchilikka oid jazavasiga ishonmaydi.

“Men Sankt-Peterburgda yashayman, bu yerda vatandoshlarim juda koʻp”, dedi u. “Odamlar orasida hech qanday negativ yoʻq, pandemiya vaqtida ham. Bularning bari ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilmoqda.”

Iqtisodiy muammolar xavotirga sabab boʻlmoqda

Jamoatchilik Rossiya hukumatining inqiroz davrida qabul qilgan choralarini yetarli emas deb hisoblamoqda, degan edi “Levada-sentr” markazi direktori Lev Gudkov aprel oyi oxirida “Svobodnaya Pressa” nashriga bergan intervyusida.

“Odamlar pandemiya bilan bogʻliq ofat va inqiroz koʻlamini, neft narxining pasayishi va rublning qadrsizlanishini anglab yetgani sari, ularning gʻazablari kuchayib boradi”, dedi u. “Bunday sharoitda hukumatning qoʻllab-quvvatlash choralari xalqni masxara qilish boʻlib koʻrinadi.”

Ayni vaqtda Rossiya iqtisodiyoti bevosita migrantlar oqimiga bogʻliq boʻlib qolmoqda.

“Kommersant” gazetasining yozishicha, 2026-yilga borib Rossiyada mehnatga layoqatli aholi soni 3 milliondan koʻproq kishiga kamayishi kutilmoqda (yillik kamayish – 400 ming kishi).

Xalqaro migratsiya tashkilotiga koʻra, 2019-yilda Rossiya 11,5 milliondan ortiq xorijiy migrantlarni qabul qilgan.

“Kommersant” nashriga koʻra, oʻtgan yilning iyunida Leningrad viloyati gubernatori oʻrinbosari Dmitriy Yalov Rossiya iqtisodiyoti migrantlarga qaram ekanligini eʼtirof etgan edi.

U viloyat mehnat resurslarining qariyb 10 foizi va qurilish sohasida band boʻlgan ishchilarning 40 foizi migrantlardan iborat ekanini aytgan.

Tuzoqdagi ishchilar

Mehnat migrantlari Rossiya iqtisodiyotida muhim rol oʻynasa-da, hukumat ishidan ayrilgan va yashashga puli qolmagan ishchilarga aytarli yordam berayotgani yoʻq.

Bu ham yetmagandek, ular oʻz mamlakatlarida xalqaro aviaqatnovlar toʻxtatilgani sababli uylariga ham qayta olmayaptilar, Rossiyada esa ularga ish yoʻq.

“Rossiya hukumati oddiy fuqarolar va tadbirkorlarga yetarli darajada iqtisodiy yordam bermayotgani uchun ayrim Kreml tanqidchilarining hujumiga uchradi. Migrantlar esa davlat yordamini olishga haqli ham emas”, deb yozadi Reuters.

Agentlik oʻz maqolasida muhojirlardan biri – tojikistonlik Ibragim Ortiqovning soʻzlarini keltirgan.

Hukumat migrantlarni oʻz yurtiga qaytarmasa yoki ularga moliyaviy yordam bermasa, ular uchun faqat “uchinchi variant – oʻlim” qoladi, dedi u.

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan migrantlarga xayriya tashkilotlari va koʻngillilar yordamga kelgan.

“Zakot” jamgʻarmasi ularga oziq-ovqat tarqatmoqda va maʼnan qoʻllab-quvvatlamoqda. Shuningdek, “Dom Dobroti” tashkiloti ham oʻz yordamini ayamayapti.

Moskvadagi koʻngillilar Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida “Saxovat” yordam markazini tashkil qilishdi. Bu yerda migrantlar oziq-ovqat mahsulotlarini olishlari mumkin.

Birinchi navbatda ayollar, qariyalar, yosh bolali oilalar va nogironlarga yordam koʻrsatilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Migrantlarga qarshi emas, ular olib kelgan sabablarga qarshi kurashish kerak. Sababi esa – yangi paydo boʻlgan burjuaziya, oʻz libosini oʻzgartirgan kommunistlar.

Javob berish

Bizning amaldorchalarimiz mehnatga layoqatli aholini Rossiyaga tiqishtirdilar va endi bu har doim ish beradi deb oʻylaydilar! Gap Rossiyaning respublikalarimizga taʼsirining foydali ekanligi emas, ilojsizlik haqida! Afsuski, oʻzlarida tekinxoʻrlar yetarli boʻlgani uchun, Rossiyadan boshqa hech bir mamlakat migrantlarimizni ish uchun qabul qilmaydi.

Javob berish

Amerikaliklarning bu sayti qoʻshnilarni ruslar va rossiyaliklarga qarshi qayrashmoqda! Ruslar sizlar uchun shaharlar va davlatlar qurishgan — noshukur hayvonlar.

Javob berish

Qoʻrqoq ruslar Markaziy Osiyoga bostirib kirdilar. Shaharlarni vayron qildilar, turkiy xalqlarni oʻldirdilar. Qatliom uyushtirdilar. Qoʻrqoq Rossiya shu asrda parchalanadi, uning xalqlari esa ozod boʻladi. Sizlarga Moskoviya va Novgorodning oʻzi yetadi. Boshqa yerlar tarixan sizlarga tegishli emas. Begona hududlarni qaytarishingiz kerak. Uzoq va azoblanib halok boʻling, ey qoʻrqoq rus maxluqlari.

Javob berish

Rossiya bir toʻda natsist va fashistlar

Javob berish