Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Qozogʻistonning COVID-19 virusiga qarshi kurashi uchun qoʻshimcha 1,7 mln. dollar yordam ajratdi

Aydar Ashimov

Suratda: Koronavirusga qarshi kurashayotgan qozoq shifokorlari, 28-aprel, Nur-Sulton. AQSH koronavirus testlari, tibbiyot xodimlarini oʻqitish va Markaziy Osiyo davlatlarida klinik protokollarni joriy qilish uchun 6,8 million dollar ajratdi. [Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi]

Suratda: Koronavirusga qarshi kurashayotgan qozoq shifokorlari, 28-aprel, Nur-Sulton. AQSH koronavirus testlari, tibbiyot xodimlarini oʻqitish va Markaziy Osiyo davlatlarida klinik protokollarni joriy qilish uchun 6,8 million dollar ajratdi. [Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi]

NUR-SULTON – AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) Markaziy Osiyo davlatlariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda yordam berish uchun moliyaviy yordamni kuchaytirmoqda.

CDC Qozogʻistonga 1,68 million dollarlik yordam taqdim etadi. Ushbu mablagʻ mahalliy davlat idoralari bilan kelishilgan holda pandemiya sharoitida mamlakatning eng muhim ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanadi, deyiladi 30-aprel kuni Qozogʻistondagi AQSH elchixonasi saytida eʼlon qilingan bayonotda.

CDC Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonda oʻz vakolatxonalariga ega.

Ushbu mablagʻ AQSHning 6,8 million dollarlik pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha umumiy yordam paketining bir qismidir.

“Markaziy Osiyodagi COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni yanvar oyidan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqdamiz va avariya oqibatlarini bartaraf etishda mintaqadagi barcha hukumatlarga texnik yordam koʻrsatdik”, dedi CDCning Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari Daniyel Singer.

CDCga koʻra, mablagʻ COVID-19 testlarini oʻtkazish uchun laboratoriya ashyolari va uskunalarini sotib olish, tibbiyot xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari uyushtirish, chegaradagi sogʻliqni saqlash tadbirlari uchun texnik yordam, shuningdek klinik protokollarni ishlab chiqish va joriy qilishga” yoʻnaltiriladi.

CDC inson immuniteti tanqisligi virusi, sil va pandemik kasalliklariga qarshi kurashda katta tajribaga ega va bu “yuzaga kelayotgan tahdidlar, jumladan hozirgi koronavirus pandemiyasiga qarshi tez va samarali tayyorgarlik uchun asos boʻldi”, deyiladi bayonotda.

Uzoq tarixga ega sheriklik

“Ushbu qoʻshimcha mablagʻ COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda Qozogʻiston tarafida ekanligimizni koʻrsatadi, undan ham muhimrogʻi, oxirgi 25 yil ichida CDC va Qozogʻiston oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan va koronavirusni yengganimizdan keyin ham uzoq davom etadigan sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorligimizdir”, deyiladi AQSHning Qozogʻistondagi elchisi Uilyam Mozerning bayonotida.

Bu “bebaho yordam” boʻldi, deydi qozogʻistonlik shifokorlar uchun moʻljallangan CDC treningini yakunlagan turkistonlik infeksionist Azamat Nazarov.

“CDC koʻp yillardan beri sogʻliqni saqlash tizimining koʻplab sohalarida, jumladan jiddiy virusli infeksiyalarning oldini olishda yordam berib kelmoqda”, dedi Nazarov.

U amerikalik hamkasblarining tajribasi va yordamini yuqori baholadi.

“Pandemiyagacha boʻlgani kabi, COVID-19 bilan bogʻliq kutilmagan tahdid sharoitida ham Amerika tibbiy muassasalarining bizga yordam berayotgani quvonarli. Ularning moddiy yordami va taʼlimi bebaho boʻlib, qozogʻistonliklar salomatligiga xizmat qilmoqda”, dedi Nazarov.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy Osiyoga oʻz yordamini joʻnatib turibdi .

AQSH hukumati qator dasturlar doirasida tibbiyot xodimlari uchun laboratoriya uskunalari va shaxsiy himoya vositalarini sotib olishga katta mablagʻ ajratgan.

Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar koronavirusga oid dezinformatsiyaga qarshi kurashga ham koʻmaklashdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500