Karvonsaroy
Xavfsizlik

Afgʻonlardan iborat koʻngilli armiya Rossiya va Eronning Suriyadagi hukmronlik uchun kurashida markaziy oʻrinni egalladi

Karvonsaroy

Qoya boʻylab tepaga koʻtarilayotgan “Fotimiyun” jangarilari, Suriya, sanasiz surat. (Fotimiyun diviziyasi)

Qoya boʻylab tepaga koʻtarilayotgan “Fotimiyun” jangarilari, Suriya, sanasiz surat. (Fotimiyun diviziyasi)

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIPK) tomonidan asos solingan, qoʻllab-quvvatlangan va boshqarilgan bir guruh afgʻonistonliklardan iborat “Fotimiyun” diviziyasi Suriyada tomonlar oʻrtasidagi geosiyosiy oʻyin markazidan oʻrin oldi.

Bunda nominal ittifoqdoshlar – Rossiya va Eron asosiy oʻyinchilar boʻlib qolmoqda.

Koʻngilli armiya 2014-yilda tashkil topganidan beri IIPK va 3-yanvar kuni Bogʻdodda AQSH havo zarbasi bilan oʻldirilgan “Al-Quds” kuchlarining sobiq qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyga oʻta sodiq boʻlib kelgan.

Qoʻmondonning oʻlimidan keyin Tehronning bilvosita urushlarida jang qilgan Eron qoʻllovidagi askarlarning kelajagi shubha ostida qolmoqda.

Rossiya va Eron hukumatining Suriyadagi manfaatlari koʻp yillar davomida mushtarak boʻlib kelgan. Ammo, endilikda fuqarolik urushi nihoyalab borar ekan, Moskva Tehronni siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) Eron oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashuvda, 2018-yil, Tehron. (Oliy ruhoniy idorasi)

Rossiya va Eron hukumatining Suriyadagi manfaatlari koʻp yillar davomida mushtarak boʻlib kelgan. Ammo, endilikda fuqarolik urushi nihoyalab borar ekan, Moskva Tehronni siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) Eron oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashuvda, 2018-yil, Tehron. (Oliy ruhoniy idorasi)

2016-yil Palmirada “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashda muhim rol oʻynagan “Fotimiyun” diviziyasi qoʻmondoni Abdulloh Salohiy, oʻtgan yili Dayr Azzorda olingan surat. (The National tomonidan taqdim etilgan)

2016-yil Palmirada “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashda muhim rol oʻynagan “Fotimiyun” diviziyasi qoʻmondoni Abdulloh Salohiy, oʻtgan yili Dayr Azzorda olingan surat. (The National tomonidan taqdim etilgan)

Ammo undan avval, 2016-yilda Palmirani “Islom davlatidan” (ID) ozod qilish janglari chogʻida ham Kreml “Fotimiyun” qoʻmondoni Abdulloh Salohiy eʼtiborini tortishga urinib kelgan edi, deb yozadi The National nashri 22-aprel kuni.

BAA nashrlaridan birining xabariga koʻra, Salohiy ayni vaqtda Dayr Azzorda joylashgan, 500 nafar “Fotimiyun” jangchilaridan iborat “Hudrat Fayzal al-Abbos” boʻlinmasiga qoʻmondonlik qiladi.

Uning boʻlinmasi Suriyadagi Rossiya qurolli kuchlarining sobiq qoʻmondoni Aleksandr Dvornikov tomonidan taqdim etilgan havo-yer quvvatlovi yordamida Palmirani qayta qoʻlga kiritishda muhim rol oʻynagan.

Nashrga koʻra, Palmiradan ID kuchlari siqib chiqarilganidan soʻng, Salohiy qahramonga aylangan va shahar boʻylab uning suratlari ilib qoʻyilgan.

Kuchayib borayotgan doʻstlik

Tarixiy jangdan soʻng bir necha oy oʻtib, Dvornikov Suriyadan ketgan boʻlishiga qaramay, u Salohiy bilan munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etgan.

“Salohiy va Dvornikov doʻst edi, ular yaxshi munosabatda boʻlgan. Bu munosabatlar ish bilan bogʻliq emasdi”, deb aytgan “Fotimiyun”dagi manbalardan biri The National nashriga.

Salohiy Rossiya harbiylari bilan muntazam ravishda uchrashib turadi.

“Rossiyaliklarda “Fotimiyun” bazalariga kirishga ruxsat yoʻq, chunki boʻlinma saflarida eronliklarning informatorlari va josuslari bor”, deb aytgan manba. “Koʻpincha, Salohiyning oʻzi ularning oldiga boradi.”

Oʻtgan oy Salohiy Rossiyadan harbiy strategik tayyorlov taklifi va zamonaviy qurollarni qabul qilish ortidan rossiyaliklar bilan yanada yaqinlashgan edi, deb yozadi The National.

Oʻtmishda “Fotimiyun” jangchilari Rossiya qurollarini ushlab, rus maxsus boʻlinmalari askarlari bilan suratga tushgan edilar. Ammo, shu paytga qadar bevosita treninglar va uskunalar taklif qilinmagan edi, deydi tahlilchilar.

“Fotimiyun har qanday iroqlik koʻngilli askarlar guruhlari va hatto Livanning “Hizbulloh”idan farq qiladi. U iroqlik guruhlardan farqli oʻlaroq, muxtoriyat tushunchasini bilmaydigan bevosita IIPK boʻlinmasidir”, deb aytgan Vashington institutining Yaqin sharq siyosati boʻyicha mutaxassisi Fillip Smit The National nashriga.

“Ruslarning bu harakati Eron uchun tajovuzli belgi hisoblanadi. Bu bevosita Eronning Suriyadagi rivojlanishiga qaratilgan hujumdir.”

Kreml Tehron COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan va AQSH sanktsiyalari tufayli zaiflashgan paytda IIPKdan foydalanayotgan boʻlishi mumkin.

“Ular oʻz tarmoqlari ustidan avvalgidek nazoratni oʻrnata olmasliklari mumkin, rossiyaliklar esa bundan foydalanib qolmoqchi”, dedi Smit.

Taʼsir uchun kurash

Yana bir ehtimol – Kreml Suriya sharqidagi daromadli, neftga boy hududlarga egalik qilish niyatida va urushdan keyin Eron rejimi uning yoʻliga toʻgʻanoq boʻlmasligini istaydi.

Koʻpchilik Salohiyning askarlari joylashgan Dayr Azzorni ushbu hududlar tomon yoʻl deb biladi.

Tehron esa Dayr Azzordagi doimiy harbiy hozirligi bilan uni “oʻz taʼsiri hududiga”, shuningdek, oʻzining ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy faoliyat markaziga aylantirishni ustuvor vazifa deb belgilagan, deb yozadi The Baghdad Post nashri 25-aprel kuni.

Bunday taʼsir Tehronga Iroq va Suriya orqali Erondan Livanga quruqlik orqali yoʻl ochish uchun imkon beradi, deyiladi Berlindagi Germaniya xalqaro munosabatlar va xavfsizlik masalalari instituti ilmiy xodimi Hamidrizo Aziziy tayyorlagan hisobotda.

Oʻtgan ikki yil ichida IIPK va Eron qoʻllovidagi koʻngilli askarlar Dayr Azzorga qiziqish bildirib, 2500 nafar mahalliy jangaridan tarkib topgan, “Qishloqlar armiyasi” deb nomlangan yangi harbiylashgan guruhni tuzish uchun mahalliy kuchlarni yollaganlar.

Hisobotga koʻra, Tehron Albu Kamolda va al-Maydon yaqinida kamida ikkita baza yaratgan, oʻz gʻoyalarini ilgari surish uchun Dayr Azzorda ikkita “madaniy markaz” tashkillashtirgan.

Bu orada, Eron tomonidan moliyalashtiriladigan Hizbulloh tashkilotiga qarashli “Jihod al-Bino” Livan quruvchilik kompaniyasi Iroq qabilalarining sadoqatini qozonish uchun mintaqadagi turli rekonstruktsiya va infratuzilma loyihalarida ishtirok etmoqda.

Rossiyaning mehmonlik izzati tugamoqda

Moskvaning “Fotimiyun” diviziyasi bilan ittifoqi Kremlga Suriyadagi rus askarlari bilan bogʻliq norozilikni chetlab oʻtishga imkon berishi mumkin.

Rossiya qoʻshinlari Suriyani hududlarini bosib olishda davom etar ekan, mahalliy aholining qattiq qarshiligiga duch kelmoqda.

Oʻtgan yilning sentyabr oyida AFP va boshqa OAV jurnalistlari Rossiya mudofaa vazirligining Suriya boʻylab media-turiga taklif qilingan, oʻshanda rus askarlarining bu mamlakatda uzoq muddat qolishi oydinlashgan edi.

Tur davomida Suriyaning Oʻrtayer dengizi sohilidagi Tartus shahrida joylashgan harbiy bazadagi Rossiyaning jangovar va suvosti kemalari namoyish qilingan.

Muxbirlarga askarlar boʻsh vaqtda shugʻullanadigan sport zallari, ruscha pishiriqlar tayyorlanadigan novvoyxonalar, yogʻochdan yasalgan rus hammomlari va hatto ichi ikonalarga toʻla, piyozsimon gumbazli pravoslav ibodatxonalari koʻrsatilgan.

Rus askarlariga “hamma qulayliklar yaratilgan”, degan edi zobitlardan biri.

Ruslarning Suriya mojarosiga harbiy aralashuvidan soʻng oʻtgan toʻrt yil ichida Rossiya harbiy amaliyotlari natijasida 6500 dan ortiq tinch aholi halok boʻldi. Bu haqda 30-sentyabr kuni Suriya inson huquqlari tarmogʻi xabar bergan.

Ushbu hisobot Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari tomonidan navbatdagi kimyoviy qurol hujumi tasdiqlanishi ortidan Rossiyaning Suriyadagi kontrabanda operatsiyasiga nisbatan AQSHning yangi sanksiyalari eʼlon qilinganidan bir necha kun oʻtib chiqarilgan.

Oʻtgan yilning 19-may kuni Asad rejimi Latakiya viloyatida Idlibdagi isyonchi kuchlarning soʻnggi yirik istehkomini qaytarib olishga qaratilgan hujumi chogʻida xlor gazini ishga solgan, degan edi oʻshanda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo.

Bu Moskva qoʻllovidagi rejimning kimyoviy qurol ishlatgani (jumladan, Dumada 80 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan 2018-yilgi voqea) bilan bogʻliq koʻplab tasdiqlangan holatlardan biri boʻlgan.

Oʻtgan yilning oktyabr oyida Rossiya harbiy samolyotlari Asad rejimi muxoliflariga zarba berish maqsadida Suriyadagi kasalxonalarni qasddan bombalaganiga oid yangi dalillar paydo boʻlgan.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Suriyaning shimolidagi kamida ikkita shahar aholisi Rossiya harbiy karvonlariga hujum qilgan va rossiyalik harbiylarga qarata toshlar uloqtiri, oʻz noroziliklarini bildirishgan edi.

Kremlning Suriyadagi havo zarbalari va quruqlikdagi hujumlari davom etar ekan, 60 foizi ayollar va yosh bolalardan iborat boʻlgan 900 mingdan ortiq tinch aholi qishda oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (OCHA) 20 fevral kuni xabar bergan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kimdir Rossiyaning pul tikib, halok boʻlgan askarlarini dafn qilishini va gʻalabalarini Gʻarbning haromzodalariga qoldirib, kelgan joyiga qaytib ketishini xohlarmidi?.. Bekorlarni yebsiz! Bu Sovet davrida boʻlgan; ortiq bunday boʻlmaydi. “Bu bizning sigirimiz va uni oʻzimiz sogʻamiz.”

Javob berish