Karvonsaroy
Inson huquqlari

Kreml telekanalining migrantlarni haqorat qilishi qirgʻizistonliklarni gʻazabga soldi

Kanat Altinbayev

Skrinshotda: “Birinchi kanal” boshlovchisi Ivan Urgant 30-aprel kuni qirgʻizistonlik mehnat migrantlari haqida hazillashgan.

Skrinshotda: “Birinchi kanal” boshlovchisi Ivan Urgant 30-aprel kuni qirgʻizistonlik mehnat migrantlari haqida hazillashgan.

OLMAOTA – Rossiya ommaviy axborot vositalarining Moskvadagi qirgʻiz ishchi-migrantlari jamoasini obroʻsizlantirishga qaratilgan soʻnggi urinishi qirgʻizistonliklarning gʻazabini keltirib chiqargan.

30-aprel kuni Kreml nazoratidagi “Birinchi kanal” telekanalining “Vecherniy Urgant” koʻrsatuvi boshlovchisi Ivan Urgant Rossiyaning “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi mashhur sovet multfilmi qahramoni Cheburashka uchun berilgan mualliflik huquqlarini qaytarib olish niyatida ekanligini aytgan.

Yapon kompaniyasi bu huquqlarni 16 yil oldin sotib olgan va ularga 2023-yilga qadar egalik qiladi, deb xabar bergan TASS aprel oyida.

Agar yaponlar muddatidan avval bu huquqlardan voz kechishsa, Tokio buning evaziga “Kuril orollarini talab qilishi mumkin”, deb hazilini davom ettirgan Urgant.

Kuril orollari – Rossiya ham, Yaponiya ham daʼvogarlik qilayotgan bahsli hududlardir.

Qizil armiya urushning soʻnggi kunlarida orollar zanjirini istilo qilgani sababli, Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin Sovet Ittifoqi bilan tinchlik shartnomasini imzolamagan edi. Barcha orollar hanuzgacha Rossiya nazorati ostida qolmoqda.

Urgant bitim uchun boshqa shartlarni taklif qilgan.

“Siz bizga Cheburashkani berasiz, biz esa sizga Moskvadagi yapon restoranlarining ofitsiantlarini qaytaramiz”, dedi u qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarini nazarda tutib.

“Shu tariqa biz ikkita xayrli ish qilgan boʻlamiz – Cheburashkani oʻz vataniga qaytaramiz va Qirgʻiziston aholisining yarmi nihoyat Tokioni koʻrishadi”, dedi Urgant kinoya bilan.

Bu gaplar uylariga qaytgan qirgʻizistonliklar uchun kulgili boʻlmadi.

“Kamsitish”

Urgant nooʻrin hazil qildi, deydi Milliy tasviriy sanʼat muzeyining sobiq direktori, bishkeklik Mira Jangaracheva.

“Qirgʻizlar oʻz oilasini boqish uchun halol mehnat qilmoqda, buyam yetmagandek shu kabi odamlarning haqoratiga chidashi kerak”, dedi 15 yil davomida BMT Taraqqiyot dasturida ishlagan Jangaracheva.

“Bunday hazillarni oʻylab topadiganlar krepostnoylik huquqi bekor qilinmagan deb oʻylaydilar, shekilli”, deb yozadi Twitter foydalanuvchisi Umay Arikova.

Rossiya teleboshlovchisining soʻzlarida yaqqol irqchilik alomatlari bor, dedi Qora-boltada yashovchi Sagʻinbek Jamanbayev.

“Bunday teleboshlovchilar omma fikrga taʼsir qila oladilar va bizga nisbatan negativ munosabatni shakllantiradilar. Urgant hamkasbi Malaxov singari gapirgan gaplari uchun uzr soʻrashi kerak”, dedi Jamanbayev.

Oʻtgan yilning sentyabr oyida “Rossiya-1” davlat telekanalining “Jonli efir” koʻrsatuvchi boshlovchisi Andrey Malaxov hech qanday dalillar keltirmay, Moskvada ishlayotgan qirgʻizistonlik taksi haydovchisi Islombek Akbarov Rossiya fuqarosini oʻldirish uchun yollanganini aytgan edi.

Oʻtgan iyul oyida Moskva markazida rossiyalik oligarx Vladimir Marugovning oʻgʻli Aleksandr Marugov mingan motosikl katta tezlikda qirgʻiz fuqarosi boshqaruvidagi taksiga borib urilishi oqibatida rossiyalik halok boʻlgan edi.

Tergov natijasida Malaxovning ayblovlari oʻz tasdigʻini topmagan.

Yanvar oyida Akbarov halokatli yoʻl-transport hodisasidagi ishtiroki uchun ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bergan 24.kg nashri Qirgʻizistonning Rossiyadagi elchixonasiga tayanib.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yahudiybachcha Urgant qisib oʻtirsin, oʻzi koʻmirdek qora boʻlsa, tagʻin qirgʻizlar va boshqa migrantlari gapirib kamsitganiga oʻlaymi. Ularning shu rasist Rossiyaga borib, halol pul ishlayotgani hayoti zoʻr boʻlgani uchunmas. Migrantlar faqat u yerdamas, balki AQSH, Buyuk Britaniyada ham koʻp. Faqat u yerning xalqi madaniyatli, Rossiyada boʻlgani kabi yahudiylariyu ruslari alkash emas.

Javob berish

Maqolalaringizdagi barcha maʼlumotlar millatchilikni qoʻzgʻatishga qaratilgan. Oʻqimagan yoshlar uchun moʻljallangan maqolalar. Sizga kim pul toʻlayotgani aniq. Oʻsha odamlar Maydan uchun ham pul toʻlagan.

Javob berish

Bu ayyor yahudiy shunchaki bir faktni tan oldi: moskvaliklar gastarbayterlarimizni yomon koʻrishadi va ularni bajonidil cheburashkaga almashtiradilar! Runetdagi sahifalarni koʻrib chiqing; ular ksenofobiya va irqchilik soʻzlari bilan toʻlib toshgan. Masalan, rus natsistlari ochiqchasiga aytadilar – bu gapim uchun uzr – agar “qoramoʻndilar” “Qoramoʻndiston”ga qaytib ketishmasa, ular qirgʻin qilamiz, deb! Lekin shaxsan meni hayratga solgan narsa shuki, shuncha yil davom etayotgan ommaviy migratsiya davomida gasterbayterlarda oʻziga xos qullik kayfiyati shakllandi. Mahalliy qoʻshiqchilardan birining “Moskva” deb atalgan qoʻshigʻini eshitib koʻring; pul ishlash imkoniyatini bergani uchun u Moskvani madh etib, unga rahmat aytmoqda! Hamkasblarimdan biri sobiq gasterbayter ayol, rasvosi chiqqan manjalaqi, Rossiyadan bir tiyin pulsiz qaytib keldi, u yerda qisiqkoʻz alvasti deb chaqirganlariga qaramay, Moskvani juda qattiq sogʻinadi. Yaʼni, gasterbayterlarimiz axloqiy deformatsiyaga uchraganlar; ular Moskva gettolarida buzuq hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun soqov boʻlib yurishga ham koʻnikib qolishgan! Mana haqiqiy dahshat, drama va fojia!

Javob berish

Aniq!

Javob berish

Yolgʻon!

Javob berish

Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarini quldan batta qiynashadi va itdan batta munosabatda boʻlishadi

Javob berish