Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH “butun dunyo uchun investitsiya” sifatida Markaziy Osiyoga COVID-19 boʻyicha yordam hajmini oshirmoqchi

Karvonsaroy

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC/CAR) COVID-19 pandemiyasini nazoratga olishda yordam berish uchun Markaziy Osiyo hukumatlariga 6,8 mln. dollar ajratishga vaʼda bergan. [AQSHning Oʻzbekistondagi Elchixonasi]

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC/CAR) COVID-19 pandemiyasini nazoratga olishda yordam berish uchun Markaziy Osiyo hukumatlariga 6,8 mln. dollar ajratishga vaʼda bergan. [AQSHning Oʻzbekistondagi Elchixonasi]

OLMAOTA – Yuqumli kasalliklar dunyo boʻylab “har qachongidan ham tezroq” surʼatda tarqalar ekan, Qoʻshma Shtatlar koronavirusga qarshi kurash yoʻlida Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻrsatilayotgan yordamni “butun dunyo uchun sarmoya” deb hisoblamoqda, deydi AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining (CDC) mintaqaviy rahbari.

Bu haqda CDCning Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari Daniel Singer chorshanba (6-may) kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlari bilan telefon orqali muloqoti chogʻida aytib oʻtgan, deyiladi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistondagi jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Singer Qoʻshma Shtatlarning COVID-19ga qarshi kurashdagi roli va bu borada AQSH hukumatining Markaziy Osiyo aholisini qoʻllab-quvvatlashga oid rejalari haqida soʻzlagan.

Hozirgi kunga qadar CDC Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha 6,8 million dollarlik yordam ajratishga vaʼda qilgan.

“Kelgusi ikki yil davomida taqdim etiladigan 6,8 million dollar mablagʻ uskunalar sotib olish, oʻqitishni tashkil etish, kasallikni tushunishdagi hamkorlikni rivojlantirish va mintaqadagi sogʻliqni saqlash vazirliklariga fuqarolarni himoyalash boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrishi uchun yoʻnaltiriladi”, dedi u Olmaotadagi jurnalistlarga.

AQSH koʻmagi, shuningdek milliy laboratoriyalarning COVID-19 testlarini oʻtkazish imkoniyatlarini kengaytirish uchun millionlab dollarlik uskunalar va materiallar sotib olishni oʻz ichiga oladi, dedi u.

“Biz yanvar oyidan beri Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatib kelmoqdamiz va mintaqadagi barcha hukumatlarning pandemiyaga qarshi choralarini qoʻllab-quvvatlash uchun texnik yordam taklif qildik”, dedi Singer.

CDC Markaziy Osiyoda 25 yillik ish tajribasiga ega. Uning 50 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda vakolatxonalari bor, dedi u. Shuningdek, CDC Turkmaniston sogʻliqni saqlash vazirligining iltimosiga binoan bu mamlakatga ham oʻz yordamini taklif qilmoqda.

“Biz chegaralar va mamlakatga kirish nuqtalariga kelayotgan odamlarning salomatligini monitoring qilish uchun zaruriy jihozlar va malaka oshirish kurslarini taqdim etishga tayyormiz”, dedi Singer.

CDC epidemiologlari, laboratoriya va sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan aholi salomatligiga doir fanlarini rivojlantirish va kasalliklarning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi chora koʻrish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish yuzasidan hamkorlik qilmoqda, dedi Singer.

“AQSH nima uchun bu yordamni munosib investitsiya sifatida koʻrayotgani sir emas, sababi kasalliklar, ayniqsa yuqumli kasalliklar dunyo boʻylab har qachongidan ham tezroq tarqalmoqda”, dedi u. “Bizning Markaziy Osiyoga koʻmagimiz – nafaqat bu mamlakatlar, balki Amerika va butun dunyo salomatligiga yoʻnaltirilgan sarmoyadir.”

“Sogʻliqni saqlash xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan CDC investitsiyalari yuzaga kelayotgan tahdidlar, jumladan hozirgi koronavirus pandemiyasiga qarshi tez va samarali tayyorgarlik uchun zamin hozirlaydi. Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan hamkorligimiz hozir har qachongidan ham muhimroq”, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻzbekiston va Tojikistonning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish

Singer yordam dasturiga oid tafsilotlarni soʻzlab berar ekan, 6-may kuni Toshkentdagi AQSH elchixonasi oʻz veb-saytida Oʻzbekistonga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun CDCning 2,07 million dollarlik yordami ajratilishini eʼlon qilgan.

Ushbu mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan eng zaruriy ehtiyojlarni qondirishga yoʻnaltiriladi.

U koronavirus infeksiyalari diagnostikasini yaxshilash va testlar natijalarini qayta ishlashni tezlashtirish maqsadida COVID-19 sinovlari uchun laboratoriya uskunalari va materiallarini xarid qilishni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, ajratilgan mablagʻ CDC Atlantada ochganiga oʻxshash Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish uchun tegishli jihozlarni xarid qilish va trening oʻtkazishga sarflanadi.

Dushanbedagi AQSH elchixonasining 6-may kungi xabariga koʻra, COVID-19 tarqalishiga qarshi choralarni qoʻllab-quvvatlash uchun Tojikistonga ajratiladigan yordam hajmi ham oshirilgan.

Mamlakat AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan ajratilgan 1 million AQSH dollari miqdoridagi yordamga qoʻshimcha ravishda CDC tomonidan 1,69 million AQSH dollari oladi.

“Bu yordam tojikistonliklar va qahramonlarcha ishlayotgan tibbiy xodimlarning butun dunyoni qamrab olgan bu inqirozni yengib oʻtishiga yordam beradi”, deb aytgan AQSHning Tojikistondagi elchisi Mark Pommersheym.

“Oʻtgan 20 yil davomida AQSH elchixonasi Tojikistonning shu kabi inqirozlarga qarshi chora koʻrish salohiyatini kuchaytirish maqsadida 125 million AQSH dollariga yaqin tibbiy koʻmak taqdim etgan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Migrantlar Qirgʻiziston elchixonasini qamal qilishdi. Odamlar gʻazabda, konsul hujumdan xavfsiramoqda. Migrantlar Moskvadagi Qirgʻiziston elchixonasi oldida navbatga turishmoqda. Odamlar qiyin ahvolga tushib qoldilar: bir oydan oshibdiki, ular vataniga qaytib ketishga urinmoqda, ammo karantin tufayli buning imkoni boʻlmayapti. Vaziyat shunga borib yetdiki, konsul politsiyadan yordam soʻradi: OAVga koʻra, u odamlar achchiq ustida elchixonaga hujum qilishidan qoʻrqmoqda. Mana ikkinchi oydirki, ular WhatsApp guruhlari orqali aloqada boʻlib turishibdi, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab, oʻzaro maʼlumot almashmoqda. Yaqinda “Aeroflot” kompaniyasi 17-may kuni Bishkekdan Rossiya fuqarolarini vataniga qaytarish uchun reys tashkil etishi maʼlum boʻlgan edi. Odamlar Moskvadan Bishkekka uchayotgan samolyotga oʻtirib uylariga qaytishga umid qilgan edilar. Qirgʻiziston konsuli Alikbek Jekshenkulov elchixona oldida yigʻilganlardan kimdir unga hujum qilishi mumkinligidan xavotirda. Uning taʼkidlashicha, soʻnggi kunlarda qirgʻizistonlik migrantlarning WhatsApp guruhlarida ayrim fitnachilar paydo boʻlgan va odamlarni elchixona derazalarni sindirishga va hatto diplomatik vakolatxona rahbarini osishga chaqirgan. Shuning uchun Jekshenkulov politsiyadan binoni qoʻriqlashni kuchaytirishni soʻragan.

Javob berish

Aholi orasida COVID bilan bogʻliq turli xil boʻlmagʻur fitna nazariyalari bilan qoʻshib-chatilgan oʻzgacha fikrlash avj olib bormoqda. Shaxsan men, eng samarali yordam – bu virusning mavjudligini koʻrsatish va isbotlash deb bilaman! Kimdir quyida yozganidek, bir necha million kishining oddiy odamlarga yetib borishi dargumon!

Javob berish

Yordamning 80 foizi amaldorlarning choʻntagiga, qolgani esa manzilga yetib boryapti

Javob berish