Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Xitoy va Rossiya koronavirusga oid dezinformatsiya tarqatish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirdi

Karvonsaroy va AFP

Pekindagi laboratoriyada COVID-19 koronavirusi uchun eksperimental vaksina testini kuzatayotgan muhandis, 29-aprel. Xitoy bu pandemiyada oʻzini xayrixoh tomon qilib koʻrsatishga urinmoqda. (Nikolas Asfuri/AFP)

Pekindagi laboratoriyada COVID-19 koronavirusi uchun eksperimental vaksina testini kuzatayotgan muhandis, 29-aprel. Xitoy bu pandemiyada oʻzini xayrixoh tomon qilib koʻrsatishga urinmoqda. (Nikolas Asfuri/AFP)

Xitoy va Rossiya hukumatlari koronavirus pandemiyasiga oid uydirma gap-soʻzlarni tarqatishdagi hamkorlikni kuchaytirib borar ekan, Pekin Moskva qoʻllayotgan usullarni oʻzlashtirmoqda, deydi ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar.

“COVID-19 inqirozigacha ham Rossiya va Xitoy xalq respublikasi oʻrtasida tashviqot masalasida maʼlum darajadagi hamkorlik kuzatilgan”, deydi xorijiy propagandani kuzatuvchi AQSH davlat departamentining global munosabatlar markazi koordinatori Leya Gabriyel.

“Ammo, pandemiya tufayli hamkorlik jadallashdi”, deb aytgan u AFP muxbirlarga juma (8-may) kuni.

“Bu yaqinlashuvni jamoatchilikning COVID pandemiyasiga oid tushunchalarini oʻz maqsadlariga moslab shakllantirishni istagan ikki tomonning pragmatizmi natijasi deb koʻrmoqdamiz”, dedi u.

Avvalroq, Global munosabatlar markazi Rossiyaga aloqador minglab ijtimoiy tarmoq akkauntlari pandemiya haqida fitna nazariyalarini, jumladan oʻtgan yil Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan virus amerikaliklar tomonidan yaratilgani haqidagi xabarlarni tarqatayotganini maʼlum qilgandi.

Mart oyida Yevropa Ittifoqi (YI) Moskvani halokatli virus haqida yolgʻon yoki yanglish maʼlumot tarqatish boʻyicha “yirik kampaniya” olib borish va bu bilan odamlar hayotini xavf ostiga qoʻyishda ayblab chiqqan.

Moskvaga taqlid

Oʻz navbatida Xitoy turli fitna nazariyalarini ilgari surish bilan, koronavirus pandemiyasining dunyo boʻylab tarqalishidagi roliga nisbatan tanqidlarga qarshi kurashmoqda.

Bu fitna nazariyalari Xitoy hukumatidagi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan yoyinlanmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi vakilining virus Uxanga AQSH harbiylari tomonidan olib kelingani haqidagi tviti bilan Xitoy Qoʻshma Shtatlarni gʻazablantirdi.

Global munosabatlar markaziga koʻra, Xitoy rejimi 270 mingta odamning oʻlimiga sabab boʻlgan pandemiyaga qarshi kurash choralarini oqlash va Qoʻshma Shtatlarni tanqid qilish boʻyicha onlayn kampaniyani avj oldirmoqda.

“Pekin Moskva anchadan beri qoʻllab kelgan texnikalarni oʻzlashtirib, ularga real vaqt rejimida moslashmoqda”, dedi Gabriyel.

Pekin oʻz xabarlarini yetkazishda bot tarmoqlaridan tobora koʻproq foydalanmoqda, dedi Gabriyel.

Uning aytishicha, Xitoyning rasmiy diplomatik hisoblari mart oyi oxirida keskin faollashgan – ularga bir kunda aksari yangi ochilgan akkauntlardan iborat 30 tadan 720 tagacha yangi obunachilar qoʻshilgan.

Pekin ilk marta shu kabi onlayn usullardan foydalangan holda demokratiya tarafdorlarining yirik namoyishlariga guvoh boʻlgan avtonom hudud – Gongkongda “siyosiy nizolarni keltirib chiqargani” oydinlashgan, dedi Gabriel.

Hozirda Pekin koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda yoʻl qoʻygan xatolarini yashirishga urinmoqda, ayrim dalillar qasddan yoʻq qilinayotganiga oid faktlar ham bor.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyada koronavirus fojiasi yuz bermoqda

Javob berish

Epidemiya AQSH oʻzining amerikacha dunyosi bilan ishtonini bulgʻab qoʻyganini koʻrsatdi... Yolgʻon gapirmaslik kerakligiga yaxshi misol.

Javob berish

Rossiya ham Xitoy ham ikkovi bir goʻr

Javob berish