TRIPOLI – Yakshanba (10-may) kuni Liviya Milliy kelishuv hukumati (MKH) poytaxt Tripoli boʻylab yogʻdirilgan raketalar ishlab turgan yagona aeroportga zarar yetkazishi ortidan kamida toʻrt nafar tinch aholi, jumladan yosh bola halok boʻlganini bildirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tan olingan MKH shanba (9-may) kuni harbiy qoʻmondon Xalifa Haftarni mamlakat boʻylab amalga oshirilgan hujumlarda ayblab chiqdi. Haftar aprel oyidan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrugʻi bilan harakat qiladigan “Vagner guruhi” harbiylashtirilgan tashkiloti qoʻllovida poytaxtni ishgʻol qilishga urinib kelmoqda.
Haftar kuchlari “poytaxt markazidagi turar-joylarga qarata yuzdan ortiq raketa va snaryadlar otgan”, deyiladi MKHning Facebook sahifasidagi bayonotida.
MKH sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Amin al-Hoshimiyning soʻzlariga koʻra, shahar janubidagi Abu Slim va Ben Gashir ishchi tumanlarida kamida toʻrt nafar tinch aholi vakili, shu jumladan besh yashar qizcha halok boʻlgan va 16 kishi jarohatlangan.
Mitiga aeroportiga qarata yoʻllangan oʻnlab raketalardan biri koronavirus pandemiyasi tufayli chet elda qolib ketgan liviyaliklarni vataniga qaytarishga shaylangan yoʻlovchi samolyotga borib urilgan, deyiladi MKH bayonotida.
7-maydan 8-mayga oʻtar kechasi MKH tashqi ishlar vazirligi hamda Italiya va Turkiya elchixonalari joylashgan Zaviyat al-Dahmani tumanlariga ham raketalar kelib tushgan.
Kamida ikki politsiyachi va bir tinch fuqaro halok boʻlgan, deb maʼlum qilgan Hoshimiy.
Turkiya bunday hujumlar davom etgan taqdirda Haftar kuchlari “qonuniy nishonlarga” aylanishi haqida ogohlantirgan.
9-may kuni Mitiga aeroportiga jiddiy shikast yetgan, 10-may kuni tongda u yana raketa zarbalari ostida qolgan.
Aeroportdagi manbaning xabar berishicha, yoʻlovchilar zali va ikkita fuqarolik samolyotiga jiddiy shikast yetgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotning titilib ketgan fuzelaji, aeroportning jiddiy shikastlangan binosi va uchish-qoʻnish yoʻlagi aks etgan fotosuratlar joylashtirilgan.
Liviya milliy neft korporatsiyasi (NOC) 9-may kuni aeroportdagi yoqilgʻi omboriga kelib tushgan raketa va snaryadlar 4 ta tankni vayron qilgani va boshqa 6 ta obyektga zarar yetkazganini aytdi.
“Mudhish hujumlar”
BMTning Liviyadagi qoʻllab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) bomba hujumlarini “barchaga tanish, ammo mudhish manzara” deb atagan.
“Ushbu dahshatli hujumlar muntazam ravishda tinch aholi punktlariga yaqin joyda sodir boʻlmoqda”, deb yozgan UNSMIL oʻzining Twitter sahifasida.
U mazkur hujumlarni “1-maydan beri Liviya milliy armiyasiga (Haftarga) sodiq kuchlar tarafidan 15 kishining hayotiga zomin boʻlgan va 50 nafar tinch aholi vakilini jarohatlagan qator tartibsiz hujumlardan biri” deb atagan.
6-maydan beri poytaxtning bir necha tumanlarini nishonga olgan raketa zarbalari tufayli 17 nafar tinch fuqaro va ikki politsiyachi halok boʻldi, 66 dan ortiq odam jarohatlandi, deb xabar beradi MKH.
UNSMIL tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlarni keskin qoralab, “ushbu jinoyatlar aybdorlarini xalqaro qonunchilikka asosan javobgarlikka tortishga” chaqirdi.
“Soʻnggi kunlardagi bemaʼni xatti-harakatlar... uning koʻngilli armiyasi va yollanma jangarilari ketma-ket magʻlubiyatlardan soʻng tushkun va zaif holatda qolayotganidan darak bermoqda”, deyiladi MKH bayonotida.
Soʻnggi haftalarda Haftar kuchlari bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi, aprel oyida MKH jangchilari ularni Tripolining gʻarbiy sohilidagi ikkita muhim shahardan quvib chiqargan.
Hozirda Turkiya qoʻllovidagi MKH qoʻshinlari Haftarning poytaxt janubi-sharqidagi Tarxunada joylashgan asosiy orqa bazasini qurshovga olgan.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyat “putchist Haftar”ni toʻxtatishga jamoaviy tarzda masʼul ekanligini aytgan.
28-aprel kuni MKH Moskva qoʻllovidan ruhlangan Haftarni mamlakatni boshqarish uchun “xalq mandatiga” egalik daʼvosi bilan yangi toʻntarish rejalashtirayotganlikda ayblagan edi.
Putinning rejalari
“Vagner guruhi” xavfsizlik sohasidagi maxfiy xususiy kompaniya boʻlib, uning minglab pudratchilari Suriya va Ukrainadan tortib, Markaziy Afrika Respublikasidagi xorijiy nizolarda qatnashgani aytiladi.
Guruh Liviyadagi “Kreml siyosatining qurolidir”, deb aytgan AQSH davlat departamenti rasmiysi AFP nashriga.
Suriyadagi Bashar al-Asad rejimi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan siyosiy partiya yordamida “Vagner guruhi” suriyalik yoshlarni Liviyadagi jangarilik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha keng qamrovli choralar olib bormoqda.
MKH oʻtgan oy Vagner guruhini sarin gazini qoʻllagan holda kichik miqyosli operatsiyani amalga oshirishda ayblab chiqqan. Shuningdek, guruhning Suriyadagi yollash ishlari va uning Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) bilan aloqasi Liviyada COVID-19 koronavirusi tarqalishiga sabab boʻlayotganini tasdiqlovchi dalillar ham koʻpayib boryapti.
Buni qara-ya! Hatto pandemiya ham tajribali askarlarni toʻxtata olmadi! Hamma yaqinlashib kelayotgan hayvoniy emlashdan qoʻrqib tezda oʻlim topishni xohlaydi. Musulmonlar choʻchqa goʻshti yemaydilar. Ammo Bill Geyts barcha emdorilarni hayvon zardobidan tayyorlagan. Endi bu jirkanch narsani qonga yuborish kerakmi?! Qon – bu jon demakdir; u shaytonniki emas, Allohnikidir.
Javob berishFikrlar 5
Amerikalik pidjak aytgan emish ... Amerikalik galvarslarning soʻzlariga ishonib, oʻz mamlakatingizni ayblashdan uyalmaysizmi? Darvoqe, bu galvarslar seni fitnachi deb ataydilar.
Javob berishFikrlar 5
“BBCning Suriyadagi prodyuseri Riam Dalati kutilmaganda Gʻarb uchun shov-shuvli bayonot bilan chiqdi: 2018-yil bahorda Sharqiy Gʻutada joylashgan Duma shahridagi kasalxonaga “Asadning kimyoviy hujumi”dan soʻng butun dunyoga tarqalib ketgan “mudhish” tasvirlar sahnalashtirilgan boʻlib chiqdi. Yolgʻon spektakl haqida BBC vakili oʻzining rasmiy Twitter blogida ochiqdan-ochiq yozib chiqib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda rezonansga sabab boʻldi.” Ularning oʻzi butkul yolgʻon gapirishini tan olib turibdi.
Javob berishFikrlar 5
Rossiya – terrorchi mamlakat
Javob berishYOʻQ. Uning siyosati reaktiv.
Javob berishFikrlar 5