Karvonsaroy
Energiya

Oʻzbekistondagi fojiali suv toshqini Rossiya qoʻllovidagi yadroviy loyiha bilan bogʻliq xavotirlarni kuchaytirdi

Maksim Yeniseyev

Oʻtgan yilning 4-sentyabr kuni rasmiylar Aydarkoʻldagi boʻlajak atom elektr stansiyasining joylashuvini maʼlum qildilar. [Oʻzatom]

Oʻtgan yilning 4-sentyabr kuni rasmiylar Aydarkoʻldagi boʻlajak atom elektr stansiyasining joylashuvini maʼlum qildilar. [Oʻzatom]

TOSHKENT – Sirdaryo viloyatidagi fojiali suv toshqini shu kabi ofat tahdidi mavjud boshqa tumanda qurilishi rejalashtirilgan Rossiya atom elektr stansiyasi bilan bogʻliq xavotirlarni yanada kuchaytirgan.

1-may kuni Oʻzbekistonning Sardoba suv omboridagi toʻgʻonning oʻpirilishi ortidan 70 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 2-may kuni suv Turkiston viloyatining (Qozogʻiston) Maqtaorol tumaniga yetib borgan va u yerdagi bir nechta aholi punktlarini ham suv bosgan. Qutqaruvchilar 30000 dan ortiq odamni evakuatsiya qilganlar.

Toshkentdagi AQSH elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, ofat va qutqaruv ishlari chogʻida kamida toʻrt kishi halok boʻlgan.

“Rasmiy tergov jarayoni boshlandi. Tabiiy ofat ehtimoli istisno qilindi. Shaxsiy fikrimni aytadigan boʻlsam, bu falokatga qurilishning sifatsiz boʻlgani va qurilish meʼyorlarining buzilgani sabab boʻlgan”, deydi toshkentlik muhandis-gidrotexnik Anvar Roʻziqulov.

Sirdaryo viloyatida yuz bergan suv toshqini vayronalarini tozalayotgan oʻzbek askarlari, 3-may. [Oʻzbekiston mudofaa vazirligi]

Sirdaryo viloyatida yuz bergan suv toshqini vayronalarini tozalayotgan oʻzbek askarlari, 3-may. [Oʻzbekiston mudofaa vazirligi]

Sirdaryo viloyatida yuz bergan suv toshqini vayronalarini tozalayotgan oʻzbek askarlari, 3-may. [Oʻzbekiston mudofaa vazirligi]

Sirdaryo viloyatida yuz bergan suv toshqini vayronalarini tozalayotgan oʻzbek askarlari, 3-may. [Oʻzbekiston mudofaa vazirligi]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 19-oktyabr kuni Toshkentda atom elektr stansiyasi loyihasiga start berdilar. [Uzatom]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 19-oktyabr kuni Toshkentda atom elektr stansiyasi loyihasiga start berdilar. [Uzatom]

Suv ombori oʻzbekistonlik quruvchilar tomonidan barpo etilgan boʻlsa-da, uning loyihasini ishlab chiqishda Rossiya kompaniyalari ham ishtirok etgan.

Rossiyaning “Siloviye mashini” kompaniyasi sum ombori bazasida kichik gidroelektrostansiya qurilishida qatnashishi kerak edi, deyiladi 29-yanvar kuni eʼlon qilingan xabarda.

Rossiyaning “Roseksimbank” banki qurilishni moliyalashtirish uchun 21,3 million yevro (234 milliard soʻm) miqdorida kredit ajratgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari ofatdan omon qolganlarni qoʻllab-quvvatlash ishlariga qoʻshildi. “USAID (AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi) tabiiy ofatdan jabrlangan oilalarga favqulodda yordam yetkazish uchun mahalliy tashkilotlardan biriga 100 ming AQSH dollari (1 milliard soʻm) miqdorida mablagʻ ajratdi”, deyiladi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Xavfsizlik bilan bogʻliq xavotirlar

Ushbu falokat Sardoba suv omboridan 100 km uzoqlikdagi Jizzax viloyatida “Rosatom” koʻmagida qurilayotgan Oʻzbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasining xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlarni kuchaytirgan. “Rosatom” – atom inshootlarini qurish bilan shugʻullanadigan Rossiya davlat korporatsiyasidir.

2018-yil oktyabr oyida Toshkentda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihaning boshlanishiga rasman start bergan edilar.

Oʻtgan yilning sentyabr oyida AESni Aydarkoʻl yaqinida barpo etish haqida qaror qabul qilingan.

“Sardobadagi toʻgʻonning oʻpirilishi hech kimning xayoliga kelmagan edi... Bunday holat istalgan joyda yuz berishi mumkin”, deydi Roʻziqulov.

“Sohilida AES qurish rejalashtirilayotgan Aydarkoʻlning oʻzi texnogen ofat natijasida paydo boʻlgan. 1969-yilning bahorida qorlarning erishi natijasida suv toshqini yuz bergan. Qozogʻistondagi Shardara suv ombori bunga bardosh bera olmagan va toshgan suv pasttekislik tarafga chiqarib yuborilgan”, dedi u.

Kelishuvga binoan “Rosatom” 2028-yilga qadar har birining quvvati 1200 MVt boʻlgan ikkita energoblok barpo etadi. Loyihaning aniq qiymati maʼlum emas, ammo Kreml manbalariga koʻra, u taxminan 11 milliard dollarni (90,6 trillion soʻm) tashkil qiladi.

Kuzatuvchilarga koʻra, yakuniy shartnoma iyun oyida tasdiqlanadi, inshootning qurilishi esa 2022-yilda boshlanishi kutilmoqda, deb xabar beradi TASS. Qurilish ishlarini Rossiya kreditlari hisobidan moliyalashtirish koʻzda tutilgan.

Bugungi kunda Aydarkoʻl yaqinidagi uchastkada muhandislik ishlari olib borilmoqda.

Fevral oyida Oʻzbekiston energetika vazirligi yaqin orada Qozogʻiston va Oʻzbekistonda AESlar qurilishi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtishini eʼlon qildi.

Jamoatchilik qarshi

Oʻzbekistonliklar rejadagi AES yuzasidan anchadan beri oʻz xavotirini bildirib keladi.

Facebook tarmogʻidagi “Oʻzbekistonliklar AES qurilishiga qarshi!” guruhida 2000 dan ortiq aʼzo bor.

“Bizda atom elektrostansiyasi qurilmasligi kerak. Toʻgʻonni qanday qurishni bilmaymiz, bu esa esa atom elektrostansiyasi... buni har bir oʻzbekistonlik fuqaro tushunib yetishi va atom elektrostansiyasi qurilishiga qarshilik qilishi kerak. Chunki bu uyimizda asta-sekin harakatga keladigan yadroviy bombadek gap”, deb yozgan guruh aʼzolaridan biri Nodir Toʻxtayev 1-may kuni.

Sardobada yuz bergan falokatdan soʻng, jamoat arboblari, jurnalistlar va deputatlar atom elektrostansiyasi qurilishiga oʻz eʼtirozlarini bildirganlar.

“Buni tushunib yetishlari uchun nechta odam oʻlishi kerak? Qurilish obyektlaridagi qonun-qoidalarda qandaydir muammolar borligi aniq. Oʻzbekistonda atom elektrostansiyasi boʻlishini umuman xohlamayman”, deb yozgan 4-may kuni jurnalist Darya Solod oʻzining Facebook sahifasida.

“Men atom energiyasidan emas, u bilan ishlaydigan odamlardan qoʻrqaman”, deb yozgan u.

Odamlar 1968-yilgi Chernobil fojiasi va Rossiyaga aloqador boshqa yadroviy loyihalar bilan bogʻliq Sovet davri falokatlarini unutganlari yoʻq.

“Qurilishdagi bu kabi holatlarni inobatga olib, shuni xulosa qilish mumkinki, biz nafaqat atom elektrostansiyasi qurmasligimiz, balki unga yaqin ham yoʻlamasligimiz kerak”, deb yozgan OʻzLiDep aʼzosi Doniyor Gʻaniyev.

Qoʻshni davlatlar aholisi atom elektrostansiyasi qurilishiga oid masalani qayta koʻrib chiqishga chaqirmoqda.

“Oʻzbekiston hukumati oʻz hududida atom elektrostansiyasi qurishni va 10 yilda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Oʻtgan hafta Oʻzbekiston va Qozogʻistonda 100 mingdan ortiq aholiga taʼsir qilgan Sardoba suv omborida yuz bergan fojeadan keyin Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalasi qayta koʻrib chiqilishi kerak”, deb yozgan 4-may kuni qirgʻizistonlik tadqiqotchi jurnalist Riskeldi Satke oʻzining Twitter sahifasida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 57

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xaloyiq, oʻzbeklarning qoʻshnisi bunga qarshi. Balki, idrokimizga quloq tutarmiz. Hech kim hech narsaga kafolat bermaydi. Yaponiyani yodga oling.

Javob berish

“Chiroqchida chiroq yoʻq” maqolasi esingizdami? Qachongacha odamlar qishda elektr quvvati muntazam oʻchib qolishidan aziyat chekishi kerak? Yadro institutidagi yadroviy reaktor uzoq muddatdan beri ishlaydi hech qanday muammo boʻlmadi. Kelajakka qarashimiz kerak. Yadroviy quvvatsiz imkonsiz qolamiz. Shu bilan birga, quyosh va shamol energetikasini ham rivojlantirishimiz kerak. Amaldagi prezident mana shu ishlarni qilishga harakat qilmoqda. U va bizning ishlarimiz baroridan kelsin.

Javob berish

Bizda boshqa yoʻl yoʻq bizda 35 mln odam yashaydi yaqin oʻn yillikda 50mln yetishi bor gap bu juda katta raqam agar AES ni quradigan boʻlsak oʻz oʻzidan energiya muommosi hal boʻladi

Javob berish

Toʻfondan aziyat chekkan odamlarga achinaman. Toʻrt kishi vafot etganidan afsusdaman.

Javob berish

Nima SSSRdagi odamlar yomon yashaganmi, menimcha, ancha yaxshi va xavfsizroq hayot kechirgan, ertangi kunga ishonch bor edi

Javob berish

Atom elektr stantsiyasi oʻrniga quyosh elektr stantsiyalari qurishni taklif qilaman. Ular arzon va bardoshli; Bizdagi mentalitet bilan esa kelajakda Chernobil bizga hasad qiladi.

Javob berish

Yadro energiyasi – energetika sohasining kelajagidir. Qurilish maydonchasining joylashuvini qayta koʻrib chiqish va xavfsizlikni hisobga olgan holda boshqa joyni tanlash kerak.

Javob berish

Yadro elektrostansiyasini qurish oʻrniga biz Sardoba toʻgʻonini qurganlarni martaba va lavozimidan qatʼiy nazar sud qilishmiz kerak... Soʻng Oʻzbekiston yadroviy elektrostansiyaga muhtoj yoki muhtoj emasligi borasida referendum oʻtkazilishi kerak....... Bu mavzu doim mehnatkash xalqning evaziga oʻzi va oʻgʻillari uchun moʻmay pul ishlashni xohlovchi ayrim oligarxlar, poraxoʻrlar, senatorlar va vazirlar manfaatlari doirasiga kirmaydi... Falokat yuz bersa, Oʻzbekistonda millionlab odamlar zarar koʻradi. Ular oʻgʻri senator va vazirlardan iborat hukumat komissiyasini tuzadilar. Millionlab odamlarni oʻmargan va texnogen fojia kelib chiqishiga sababchi boʻlgan oʻgʻrilar esa adliya tizimi eʼtiboridan chetda qoladi. Nafaqaxoʻr sifatida bir narsani aytishim mumkin: AES qurilishidan millionlab pullarni oʻzlashtirishni istagan hurmatli senatorlar, ularning oʻgʻillari va vazirlar – oʻzingizni bosing, pulga boʻlgan nafsingizni jilovlab oling. Avval Sardoba fojiasini hal qiling; qanday qilib toʻgʻon qurishni oʻrganib oling. Keyin esa referendum oʻtkazing - xalq HA yoki YOʻQ deb javob beradi...

Javob berish

Bitta atom elektr stansiyasining puliga bir nechta shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurish mumkin va ular ancha xavfsizroq boʻladi.

Javob berish

Nima, har bir qishloqqa shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurib chiqmoqchimisiz? Bizda hamma qishloqlarda oʻchirishadiku chiroqni.

Javob berish

Quyosh energiyasi atom energiyasiga nisbatan arzonroq va 100 foiz xavfsizroq.

Javob berish

Bitta atom elektr stantsiyasining puliga bir nechta shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurish mumkin va ular ancha xavfsizroq boʻladi.

Javob berish

Qoʻshilaman!

Javob berish

Oʻzbekistonga AES kerak.

Javob berish

Oʻzbekistonda kamida bitta atom elektr stansiyasi boʻlishi kerak. Ayrim respublikalarda bir nechta yadroviy stansiya bor. Bu yerda Chernobil boʻlmaydi.

Javob berish

Tugri fikr

Javob berish

Odamlar toʻgʻri gapiryapti. Bu atom elektr stansiyasining oqibati nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Chernobilning oʻzi yetadi bizga. Hali unutganimiz yoʻq.

Javob berish

Hozirgi kunda bir kVt quyosh energiyasi 1,35 sent turadi. Yaqinda BAAda shunday elektrostansiya ishga tushirildi. Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining Janubiy Koreya yoki Singapur kabi rivojlangan boʻlishini istamaydi. Rossiyaga boshqarish oson boʻlishi uchun qoloq mamlakatlar kerak. Shunday ekan, Markaziy Osiyodagi atom stansiyasida favqulodda hodisa yuz berishi ANIQ.

Javob berish

Oʻzbekistonda AES kerakmi axir? Bu yerda quyosh elektr stansiyalari qurish kerak, chunki bizda yilning 364 kuni quyoshli.

Javob berish

Oʻzbekistonga atom elektr stansiyasi kerak; yaqin kelajakda energiyaga talab ikki baravar ortadi.

Javob berish

Yadroviy elektrostansiya kerak; qishda mamlakatning yarmida elektr boʻlmaydi

Javob berish

Oʻzbekistonda quyosh energiyasini rivojlantirish kerak; u atom energiyasidan koʻra tinchroq.

Javob berish

Uni Rossiya kompaniyasi quradi; xavotirga oʻrin yoʻq. Nega endi hamma qoʻrquvda? Elektr energiyasi hammaga kerak; Quyosh energiyasi qimmatga tushadi. Biz boy mamlakat emasmiz.

Javob berish

Barcha sobiq Sovet respublikalari yetmish yil davomida SSSRning kosmik dasturi, yadroviy zaxirasi va mudofaa sanoatini rivojlantirish bilan ketma-ket besh yillik rejalarni amalga oshirish uchun tinmay mehnat qilishdi; Rossiya esa hammasiga ega chiqdi. Nahotki bizning nevaralarimiz Rossiya iqtisodiyoti, mudofaa sanoati, kosmik dastur va yadro arsenali uchun quldek mehnat qilishsa? Eslatib oʻtaman, RSFSR va Rosatom Krasnogorsk va sovet Oʻzbekistonidagi Angren uran konlarini tugatgan.

Javob berish

Seysmik xavfli hududlarda atom elektr stantsiyalari qurib boʻlmaydi Toshkent zilzilasi esingizdan chiqdimi? Chernobil takrorlanishini xohlaysizmi?!!

Javob berish

Chernobilda qoʻporuvchilik sodir etilgan

Javob berish

Aholi emas! Elita sotilgan, tuzuk fikrlay olmaydigan, sotqin siyosatchilar!!! Tekinxoʻr!!! Аleks

Javob berish

Oʻzbekiston oʻz hududida yadroviy (atom) texnologik uskunalardan foydalanmaydigan davlatlar guruhiga qoʻshildi. Unda nega atom elektr stansiyasi qurish, ikkita atom stansiyasi uchun xalqning 22 milliard dollar pulini sarflash kerak? Germaniya va boshqa Gʻarb mamlakatlari atom elektr stansiyalaridan foydalanishni toʻxtatmoqda va atom stansiyalari asta-sekin harakatga keluvchi bomba ekanligini tushunib, ularni yopmoqda. Chernobil va Yaponiyadagi AES bunga yaqqol misol. Nima uchun Oʻzbekistondagi amaldorlar bu voqealarni inobatga olmayotgani tushunarsiz. Innovatsion texnologiyalar, xorijiy va mahalliy ishlanmalardan foydalangan holda muqobil energiyani rivojlantirish kerak deb hisoblayman. Oʻzbekistonda bunday ixtirolar bor, ammo oʻzbek mansabdorlari pudratchilarning loyiha va bitimlarni (otkatlar) koʻzlagan holda bu faktni Oʻzbekiston prezidentidan yashirmoqda. Ekologik toza (yashil) energiya ishlab chiqarish bu mamlakatda koʻplab muammolarni hal qiladi.

Javob berish

Ekologik toza energiya juda qimmat turadi. Bu yerda esa kreditga atom elektr stantsiyasini qurish taklif qilinyapti. Odamlar zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtira olmaydi deyish, oʻz xalqini kamsitishdir; biz Beruniy, Ulugʻbek avlodlarimiz axir...

Javob berish

Buyuk ajdodlarimizning bunga nima daxli bor? Inson faktorini esdan chiqarmang. Samolyotlar yerga qulamoqda; raketalar havoga koʻtarilayotgan vaqtda portlayapti; suv omborlari oʻpirilmoqda, yadroviy reaktorlar portlamoqda. Inson xatosi tufayli yuz bergan ofatlarga cheksiz misol keltirsa boʻladi! Oʻshalarni ham yuqori malakali mutaxassislar boshqargan va boshqarmoqda. Eng mukammal texnologik himoyaga ega boʻlsa ham, qaysidir lahzada ular yanglishmaydi deb 100 foiz kafolat bera olasizmi? Qachondir 8-10 balli zilzila boʻlmaydi, deb 100% kafolat bera olasizmi?

Javob berish

Rossiya qadimgi va ishonchli doʻst, yurtimizning haqiqiy doʻsti sifatida bizga koʻp marotaba yordam qilgan. Rossiya soʻzda emas, amalda yordam beradi.

Javob berish

Bugungi Rossiya biz bilgan Rossiya emas. Hozirgi Rossiya oʻz birodarlariga qarshi kurashmoqda

Javob berish

Quyosh batareyalari – mana nimaga pul tikish kerak. Pul ishlashni bilishadi, kerak joyga sarflashni esa yoʻq.

Javob berish

Kimdir muqobil energiya narxini va ularni hatto choʻl hududlarining oʻzida ularni joylashtirish qancha maydonni egallashini hisoblab koʻrganmi? U holda transport infratuzilmasi va yuzalarni changdan tozalash kabi boshqa muammolar kelib chiqadi. Hurmatli liberallar, atom elektrostantsiyasini qurishning iqtisodiy samaradorligini hisoblab koʻring; oʻshanda amerikalik sheriklarga qaramlik keskin kamayadi.

Javob berish

Mamlakatim mustaqilligini qoʻllab-quvvatlayman

Javob berish

Oʻzbekistonda quyosh elektr stantsiyasini barpo etish kerak! Bunday loyihalar bor, ularni rivojlantirish kerak.

Javob berish

SSSR, bu holatda Rossiya doim mamlakatimizning ishonchli strategik sherigi boʻlib kelgan. Yolgʻiz boʻrilar omon qolmaydigan bunday dunyoda bizga koʻp marotaba yordam qoʻlini choʻzgan ishonchli doʻstdan voz kechilmasligi kerak. Boz ustiga, oʻrtamizda chuqur tarixiy va ijtimoiy ildizlar bor.

Javob berish

Rossiya qurilish standartlari avvalgidek emas. Ular Yevropa standartlaridan ancha orqada. Bundan tashqari, javobgarlik darajasi oʻta past - agar ikkinchi Chernobil yuz beradigan boʻlsa, u Rossiyada emas, Oʻzbekiston hududida boʻladi. Nima deb oʻylaysiz, ruslar Oʻzbekiston fuqarolari haqida qaygʻuradimi? Ular hatto oʻz aholisi haqida qaygʻurmaydi, ularning 20 foizi qashshoqlikda yashayapti.

Javob berish

Rossiyalik “mutaxassislar”ning juda past sifatli ekani inobatga olinsa, bu juda xavfli AES boʻladi

Javob berish

Porox solingan bochka!!!

Javob berish

Oʻzbekiston quyosh nuriga boy. Oʻshani ishlatish kerak. Oʻzbekistondagi noodatiy issiq ob-havo, korrupsiya, malakasiz kadrlar, beparvolik va qurilish kompaniyalarining ochkoʻzligi hamma narsani xarob qiladi

Javob berish

Yana Amerikami. Amerikaning tiqilishi jonga tegdi; oʻgʻirlamang va kuchli malakali mutaxassislar ishlasa hammasi yaxshi boʻladi...

Javob berish

Chernobil hamon yodimizda

Javob berish

21 darajali himoya

Javob berish

AES qurilishi mumkin emas va xavfli, Putin esa Xudo u tomonda deya bu loyihani qoʻllab-quvvatlamasligi kerak!

Javob berish

Rossiyaning taniqli balalayka ushlab olgan mutaxassislari AESni qurayotgani sabab bu AESlar ertasi kuni portlab ketadi

Javob berish

Senga qolsa qum ustida dutor chalib oʻtiraverasan. Oʻqimaslik va internetga tikilib oʻtirish shunaqa boʻladi. Mashinang boʻlsa sot va eshakka min.

Javob berish

Oʻzbekiston oʻz mutaxassislarini yetishtirishi kerak, lekin pulga sotib olingan oliy maʼlumot haqiqiy bilim emas, Oʻzbekistondagi sanoat kadrlarining kibr, korrupsiya va savodsizligi demakdir... Atom elektr stansiyasini aynan shu mahalliy kadrlar portlatib yuboradi... Men 34 yil kimyo kombinatidaishladim. Vazirliklar rahbariyatda malakali rahbarlar diplomli chalasavodlar bilan almashganini biladi. Avariyalar jabrlanuvchilar bilan oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolash orqali yashiriladi.

Javob berish

Qurilishi olib boriladigan hududning seysmikligini ham tekshirish kerak.

Javob berish

Qursin qoʻyib bering, zulmatda qolib ketmaysin.

Javob berish

Oʻzingizni Ryazanda quring. U yerda afsuslanadigan hech nima yoʻq

Javob berish

Chernobilni eslang! SSSR oxirigacha falokatni rad etib kelgan edi

Javob berish

Sizlarni zombiga aylantirishyapti, sizlar boʻlsa quloq solib oʻtiribsizlar. Bu sayt Amerika hukumatining pullariga yaratilgan

Javob berish

Byurokratlarning toʻgʻon uchun ajratilgan pullarga qurdirgan qasrlari quvvatli ekanmi, ularning hovuzlari suvga toʻlganmikin?

Javob berish

U yerda hech qanday Rossiya AESlari qurilmasligi kerak.

Javob berish

Qozogʻistondan farqli oʻlaroq, bizda Rosatom yoki Roskosmos boʻlmagan. Rosatom kelsa ortiqcha muammolar ham paydo boʻladi, postsovet hududida, Boltiqboʻyidan tashqari bir asrlik korrupsiyaga qoʻshimcha boʻladi.

Javob berish

Oʻgʻrilar, muttahamlar, noshudlar – birlashmoqda!

Javob berish