BERLIN – Chorshanba (13-may) kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Kreml tomonidan uning shaxsiy hisoblarini buzish va yetakchi siyosatchilar ortidan josuslik qilish urinishlaridan hafsalasi pir boʻlganini aytdi.
“Ochigʻini aytsam, bu meni ranjitdi. Kun sayin Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga urinib kelmoqdaman. Boshqa tomondan, bu ishlar Rossiya kuchlari tarafidan qilinayotganiga rad etib boʻlmaydigan dalillar bor”, dedi u parlamentdagi chiqishida.
Bu kabi kiberhujumlarni “oʻta qoʻpol” deb atagan Merkel, agar bunday firibgarlik harakatlariga barham berilmasa, sanksiyalar qoʻllanishi mumkinligini istisno etmagan.
Germaniya razvedka xizmati rossiyalik xakerlarning parlament aʼzolari yoki yetakchi siyosat arboblari ortidan josuslik qilishga urinayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.
2015-yilda xakerlar tomonidan qoʻlga kiritilgan maʼlumotlar orasida Merkelning elektron pochtasiga oid axborot ham boʻlgan, deb xabar beradi nemis OAV. Bu hujum parlament quyi palatasi – Bundestagni ham nishonga olgan.
Tergovchilar 2015-yilgi xakerlik hujumi boʻyicha gumondorni aniqladilar, dedi Merkel.
“Baxtga qarshi, bu holat yangilik emas, degan xulosaga keldim”, dedi u “kiber-adashtirish, faktlarni buzib koʻrsatish” kabilar “Rossiya strategiyasining” bir qismi boʻlganini taʼkidlar ekan.
Yangilik emas
Kremlning jahon yetakchilari hisoblarini buzib kirish va dezinformatsiya tarqatishga qaratilgan davomli urinishlariga yetarli dalillar bor.
Xitoy va Rossiya rejimlari koronavirus pandemiyasi haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirmoqda. May oyi boshida kuzatuvchilar Pekin Moskva qoʻllagan usullardan tobora kengroq foydalanayotganini qayd etgan edilar.
Butun dunyo COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashib turgan va Rossiya undan jiddiy aziyat chekayotgan bir vaqtda, Kreml halokatli virus haqida buzgʻunchi maʼlumotlar tarqatishda davom etib, dunyo boʻylab odamlar hayotini xavfga qoʻymoqda, deyiladi yaqinda Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda.
Qizigʻi shundaki, Rossiya parlamenti mart oyi oxirida mamlakatda COVID-19 haqida yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblanganlar uchun jazoni qatʼiylashtiruvchi qonunni maʼqullagan edi. Shunga qaramay, Kremlparast OAV Gʻarbdagi inqirozni kuchaytirishga qaratilgan maʼlumotlarni yoyinlash bilan odamlar hayotini xavf ostiga qoʻyishda davom etmoqda.
Rossiya yolgʻonchi chala mamlakat
Javob berishFikrlar 2
Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar qoʻllanilishi kerak
Javob berishFikrlar 2