Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiya Qirgʻiziston iqtisodining muhim sektorini moliyalashga yordam beruvchi kelishuvdan bosh tortmoqda

Kanat Altinbayev

1-aprel kuni Bishkek yaqinidagi nazorat-oʻtkazish punktida yoʻlovchilarning haroratini tekshirayotgan tibbiy xodim. COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish-chiqish yopilgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

1-aprel kuni Bishkek yaqinidagi nazorat-oʻtkazish punktida yoʻlovchilarning haroratini tekshirayotgan tibbiy xodim. COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish-chiqish yopilgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – Rossiya Qirgʻizistonga rus-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasidan (RQTJ) 260 million dollar (19,9 milliard qirgʻiz soʻmi) ajratishdan bosh tortmoqda. Bu Qirgʻiziston iqtisodiyotining asosiy sektorini xavf ostiga qoʻymoqda.

Ikki mamlakat tomonidan 2014-yilda tashkil etilgan jamgʻarma “Qirgʻizistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga [YOII] integratsiyalashuvining muhim mexanizmi hisoblanadi”, deyiladi uning saytida.

Uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad – Qirgʻiziston iqtisodiyotining eng muhim va koʻmakka muhtoj sektorlarini moliyalashtirishdir.

Shunday boʻlsa-da, Rossiya jamgʻarmaning qolgan 260 million dollarini Qirgʻizistonga berishdan bosh tortmoqda, dedi Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Erkin Asrandiyev 12-may kuni parlament majlisida 24.kg xabariga koʻra.

Buning oʻrniga ushbu mablagʻlar Rossiya bozorida qimmatli qogʻozlar uchun sarmoya sifatida kiritilgan.

“Biz mart oyi oxirida maktub yuborganmiz. Aprel oyi oxirida esa RQTJ majlisini oʻtkazdik. Unda ikki vazirimiz ishtirok etib, bu masalani koʻtarishdi”, dedi Asrandiyev.

“8-may kuni ular masalani koʻndalang qoʻyishdi. U yerda (RQTJ) hukumatlararo komissiyasi bor. Afsuski, rossiyalik hamkasblarimiz bunga qarshi. Hozirda mablagʻlarni olish uchun qoʻshimcha asoslar tayyorlamoqdamiz”, dedi u.

Bu mablagʻ qirgʻizistonlik fermerlarga yillik 4 yoki 5 foizli kredit sifatida berilishi mumkin edi, dedi parlament aʼzosi Ziyodin Jamaldinov 12-may kungi majlisda.

“Hozirgi vaqtda faqat 7 ming nafar fermer kreditlar olyapti”, dedi u kredit olish huquqiga ega fermerlarning umumiy sonini ochiqlamay.

Bishkek Rossiyaning qaroridan gʻazabda

Rossiyaning rad javobi Qirgʻiziston koronavirus pandemiyasi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligi kabi muhim tarmoqlarni moliyalashtirishga juda muhtoj boʻlib turgan vaqtga toʻgʻri keldi.

“Bu Rossiyaning noxayrixoh siyosatidan darak beruvchi yana bir belgi”, deydi quritilgan meva ishlab chiqaruvchi bishkeklik tadbirkor Ayan Risqulov. “Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo mamlakatlar, shu jumladan bizning mamlakatimiz bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik haqida rasmiy bayonotlar beradi”.

“Amalda esa, oʻz xalqining foydasi uchun bizning manfaatlarimizni poymol qiladi”.

Risqulov bir necha yil avval Rossiya byurokratik mashinasi bilan toʻqnash kelib, bu mamlakatga eksportni yoʻlga qoʻya olmaganini aytadi.

Rossiya YOIIning oziq-ovqat xavfsizligi talablariga javob bermasligini roʻkach qilib, har yili tonnalab mahsulotlarni Qirgʻizistonga qaytarib yuboradi.

Pandemiyagacha boʻlgan davrda ham, Rossiya qatʼiy protektsionistik siyosat olib borgan holda YOII mamlakatlarining ochiq chegaralaridan foydalanib, ularning bozorlarini egallagan .

Bu kabi ochiq adolatsizlik tufayli ayrim qirgʻiz mulozimlarini tashkilotdan chiqish vaqti kelgani haqida soʻzlay boshlaganlar.

13-may kuni hukumat aʼzolari bilan uchrashgan qirgʻizistonlik deputat Ruslan Choybekov YOIIdan chiqishni taklif qilgan.

Uning aytishicha, YOII doirasida Qirgʻiziston manfaatlari umuman himoya qilinmayapti, deb yozadi Akchabar.kg nashri.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qirgʻizlar ruslarning gapiga kirib, Soʻx-Rishton yoʻlini yopishdi. Bunga sabab – Oʻzbekistonning YOIIga aʼzo boʻlishdan bosh tortgani! Qirgʻizlar, Rossiyaga xizmat qilib turganingizdan keyin sizlarni kim deb atash kerak? Qirgʻizlar Rossiya asos solgan YOIIga qoʻshilishdi. Ruslarga harbiy baza uchun yer berishdi va oʻz valyutalarini rublga bogʻlab qoʻyishdi. Mustaqillik va erkinlik haqida gapirishni yaxshi koʻradigan, amalda esa toʻliq ruslarga boʻysunadigan qirgʻizlar oʻzi mustaqilmi!?

Javob berish

Rossiyaga faqat ahmoqlar ishonadi!

Javob berish

Oʻylaymanki, Oʻzbekiston kuzatuvchi sifatida, Qirgʻizistonga qarab tegishli xulosalar chiqaradi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqadi.

Javob berish

Fashistlar, molboqarlar va h.k.lar haqida gapirishni bas qilinglar. Qachon amaldorlarimiz yuborilgan pullarni vijdonsizlik bilan oʻzlashtirishni toʻxtatsa, oʻshanda tartib boʻladi. Ular esa fermerlar va tadbirkorlarga yordam beryapmiz, degan chiroyli gaplar bilan oʻz choʻntaklarini qappaytirishda davom etmoqdalar, odamlar esa hali ham avvalgidek nochorlikda kun kechirmoqda.

Javob berish

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlar uchun 5000 rubl toʻlashimiz kerak, muttaham rasmiylar va politsiyachilar uchun bir talay pora berishimiz kerak. Fashist Rossiyadagi qonunsizlik.

Javob berish

Iltimos bizga yordam bering, deydigan rivojlanayotgan davlatlarga yordam berishdan Rossiya charchadi. Dotatsiyadagi respublikaning millionlab fuqarolariga yordam berib kelyapmiz. Yetar endi! Bu pullar biz rossiyaliklarga kerak. Bugun biz Rossiyani himoya qilyapmiz va ertaga ham himoya qilamiz, mongoloidlarni emas!

Javob berish

Rossiya hech qachon boshqa mamlakat bilan doʻst boʻlmagan va boʻlmaydi ham. U doimo oʻz manfaatlarini boshqa davlatlar manfaatlaridan ustun qoʻyadi, hatto YOIIda ham uning imperialistik maqsadlari bor. Bundan tashqari, biz bu davlat korrupsiya virusining oʻchogʻi ekanligini va u bilan ittifoqchi boʻlgan har kim bu virus bilan surunkali ravishda ogʻrishini aniq bilamiz. Ushbu mustabid “imperialist”dan xalos boʻlishning yagona yoʻli bu – mamlakatimizda uning tilini tag-tugi bilan yoʻqotish va gʻarb mamlakatlarining taʼlim modelini olib, yosh avlod tafakkurida oʻzgarishlarni boshlashdir. Rossiya taʼsiridan xalos boʻlmas ekanmiz, koʻkragimizga shamol tegmaydi!

Javob berish

Rossiya elchisini chaqirib urish kerak.

Javob berish

Toʻppa-toʻgʻri :)))

Javob berish

Bizni istaganingizcha qoʻrqitishingiz mumkin, ammo bizsiz siz hech kimsiz. Siz dushman davlatlar qurshovidasiz, ular bizsiz ham sizni tiriklay yutib yuboradi. Hammangizni Qozogʻiston va Xitoyga haydab chiqaramiz; u yerda adabingizni berib qoʻyishadi! Aviabazani ketingizga tiqib oling!

Javob berish

Sening ketingga tiqamiz, Ivan

Javob berish

Rossiya harbiy havo bazasi Qirgʻizistondan chiqarilishi kerak

Javob berish

Qirgʻizistonga bojxona ittifoqi kerak emas. Undan chiqishimiz kerak.

Javob berish

Chiq molboqar, qoʻyboqar!

Javob berish

Gʻozboqar

Javob berish

Kimdir hayron qolyaptimi? Rossiya allaqachon xonavayron boʻlgan

Javob berish