Karvonsaroy
Siyosat

Britaniya va AQSH Rossiyaning Liviyadagi rolini qoralamoqda

AFP

Liviya sharqidagi Bengʻozi shahrida Haftarga sodiq harbiy politsiya askarlari mahbuslarni tashuvchi transport vositasini qoʻriqlamoqda, 5-may. [Abdulloh Duma/AFP]

Liviya sharqidagi Bengʻozi shahrida Haftarga sodiq harbiy politsiya askarlari mahbuslarni tashuvchi transport vositasini qoʻriqlamoqda, 5-may. [Abdulloh Duma/AFP]

Liviyada Rossiya va suriyalik jangarilar mavjudligini tasdiqlovchi BMT bayonotidan soʻng, Britaniya va AQSH seshanba (19-may) kuni Rossiyani Liviyadagi nizoga yollanma askarlar yuborishni toʻxtatishga chaqirdi.

Oʻz navbatida, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining video-anjumanida Liviyada rossiyalik jangarilar mavjudligida Moskvaning qoʻli borligini rad etdi.

“Biz tashqi kuchlar tarafidan qurol-aslaha, texnika va yollanma askarlar yetkazib berilayotgani haqidagi davomli xabarlardan xavotirdamiz”, deb aytgan Britaniya elchisi Jonatan Allen.

U prezident Vladimir Putinga yaqin ekanligi aytiladigan Rossiyaning xususiy qoʻriqchilik kompaniyasi – “Vagner” guruhini alohida tilga olgan.

“Wagner” guruhining xatti-harakatlari nizoni yanada kuchaytirar ekan, Liviya xalqi aziyat chekishda davom etmoqda, deydi Britaniya elchisi.

U shu bilan birgalikda 2011-yildan beri amaldagi BMTning Liviyaga qarshi kurol embargosiga murojaat qildi. “Xavfsizlik kengashi aʼzolarini oʻzlari ovoz bergan bu Kengashning qarorlariga rioya qilishga chaqiraman”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Liviyadagi nizoning barcha ishtirokchilari zudlik bilan harbiy operatsiyalarni toʻxtatishlari kerak”, dedi AQSH elchisi Kelli Kraft.

“Liviyaga harbiy texnika va askarlar, jumladan Buyuk Britaniya tilga olgan “Wagner guruhi” yollanma askarlarining olib oʻtilishini toʻxtatish lozim”, dedi u.

Liviyada Rossiyaning yollanma askarlari borligi tasdiqlangan

Rossiya elchisi Vasiliy Nebenzya hisobotlar “Rossiyaning Liviyadagi siyosatiga putur yetkazishga” qaratilganini taʼkidlab, bu iddaolarni rad etgan. “Liviyada rossiyalik askarlar yoʻq” deb taʼkidladi u.

BMTning maxfiy hisoboti qurol-yarogʻ embargosini kuzatayotgan BMT ekspertlari tomonidan tayyorlangan.

Bu hujjat Liviyada “Wagner guruhi” yollanma askarlari va fyeldmarshal Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlovchi Damashqdan kelgan suriyalik jangarilar borligini tasdiqlaydi.

Liviya sharqidag qator hududlarni nazoratiga olgan Haftar oʻtgan yili aprel oyida BMT tomonidan tan olingan milliy kelishuv hukumati (MKH) joylashgan poytaxt Tripoliga qarshi hujum boshlagan edi.

Hujjat, shuningdek Liviyada 2019-yil oxiridan beri Turkiya qoʻllovidagi Milliy kelishuv hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi Suriya muxolifati ham jang qilayotganini tasdiqlaydi.

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Stefani Uilyams kengashdagi chiqishi chogʻida “BMT xorijiy homiylarning yanada takomillashgan va halokatliroq qurollarni yetkazib berishi, bundan tashqari, ikkala tomon uchun ham toʻxtovsiz ravishda koʻplab askarlar yollayotgani sabab, harbiy salohiyatning kuchayib borayotganidan xavotir bildirayotganini” aytgandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Dunyo davlatlarni yashashini oʻz holiga qoʻyishi kerak, ichki ishlariga boshqa davlatlar aralashmasligi lozim.

Javob berish

Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyani terrorizm va oʻz xalqini xorlagani, shuningdek, tajovuzkor harbiylardan aziyat chekayotgan boshqa xalqlar oldida tiz choʻkishi kerak.

Javob berish

Rossiya qadimga Baalbek ustidan nazorat oʻrnatishga shoshilmoqda

Javob berish

AQSH va Angliyani butkul qoʻllab-quvvatlayman.

Javob berish