Karvonsaroy
Xavfsizlik

Putinning yollanma armiyasi askar yollashda “Islom davlati” taktikasini qoʻllamoqda

Karvonsaroy

“Islom davlati” rahbarlaridan biri Liviyada yangi yollangan jangarilarga murojaat qilmoqda, oʻtgan yilning iyul oyida chiqqan surat. Rossiyaning “Vagner guruhi” Moskvaning butun dunyodagi, shu jumladan Liviyadagi mojarolarida ishtirok etish uchun jangchilar yollashda ID foydalangan koʻplab taktikalarni qoʻllamoqda. [Fayl]

“Islom davlati” rahbarlaridan biri Liviyada yangi yollangan jangarilarga murojaat qilmoqda, oʻtgan yilning iyul oyida chiqqan surat. Rossiyaning “Vagner guruhi” Moskvaning butun dunyodagi, shu jumladan Liviyadagi mojarolarida ishtirok etish uchun jangchilar yollashda ID foydalangan koʻplab taktikalarni qoʻllamoqda. [Fayl]

OLMAOTA – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalariga xizmat qiluvchi “Vagner guruhi” xususiy armiyasi butun dunyo boʻylab askarlar yollash uchun “Islom davlati”ga (ID) xos usullardan foydalanmoqda, deydi kuzatuvchilar.

“Vagner guruhi” ilk marta 2014-yilda Ukraina sharqida paydo boʻlgan, u yerda Moskva “koʻngillilar” deb atagan rossiyalik sobiq harbiy xizmatchilar rossiyaparast ayirmachi kuchlar safiga qoʻshilgan va bu oxir-oqibat Qrimning noqonuniy anneksiyasiga olib kelgandi.

Avvaliga bu “maxfiy armiya” oʻz saflarini quvgʻin qilingan sobiq harbiylar, kallakesarlar hamda pul va sarguzasht qidirib yuradigan sobiq mahbuslar bilan toʻldirgan boʻlsa, yillar oʻtib, guruh taktikasi oʻzgardi.

Endi esa Putinning xohish-istagi bilan Vagner guruhi Kremlning gʻarazli maqsadlari boʻlgan turli qaynoq nuqtalarda jang qilish uchun mahalliy yoshlarni jalb qila boshlagan.

Evakuatsiya qilingan suriyalik ayollar va bolalar Turkiya chegarasi yaqinidagi Idlib viloyatida joylashgan Kafr-Lusin jamlogʻi tashqarisida chiqindilar orasidan oziq-ovqat qoldiqlarini izlamoqda, 2019-yil. Bu kabi shart-sharoitlar Rossiyaning “Vagner guruhi” va “Islom davlati” kabi guruhlarga oʻz safiga yangi jangarilar yollashga imkon beradi. [Orif Vatad/AFP]

Evakuatsiya qilingan suriyalik ayollar va bolalar Turkiya chegarasi yaqinidagi Idlib viloyatida joylashgan Kafr-Lusin jamlogʻi tashqarisida chiqindilar orasidan oziq-ovqat qoldiqlarini izlamoqda, 2019-yil. Bu kabi shart-sharoitlar Rossiyaning “Vagner guruhi” va “Islom davlati” kabi guruhlarga oʻz safiga yangi jangarilar yollashga imkon beradi. [Orif Vatad/AFP]

Liviyaning BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumati askari 9-may kuni Tripolida Rossiyaning “Vagner guruhi” qoʻllovidagi Xalifa Haftar kuchlari hujumiga uchrab vayron boʻlgan mashina yonida turibdi. [Mahmud Turkiya/AFP]

Liviyaning BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumati askari 9-may kuni Tripolida Rossiyaning “Vagner guruhi” qoʻllovidagi Xalifa Haftar kuchlari hujumiga uchrab vayron boʻlgan mashina yonida turibdi. [Mahmud Turkiya/AFP]

Moskva yaqinda “Vagner guruhi” yetakchiligida Suriyada keng qamrovli yollash kampaniyasi tashkillashtirgan.

Yangi front uchun yangi taktika

Bu kampaniya doirasida bir necha yillardan beri davom etib kelayotganidek, Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi uchun jang qiluvchilar safiga emas, balki Moskvaning boshqa bir urush maydoni – Liviya uchun koʻngilli askarlar yollangan.

Yollanma jangchilarga aylangan Suriya yoshlari Moskva qoʻllovida Tripolida xalqaro miqyosda tan olingan hukumatga qarshi kurash olib borayotgan liviyalik feldmarshal Xalifa Haftar kuchlarini mustahkamlash uchun yuborilmoqda.

Suriyada 2011-yilda boshlangan fuqarolar urushi oqibatida mamlakatning katta qismi vayron boʻldi, 500 mingdan ortiq odam hayotdan koʻz yumdi va 7 milliondan ortiq fuqaro qochqinga aylandi.

Bu umidsizlikka tushgan yoshlarni jangarilikka yollashda Moskva yollovchilariga juda qoʻl keladigan ideal vaziyatdir.

“Ular yaxshi haq toʻlaydilar, shu sababli bu – puldan qiynalgan va oʻz hayotini tartibga sola olmayotgan koʻplab ishsiz erkaklar uchun juda yaxshi imkoniyat”, deydi Olmaotada yashovchi sobiq qozoq armiyasi zobiti, mayor Dauren Ospanov.

“Vagner guruhi” Liviyada “turli obyektlarni qoʻriqlovchi koʻngilli askarlarga 1000 dollar va koʻngilli ravishda jangovar guruhlarda ishtirok etayotganlarga 1500 dollar” oylik maosh taklif qiladi, deb xabar bergan “Al-Suvayda” arab yangiliklar nashri 24-mart kuni.

Bu, odatda Suriyada topiladigan pulga nisbatan ancha koʻp.

Oddiy suriyalik askarning oylik maoshi taxminan 30 dollarga teng, ayni vaqtda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ayrim qurolli tuzilmalar esa 50 dan 100 dollargacha maosh taklif qiladi.

“Islom davlati” taktikasi

Vagner guruhining yollash usullari koʻp jihatdan ID terrorchilik guruhinikiga oʻxshash. Nochor odamlarni pul bilan jalb qilish va Internet orqali himoyasiz yoshlarni topish shular jumlasidandir, dedi Ospanov.

Dastlab sarguzashtlarga chanqoqlik va sarob orzu-xayollar ID safiga yollashning asosiy ikki omili edi. Ammo 2019-yil mart oyida ID “xalifaligi” qulaganidan soʻng, guruh “Vagner” singari, yollanma aʼzolarni jalb qilish uchun ularning ogʻir moliyaviy sharoitidan foydalanmoqda.

Bu taktika yaqinda Turkiyada ham kuzatilgan boʻlib, ID yollovchilari koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan iqtisodiy tanglikdan foydangan holda turkmanistonlik mehnat migrantlarini nishonga olgan edilar.

ID yollovchilari tushkunlikdagi ishsiz migrantlarga joyida 1000 AQSH dollari toʻlash bilan birga, oyiga 1000 dollar maoshli “ishlarni” ham taklif qilishadi.

Yollovchi shaxslar “tinchlik sharoitidagi imkoniyatlarni” ochiqlamay, ular urushga aloqador emasligini taʼkidlaydilar.

ID Iroq va Suriyada katta hududlarga egalik qilgan paytlarda takror-takror yuz bergani kabi, bu omadsiz yollanma askarlar zudlik bilan frontga joʻnatilib, halokatga roʻbaroʻ qilingan.

“Vagner guruhi” va uning ittifoqchilari ham bu jabhada xuddi shu ssenariydan foydalangan.

“Al-Suwayda 24” xabariga koʻra, yil boshida “Vagner guruhi” va Asad rejimi uchun xizmat qiluvchi rasmiy tashkilot Suriya milliy yoshlar partiyasi bilan birgalikda 35 ta suriyalik yigitni koʻngilli askarlar safiga yollagan.

Bu yollanma askarlar hech qanday tayyorgarliksiz aksilhukumat jangarilariga qarshi kurashish uchun frontga yuborilgan.

35 askardan kamida 10 nafari halok boʻlgan, koʻpchilik jangning ilk kunlaridayoq jarohatlangan yoki bedarak yoʻqolgan, bu yollanma askarlarning toʻp yemi boʻlganini tasdiqlaydi, deyiladi xabarda.

“Vagner guruhi” hech qanday rasmiy tashkilot bilan bogʻliq boʻlmagani sababli, halok boʻlgan yollanma askarlarning oila aʼzolari guruh bergan vaʼdalarga qaramay, hech qanday kompensatsiya olishmagan.

Nolga teng masʼuliyatsizlik

“Vagner guruhi” Moskva qila olmaydigan razvedka va harbiy faoliyatni amalga oshirishi mumkin, deydi xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassisi, bishkeklik siyosiy tahlilchi Edil Osmonbetov.

Vagner kabi xususiy harbiy kompaniyalar “xalqaro huquq talablari ostiga tushadigan muntazam qurolli kuchlar” emas, dedi u. “Bunday guruhlarni muvofiqlashtiruvchi davlatlar ularning faoliyati uchun javobgar emaslar.”

Xalqaro huquq ham, Rossiya qonunchiligi ham yollanma askarlarni taqiqlaydi, ammo Duma va Rossiya tashqi ishlar vazirligi xususiy harbiy kompaniyalarni qonuniylashtirishni taklif qilishgan. Bu haqda 2018-yilda DW xabar bergan edi.

Bu gʻoya bir necha sabablar bilan qonunga aylanmagan. Hukumat Kreml va jangarilar oʻrtasida aniq bogʻliqlik koʻrinishini xohlamaydi, shu bilan birga norasmiy harbiy guruh qonuniy ijtimoiy harakatga aylanishini ham istamaydi.

Rossiya rasmiylari “Vagner guruhi” mavjudligini rad etsalar-da, rossiyaliklar nizolarda yakka tartibda ishtirok etishini tan oladilar.

Umumiy ovqatlanish sohasida Rossiya armiyasi va hukumat bilan manfaatli shartnomalarni imzolash ortidan boyigan Sankt-peterburglik tadbirkor va Putinning ittifoqdoshi Yevgeniy Prigojin “Vagner guruhi” moliyalashtiruvchisi oʻlaroq tanilgan.

Bu xususiy mablagʻlar Kremlga rad etish himoyasi ostida oʻz manfaatlarini ilgari surish va gibrid urushlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Vagner Kreml strategik, geosiyosiy manfaatlarini koʻzlagan davlatlarda harbiy operatsiyalar olib boradi, deydi isteʼfodagi qozogʻistonlik harbiy zobit Ospanov. Shu bilan birga, Moskva energetik sohaga oid loyihalarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududlar, masalan Afrikada ham askarlarni qoʻllaydi.

“Agar Rossiya qiziqish bildirgan va hamroh deb atagan davlat Moskva geosiyosati manfaatlariga zid harakat qilishni boshlasa, u yerda “kutilmagan mehmonlar” paydo boʻlishi mumkin”, dedi u.

Liviyaga Vagner guruhi shafeligida olib kelingan suriyalik yollanma askarlar oqimi, ayniqsa ularning koʻpchiligi COVID-19 virusi bilan kasallangan boʻlishi ehtimoli mahalliy aholining xavotiriga sabab boʻlgan.

Bunga oʻxshash holatlar Moskva taʼsir oʻtkazishni istagan koʻplab qaynoq nuqtalar, jumladan Markaziy Afrika respublikasi, Sudan, Venesuela va boshqa mamlakatlarda yuz bermoqda.

COVID-19 pandemiyasi shusiz ham iqtisodiy zaif mamlakatlarga ayniqsa kuchli zarba berdi. Natijada ishsizlik darajasining keskin oshgani “Vagner guruhiga” qoʻl kelishi mumkin.

[Maqolani tayyorlashga Olmaotadan Kanat Altinbayev oʻz hissasini qoʻshdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xalqlar uchun qamoq boʻlgan Rossiyani yoʻqotish kerak. Xitoyni ham.

Javob berish

Putinning yollanma odamlarini yakson qilinglar

Javob berish