Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozogʻiston Xitoydan kelayotgan etnik qozoqlar uchun fuqarolik olishni yengillashtirmoqda

Kanat Altinbayev

Xitoyning Shinjon viloyati, Shayar uyezdi yaqinidagi koʻchalarning biri, 2019-yil 13-sentabr. Shinjondan Qozogʻistonga koʻchib kelgan Aman Jandibay qayta tarbiyalash lagerida sakkiz oylik hayotdan keyin zavodda ishlashga majbur qilingan. [Xektor Retamal/AFP]

Xitoyning Shinjon viloyati, Shayar uyezdi yaqinidagi koʻchalarning biri, 2019-yil 13-sentabr. Shinjondan Qozogʻistonga koʻchib kelgan Aman Jandibay qayta tarbiyalash lagerida sakkiz oylik hayotdan keyin zavodda ishlashga majbur qilingan. [Xektor Retamal/AFP]

OLMAOTA – Qozogʻiston Xitoydan oʻz ajdodlari vataniga koʻchib kelishni istagan etnik qozoqlarga immigratsiya jarayonini yengillashtirmoqda. Xitoy hukumati Shinjon Uygʻur avtonom hududida musulmonlarni taʼqib qilayotgani uchun xalqaro tanqidga uchrab keladi.

31-may kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev migratsiya qonunidagi “oʻralman” (qaytuvchi) atamasini “qandas” (qondosh) atamasiga oʻzgartiruvchi hujjatni imzoladi.

Oʻralmanlar – qoʻshni davlatlardan Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan etnik qozoqlardir.

Bundan buyon qozoq fuqaroligiga ega boʻlmagan etnik qozoqlar Qozogʻistonda doimiy yashash huquqi va Qozogʻiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

Aksari qozoqlardan iborat musulmon etnik ozchilik vakillari hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash maskani yaqinidagi qoʻriqxona minorasi, 31-may kuni Xitoyning Shinjon viloyatida olingan surat. [Greg Beyker / AFP]

Aksari qozoqlardan iborat musulmon etnik ozchilik vakillari hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash maskani yaqinidagi qoʻriqxona minorasi, 31-may kuni Xitoyning Shinjon viloyatida olingan surat. [Greg Beyker / AFP]

Shuningdek, yangi qonun mamlakat iqtisodiyoti ehtiyojlarini qondirish, qulay investitsiya muhitini yaratish va migratsiyani boshqarishda zamonaviy xalqaro tajribadan foydalanishga qaratilgan.

Bu tashabbus bir necha yillardan beri Qozogʻistonda muhokama qilib kelinayotgan edi.

“Avval aytganimdek, tarixiy vataniga qaytayotgan qozoqlarga “oʻralman” deb murojaat qilishni toʻxtatishimiz, buning oʻrniga “qandas” atamasidan foydalanishimiz kerak”, deb yozgan Toʻqayev oʻzining Twitter sahifasida.

Oʻtgan yil noyabr oyida Toʻqayev 1991-yildan beri Qozogʻistonga 1 milliondan ortiq qozoq koʻchib oʻtganini maʼlum qilgan edi.

“Oʻralman” atamasini avvaldan yoqtirmas edim, ular bizga qarindosh qozoqlar”, deb aytgan tadbirkor va siyosiy arbob Bulat Abilov fevral oyida Kapchagʻayda muhtojlarga sovgʻa ulashish marosimida.

“Ayrim tarixiy sabablarga koʻra, ular boshqa yurtlarda yashab kelganlar. “Oʻralman” atamasi “qandasga” almashtirilganidan xursandman”, dedi u.

Qullik mehnati

Jamiyat bu islohotni chet elda yashaydigan qozoqlar, xususan, Xitoydan oʻz vataniga koʻchib kelayotganlarning maqomini oshirish chorasi sifatida qabul qilgan.

Soʻnggi yillarda u yerda turkiyzabon musulmonlar, jumladan etnik qozoq, qirgʻiz va uygʻurlarga nisbatan tazyiq kuchaygan.

Soʻnggi yillarda etnik qozoqlarning Xitoydan Qozogʻistonga koʻchib oʻtishi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik eʼtiborida boʻlib turibdi. Xitoyda hukumat tomonidan doimiy taʼqib qilinayotgan etnik qozoqlar Nur-Sultondan yordam soʻragan.

Shinjondagi qayta tarbiyalash lagerlarida musulmonlarning hibsda saqlanishi diqqat markazidagi asosiy masala boʻlib kelgan. Lekin, oʻtgan yildan beri yangi muammo – majburiy mehnat muammosi paydo boʻlgan.

Oʻtgan yilning iyul oyida 35 yashar Aman Jandibay Shinjondan Qozogʻiston janubidagi Turkiston shahriga koʻchib oʻtdi.

U 2018-yilda sakkiz oy yashagan qayta tarbiyalash lageridan ozod qilinganini aytgan. Shundan soʻng, Xitoy rasmiylari uni darhol uyali telefonlar ishlab chiqaradigan korxonada ishlashga majburlaganlar.

“Menga arzimagan pul berishardi, lekin keta olmasdim”, dedi Jandibay. “Politsiyachilar meni kaltaklashar, qamoqqa tushib oʻlishim mumkinligini aytib, tahdid qilishardi.”

Bir necha oydan keyin Jandibay qoʻlini sindirib oldi va unga ishdan ketishga ruxsat berishdi.

“Bularning hammasini xuddi qoʻrqinchli tush kabi eslayman”, deb aytgan u.

2018-yilda Xitoy hukumati va kompaniyalari oʻzaro til biriktirdi, deydi olmaotalik huquq himoyachisi Serikjan Bilash (uning oʻzi ham Xitoydan Qozogʻistonga koʻchib kelgan).

“Ishlab chiqarish korxonalarida qora ishchilarga ehtiyoj paydo boʻlgan payt hukumat ularni siyosiy lagerlar bitiruvchilari – turkiyzabon etnik ozchiliklar vakillari bilan taʼminlay boshladi, ularni ekspluatatsiya qilib, quldek ishlatishar edi”, dedi Bilash.

Xitoy hukumati “vatanparvar emaslikda” ayblangan qozoqlar, qirgʻizlar va uygʻurlarni toʻlaqonli fuqaro oʻrnida koʻrmaydi, dedi u.

Pekinga qarshi sanksiyalar

Qozoq jamoatchiligi Xitoydagi etnik ozchiliklar, jumladan, tarixiy vatanlaridan yordam soʻrashga majbur boʻlgan etnik qozoqlarning taʼqib qilinayotganidan gʻazabda, deydi Bilash.

Jahon hamjamiyati Xitoyda inson huquqlarining muntazam ravishda poymol qilinishini qoralagan.

14-may kuni AQSH Senati Shinjondagi musulmonlarni tazyiq qilgani uchun Xitoy rejimiga qarshi sanksiyalar joriy etuvchi qonun loyihasini maʼqullagan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi qozoq xizmati.

“Qonun loyihasi (qabul qilingan taqdirda) aksari islomga eʼtiqod qiluvchi uygʻurlar, qozoqlar va Shinjondagi boshqa tubjoy aholiga tazyiq oʻtkazgan Xitoy hukumatidagi yuqori lavozimli mansabdorlarga qarshi sanksiyalar joriy qilish va inson huquqlarini boʻgʻish uchun ishlatilgan tovarlarga bir qator eksport cheklovlari qoʻllash imkonini beradi”, deyiladi Ozodlik radiosi xabarida.

Reyterga koʻra, AQSH Senatining tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi, senator Jeyms Rish ushbu qonun loyihasini “Xitoyda inson huquqlarining keng qamrovli va qoʻpol buzilishlariga qarshi kurashdagi muhim qadam” deb baholagan.

2019-yilda Qozogʻistonda aksilxitoy kayfiyati kuchaygan edi. Bu muntazam namoyishlar mahalliy va xitoylik ishchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda oʻz aksini topgan.

Oʻtgan yilning sentyabr oyida Janaoʻzenda aksilxitoy namoyishlari boʻlib oʻtdi. 500 ga yaqin namoyishchi shaharning markaziy maydoniga chiqib, Xitoy rejimini qoralovchi shiorlarni hayqirgan. Ishtirokchilarning koʻpi Qozogʻistonning boshqa shaharlaridan kelgan.

Oʻsha oyning oʻzida janaoʻzenliklar navbatdagi mitingni oʻtkazdilar. Namoyishchilar Qozogʻistonda Xitoy fabrikalari qurilishiga va Qozogʻiston uchun zararli deb koʻrilgan Xitoy bilan yaqin iqtisodiy hamkorlikka qarshi chiqishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 27

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozoqlar, ruslar, janjallashmang. Xitoyliklar hammaga ko‘rsatib qo‘yadi. Sibirda Xitoylar mahalliy aholiga zulm qilmoqda. Bu shoqollar hammayoqni dabdala qiladi, shunday ekan, birlashinglar.

Javob berish

Xush kelibsiz, qondoshlar.

Javob berish

Qozogʻistonda tezroq ID-kartalar joriy qilish kerak. Ana oʻshanda hujjatlar va fuqarolik olish osonlashadi.

Javob berish

Bu qarorni qoʻllab-quvvatlayman. Juda yaxshi va toʻgʻri qaror.

Javob berish

Qancha koʻp qondoshlar kelsa, shuncha yaxshi.

Javob berish

Ular keti bilan osilib turishi uchun koʻproq daraxt ekinglar.)))))

Javob berish

Rus maymunlarining nima daxli bor bunga? )))

Javob berish

Shuni aytaman... Rus makakalarining nima aloqasi bor bunga. Men oralmanlarni nazarda tutyapman.

Javob berish

Nega etnik qozoqlar taʼqib qilinib, huquqlari poymol qilinmoqda?

Javob berish

Ular rusiylarning oʻrniga kelishi kerak.

Javob berish

Qachondan beri iflos ruslar madaniyatli boʻlib qoldi? Sizlarni faqat Qozogʻistondan emas, hamma mamlakatlardan quvib chiqarishmoqda, chunki sizlar hamma yerda oʻzingizni ablahlar kabi tutasiz.

Javob berish

Hammangiz natsistsizlar. Ruslar Qozogʻistonda bir necha avloddan beri yashab kelmoqda, siz esa ularni quvib chiqarmoqchisiz. Siz iflos va ahmoq oralmanlarni Sovet davrida siz bilan tinch yashagan ruslardan koʻra yaxshiroq deb bilasiz. Bu qozoqlar uchun sharaf emas. Bu siz uchun sharmandalik.

Javob berish

Oralman yoki qandas, nima farqi bor... Hammasi bir goʻr.

Javob berish

Ruslar va boʻqruslarni nima farqi bor? Hammasi bir goʻr

Javob berish

Qozogʻiston ularni boshiga uradimi? Qozoq emas, choʻchqa ular. Butun Qozogʻistonni rasvo qilishdi. Asl qozoqlar bu oralmanlarni (SSSR qulaganidan keyin Qozogʻistonga qaytgan etnik qozoqlar) odam oʻrnida koʻrmaydi. Oralmanlar ishlashni xohlamaydi, suvarak kabi koʻpayishni biladi, xolos.

Javob berish

Oʻzingiz choʻchqasiz!

Javob berish

Sizlardan soʻrab ish qilmaymiz. Oʻzlaring Rossiyaga daf boʻlishlaring kerak, oralmanlar bizning odamlarimiz.

Javob berish

Oralmanlar (SSSR qulaganidan keyin Qozogʻistonga qaytgan etnik qozoqlar) odammas. Qayerga borishni sendan soʻrab oʻtirmayman, mol.

Javob berish

Ruslarning oʻzi odammas. Shuni bilib ol, choʻchqa.

Javob berish

Bugun nechta choʻchqa bilan yotding, rus choʻchqasi? :)))

Javob berish

Faqat bitta choʻchqani – seni )))))

Javob berish

Onang bilan adashtirding shekilli, insestchi ))

Javob berish

Ota-onamga til tekkizma. Senikilarni tilga olganim yoʻq. Ota-ona muqaddas. Yoki senga baribirmi, onang haqida nima deyishlari?

Javob berish

Xitoyliklar juda surbet xalq, ular hammaga koʻp sonli ekanliklari bilan ochiqdan-ochiq tahdid solmoqdalar !!! Men Xitoy ekspansiyasiga qarshiman !!!

Javob berish

Menimcha, Qozogʻiston tezroq NATO harbiy blokiga qoʻshilishi kerak. Bu mamlakat uchun yaxshi variant. Shuningdek, Pompeo aytganidek, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar mustaqilligining kafolati boʻla oladigan AQSH bilan ham hamkorlik qilishi lozim.

Javob berish

Biz qudratli davlatga aylanishimiz kerak, men xitoylashtirishga qarshiman. Shuning uchun, xitoyni inobatga olmayman va bu haqda hatto oʻylamayman ham, uning nomini ataylab kichik harflar bilan yozyapman, u shunchaki yovuz bir davlat.

Javob berish

Toʻgʻri. Nafaqat Xitoy, balki butun dunyodagi barcha qozoqlar uchun fuqarolik olish jarayonini soddalashtirish kerak. Xitoy bilan esa, har qanday holatda doʻst boʻlish va hamkorlik qilish kerak. Kelajakda u Rossiyaning oʻrnini egallaydigan qudratli davlat boʻladi. Ayniqsa, u yerdagi kommunistik tuzum qulaganidan keyin.

Javob berish