BMT, AQSH va Yevropa rasmiylarining aytishicha, Kreml feldmarshal Xalifa Haftarning BMT tomonidan tan olingan hukumatga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash choralari doirasida toʻrt yildan beri Liviyani qalbaki pullarga toʻldirib kelmoqda.
Liviya xalqaro darajada tan olingan Tripolidagi Milliy kelishuv hukumati (MKH) va bir yildan beri (Kreml va Vagner guruhi koʻmagida) poytaxtni egallash uchun kurashib kelayotgan sharqdagi feldmarshal Xalifa Haftarga sodiq kuchlar oʻrtasida ikkiga boʻlingan.
BMT tahlilchilariga koʻra, 2016-2018-yillar davomida Rossiyaning “Goznak” davlat kompaniyasi Haftarga aloqador parallel Markaziy bankka 7,11 mlrd. dollarga teng ekvivalentdagi soxta Liviya valyutasini yetkazib bergan.
Dam olish kunlari Malta hukumati 1,1 milliard dollarga teng qalbaki pullarni musodara qildi.

Liviyadagi al-Jufra aviabazasida turgan Rossiyaning MiG-29 qiruvchi samolyoti, 19-may. Moskva Suriya orqali Liviyaga niqoblangan qiruvchi samolyotlar yuborgani fosh boʻlgan. (AQSH Qurolli kuchlarining Afrika qoʻmondonligi – AFRICOM)
Juma (29-may) kuni AQSH Davlat departamenti Maltaning pullarni musodara qilganini olqishlar ekan, ularni “noqonuniy parallel tashkilot buyurtmasi” deb atagan.
“Liviyaning Tripolida joylashgan Markaziy banki mamlakatning yagona qonuniy Markaziy bankidir”, deyiladi bayonotda. “Soʻnggi yillarda Rossiya tomonidan bosib chiqarilgan soxta Liviya valyutasining kirib kelishi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni ogʻirlashtirdi.”
AQSH Davlat departamenti “Liviya suvereniteti va barqarorligiga putur yetkazuvchi noqonuniy faoliyatning oldini olishda” BMT va xalqaro sheriklar bilan ishlashda davom etajagini maʼlum qilgan.
“Bu hodisa Rossiya Liviyadagi nojoʻya va beqarorlashtiruvchi harakatlarini toʻxtatishi zarurligini yana bir bor taʼkidlaydi”, deb qoʻshimcha qildi u.
“Goznak” tomonidan bosib chiqarilgan banknotalar qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan, deb bayonot bergan Rossiya TIV.
“Liviyada vujudga kelgan qoʻsh hokimiyat sharoitida hozirda ikkita Markaziy bank faoliyat koʻrsatmoqda”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlar
Soxta pullarni bosib chiqarish – Moskvaning Liviyadagi vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan operatsiyalaridan biridir.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari uchun xizmat qiluvchi harbiy tashkilot – “Vagner guruhi” suriyalik yoshlarni Liviyada yollanma askarlikka jalb qilish choralarini muvofiqlashtirish bilan shugʻullangan.
May oyi boshlarida Liviya poytaxtiga yaqinlashib qolgan boʻlsa-da, Vagner guruhining yuzlab yollanma jangchilari BMT qoʻllovidagi hukumat kuchlariga magʻlub boʻlganidan soʻng front chizigʻini tark etgan edi.
Moskva, Vagner guruhi va Haftarning bu muvaffaqiyatsizliklari Haftarning Vagnerga 150 million dollarlik qarzni toʻlashdan bosh tortgani bilan bogʻliq ekani aytilmoqda. Haftar Suriyadan olib kelingan yollanma askarlarning “yosh va uquvsiz” ekanligini roʻkach qilib, Vagnerga pul toʻlashdan bosh tortgan.
Oʻtgan hafta Moskva Rossiyadagi aviabazadan Suriya orqali Liviyaga niqoblangan qiruvchi samolyotlarni yuborgani fosh boʻlgan edi.
Rossiya Liviya iqtisodiga putur yetkazmoqchi koʻrinadi
Javob berishFikrlar 6
Rossiya Liviyada oʻz manfaatlarini himoya qilyapti, chunki Rossiya Liviyaga oʻnlab milliard yevro sarmoya kiritgan. Qoʻshma Shtatlar-chi, BMT va goʻyoki oʻz ittifoqdoshlarini Suriya jalb qilib, nimani himoya qilyapti? U yerda arzon yoki ehtimol tekin Liviya neftidan tashqari AQSHning boshqa manfaati yoʻq. Yoki AQSH Liviya valyutasini bosib chiqarishni unga buyurtma berishmaganidan xafa boʻldimi? Se la vi!!! Benefitsiarni Liviyadan qidiring.
Javob berishFikrlar 6
Chirigan “sovok” ham shunaqa moliyaviy terrorizm bilan shugʻullangan.
Javob berishFikrlar 6
Boʻlmagan gap... Yozgan narsangizga oʻzingiz ishonasizmi?
Javob berishFikrlar 6
Dunyo hamjamiyati fuqarolari, bunday soxta “lustratsiyalarga” aldanmang!
Javob berishFikrlar 6
Yaramas Rossiya
Javob berishFikrlar 6