Karvonsaroy
Terrorizm

Turkmanistonda pul yuvish amaliyotlari va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha YXHT maslahatlashuvlari oʻtkazildi

Karvonsaroy

27-may kuni Ashxabodda pul yuvish amaliyotlari va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha YXHT maslahatlashuvlarining ochilishi marosimi. (YXHT)

27-may kuni Ashxabodda pul yuvish amaliyotlari va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha YXHT maslahatlashuvlarining ochilishi marosimi. (YXHT)

ASHXOBOD – 27-30-may kunlari Ashxobodda Turkmanistonning turli davlat idoralari va nodavlat tashkilot tashkilotlari vakillari ishtirokida pul yuvish amaliyotlari va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurashga bagʻishlangan trening boʻlib oʻtdi.

Tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan tashkil etildi.

Treningda Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Moliyaviy monitoring departamenti, Markaziy bank, moliyaviy va nomoliyaviy institutlar, Davlat statistika qoʻmitasi, huquq-tartibot va harbiy idoralar, shuningdek Turkmanistonning boshqa tegishli muassasalari va nodavlat tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Trening YXHTning “Davlat boshqaruvining tegishli amaliyoti tamoyillarini mustahkamlash” loyihasi doirasida oʻtkazildi.

“Maslahatlashuvlar YXHT markazining aksilkorrupsiya choralari va pul yuvish/terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda Turkmaniston hukumatiga koʻmaklashishga oid izchil saʼy-harakatlari doirasida tashkil etildi. Biz sheriklikni davom ettirishga tayyormiz”, dedi Ashxoboddagi YXHT markazi rahbari Natalya Drozd.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500