Karvonsaroy
Inson huquqlari

AQSH COVID-19 virusidan jabrlangan Markaziy osiyolik migrantlarga 2 mln. dollar yordam puli ajratdi

Kseniya Bondal

Olmaotaga kiraverishdagi nazorat-oʻtkazish punktida qoʻriqchilik qilayotgan niqobdagi huquq-tartibot xodimi odamlar bilan gaplashmoqda, 2020-yil, 19-mart. COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish yopilgan. Pandemiya tufayli koʻplab Markaziy osiyolik migrantlarning harakati jiddiy cheklandi. [Ruslan Pryanikov/AFP]

Olmaotaga kiraverishdagi nazorat-oʻtkazish punktida qoʻriqchilik qilayotgan niqobdagi huquq-tartibot xodimi odamlar bilan gaplashmoqda, 2020-yil, 19-mart. COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish yopilgan. Pandemiya tufayli koʻplab Markaziy osiyolik migrantlarning harakati jiddiy cheklandi. [Ruslan Pryanikov/AFP]

OLMAOTA – AQSH hukumati koronavirus pandemiyasi davrida Markaziy Osiyodagi migrantlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratdi.

“COVID-19 pandemiyasi Markaziy osiyolik millionlab migrantlar uchun gumanitar va moliyaviy inqiroz keltirib chiqardi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo boʻylab tranzit manzillar va begona davlatlarda qolib ketdilar”, deyiladi Markaziy Osiyoning besh davlatidagi AQSH elchixonalari qoʻshma bayonotida.

Inqiroz tufayli ish joylarini yoʻqotgan migrantlar oʻz oilalalariga pul yubora olmayapti. Ayni vaqtda ular huquqiy himoyaga va virusdan qanday saqlanish boʻyicha maʼlumotga ega emaslar, deb qoʻshimcha qilinadi 26-may kungi hujjatda.

Elchixona xabariga koʻra, USAID ularga zaruriy axborot, xizmatlar boʻyicha tavsiyalar, muqobil tirikchilik manbalari va koʻnikma oshirish boʻyicha muhim resurslarni taqdim etmoqda.

Ushbu tashabbus migrantlarga huquqiy va psixologik yordam berish bilan ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Eng zaruriy koʻmak

Oʻz-oʻzini yakkalash holatida migrantlar uchun moliyaviy yordam juda muhim, deydi Germaniyaning “Rosa Luxemburg Stiftung” nodavlat tashkiloti xodimasi, asli olmaotalik professor Irina Chernix.

“U yoki bu davlatda migrant sifatida mehnat qilayotgan odamda mamlakatni tark etish imkoni boʻlmasligi mumkin”, dedi u.

“Bundan tashqari, migrantlarning yashash sharoitlari ham birmuncha noqulay, baʼzan ular kichkina joyda koʻpchilik boʻlib aksil-sanitar holatda kun kechiradilar”, deb qoʻshimcha qildi Chernix bunday vaziyatda koronavirus bilan kasallanish xavfi kuchayishini taʼkidlar ekan.

Xalqaro tashkilotlar ehtiyojmand migrantlarga yordam bera oladi va yordam berishi kerak, ammo ularga moliyaviy koʻmakni qay tarzda yetkazish muhim, dedi u.

“Qaysi mamlakatda boʻlishidan qatʼi nazar, ish beruvchi orqali migrantlik maqomini olgan shaxsga moliyaviy yordam ajratilishi kerak, chunki bu holatda u roʻyxatdan oʻtib, shaffof holda ishlayotgan boʻladi. Migrantlar bu pullarni oʻzlari istagan narsaga sarflashi mumkin boʻladi”, dedi Chernix.

“Roʻyxatdan oʻtmagan migrant bilan bogʻliq holatlarda esa mahalliy nodavlat tashkilotlar yordamga kelishi mumkin. Qozogʻistonda nodavlat tashkilotlar koʻp, ular hujjatini yoʻqotgan va ogʻir ahvolda qolgan migrantlarga yordam berishadi”, dedi Chernix.

Ular migrantlarni nafaqat huquqiy, balki moliyaviy yordam bilan, ayrim hollarda esa yashash joyi bilan ham taʼminlaydi. Shu tariqa USAID koronavirus vaqtida migrantlarga mahalliy nodavlat tashkilotlar orqali oʻz yordamini berishi mumkin, chunki bu tashkilotlar oʻz hududidagi migrantlar oqimini kuzatadi va ular bilan ishlaydi.

“Migrantlar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlar Olmaota va Nur-Sultonda oʻz ofislariga ega Xalqaro migratsiya tashkilotining aʼzolari hisoblanadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Ogohlikni kuchaytirish

Bu kabi ogʻir pallalarda migrantlarga pul ajratish ayni muddao boʻlardi, deydi Nur-Sultondagi makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlash markazi katta ilmiy xodimi, ostonalik Madiyar Kenjebulat.

“Yordamni oziq-ovqat mahsulotlari koʻrinishida ham taqdim etish mumkin, chunki ularni haqiqatda ogʻir sharoitdagi odamlar olib ketishadi. Oziq-ovqat bilan birga, koronavirus belgilarini qanday aniqlash va kimdan yordam soʻrash kerakligi tushuntirilgan broshyuralar ham tarqatish mumkin”, dedi u.

“Shu bilan bir qatorda, pul berish ham mumkin, lekin faqat nochorlik yoqasida turgan migrantlarga. Ular, ayniqsa ishidan ayrilgan va kun koʻrish uchun mablagʻi qolmagan bir paytda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj”, deb qoʻshimcha qildi Kenjebulat.

Migrantlar ishlaydigan mamlakatlarda qurilishlar boshlansa, ular yana ishga qaytadilar. Qurilishlar esa albatta boshlanadi, zero ular anʼanaviy ravishda inqirozga qarshi choralar sanaladi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Juda yaxshi maqola

Javob berish

AQSH bu mintaqaga tez-tez yordam beradi.

Javob berish