Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozogʻiston politsiyasi noqonuniy qurollarning jinoyatchi va ekstremistlar qoʻliga tushib qolishiga qarshi kurashmoqda

Aydar Ashimov

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari noqonuniy qurol saqlagan jinoiy guruh aʼzosini qoʻlga oldi, sanasiz surat. [KNB]

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari noqonuniy qurol saqlagan jinoiy guruh aʼzosini qoʻlga oldi, sanasiz surat. [KNB]

NUR-SULTON – Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari jinoyatchilar va ekstremistlar qoʻliga qurol-yarogʻ tushib qolishiga qarshi kurash choralari doirasida mamlakatdagi noqonuniy qurollarni musodara qilish operatsiyasini boshladi.

May oyi oxirida Qozogʻistonning turli viloyatlarida “Karu” (Qurol) operatsiyasi boshlandi, deb xabar beradi IIV 26-may kungi bayonotida.

“Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻqotar qurol bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, bartaraf qilish va fosh etish; qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash, ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi shaxslar va uyushgan jinoiy guruhlarni aniqlash; qurollar va oʻq-dorilarni noqonuniy saqlash va sotish bilan bogʻliq holatlarini fosh etish”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Hozirgi vaqtga qadar politsiya Turkiston viloyatida 4500 qurol egalarini tekshirib, ulardan 27 dona qurolni musodara qildi, qurolni notoʻgʻri saqlash bilan bogʻliq 186 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlandi.

Politsiyachi Turkiston viloyatida musodara qilingan qurolni koʻzdan kechirmoqda, 26-may. [Ichki ishlar vazirligi]

Politsiyachi Turkiston viloyatida musodara qilingan qurolni koʻzdan kechirmoqda, 26-may. [Ichki ishlar vazirligi]

Suratda: 27-may kuni Olmaota viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan musodara qilingan qurollar. [KNB]

Suratda: 27-may kuni Olmaota viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan musodara qilingan qurollar. [KNB]

Pavlodar viloyatida noqonuniy saqlab kelingan 21 dona qurol musodara qilingan, shuningdek, qurol saqlash qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq 176 ta holat aniqlandi. Ushbu holatlarning birida pavlodarlik politsiyachilar tomonidan qoʻlbola toʻpponcha ham olib qoʻyilgan.

Nur-Sultonda 2000 dan ortiq shaxsiy qurol egalari tekshiruvdan oʻtkazilib, olti dona qurol va oʻq-dori olib qoʻyildi. Yoʻldagi blokpostlarning birida avtomashina haydovchisidan roʻyxatdan oʻtmagan toʻpponcha musodara qilingan.

Boshqa bir holatda, Nur-Sultonliklardan biriga tegishli qirqma ov miltigʻi olib qoʻyilgan.

Ekstremizmga qarshi kurash

Nur-Sultonlik huquqshunos Alibek Basheyevning soʻzlariga koʻra, qonunbuzarlar respublika Jinoyat kodeksining 287-moddasi boʻyicha oʻqotar qurolni noqonuniy saqlash yoki olib yurishda ayblanmoqda.

“Qurolni ixtiyoriy ravishda topshirganlar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi”, dedi u. “Ammo, bu politsiya sizdan qurol topgan vaqtda emas, balki siz oʻz ixtiyoringiz bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishingiz kerak.”

Politsiya qurol va uni saqlash uchun ruxsatnomalarni tekshirmoqda, dedi Basheyev.

“Qurollar signalizatsiyali seyfda saqlanishi lozim. Shu tariqa roʻyxatga olingan qurollarni jinoyatchi yoki terrorchilar qoʻliga tushishdan saqlash mumkin”, dedi u.

“Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida oldi olingan yoki sodir etilgan koʻplab terrorchilik hujumlari – qoʻlida noqonuniy qurol boʻlgan ekstremistlar bilan bogʻliq boʻlgan”, deydi chimkentlik siyosiy tahlilchi Rauan Dautaliyev.

“Noqonuniy qurollarga qarshi kurash – jangarilarga qarshi samarali choralardan biri”, deydi u. “Internetda ekstremistik materiallarni aniqlash, aksiltashviqot ishlari olib borish va diniy savodxonlikni oshirish ham shular jumlasidandir”.

Ogohlikni kuchaytirish

Tadbir doirasida noqonuniy saqlangan qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirish boʻyicha aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV xabarida.

Koronavirus bilan bogʻliq karantin tufayli koʻplab qonuniy ov miltiqlari egalari qurol saqlash va olib yurish ruxsatnomalari muddatini uzaytira olmadilar, shu sababli ularga jarima solinmaydi. Ular 10-iyulga qadar ruxsatnomalarni yangilab olishlari lozim.

Ayni vaqtda Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) noqonuniy qurollarning jinoiy tuzilmalar va terrorchilar qoʻliga tushishining oldini olish yuzasidan faol choralar koʻrmoqda.

Kuch ishlatar tuzilmalar 27-may kuni Olmaota viloyatida ikki jinoiy guruhga aʼzolikda gumon qilingan 30 kishini hibsga olib, ulardan 11 dona oʻqotar qurol va 200 dan ortiq oʻq-dorilarni musodara qildilar, deb xabar beradi MXQ.

Mart oyida MXQ Rossiyadan Qozogʻistonga qurol-yarogʻ olib kirishga uringan jinoiy toʻda aʼzolarini hibsga olgan edi.

“Karu” (Qurol) operatsiyasiga qadar, oʻtgan yili aholidan noqonuniy saqlanayotgan qurollarni qaytarib olish aksiyasi ham oʻtkazilgan.

Aksiya doirasida ixtiyoriy ravishda qurol topshirgan fuqarolarga pul toʻlangan va roʻyxatdan oʻtmagan qurol saqlagan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rus terrorchilarini hamma yerda yoʻq qilish kerak! Rossiya terrorizmning oʻchogʻi va homiysidir. Rus choʻchqalari zamonaviy fashistlardir. Rossiya neftni sotishdan tushgan pul bilan Yaqin Sharqda soxta terror guruhlarini yaratmoqda. Shimoliy Kavkazdan yollangan immigrantlar yordamida Rossiya maxsus xizmatlari Gʻarbga qarshi kurash va boshqa bahonalar bilan Kavkaz, Markaziy Osiyoda (shu jumladan Afgʻonistonda) odamlarni aldamoqda.

Javob berish