Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoy kompaniyasi shifokorlar uchun moʻljallangan besh yuz mingga yaqin qalbaki COVID-19 niqoblarini sotgani maʼlum boʻldi

Karvonsaroy va AFP

Eksportga moʻljallangan niqoblar ishlab chiqarayotgan ishchilar, Nantong, Xitoy, 14-may. [STR/AFP]

Eksportga moʻljallangan niqoblar ishlab chiqarayotgan ishchilar, Nantong, Xitoy, 14-may. [STR/AFP]

AQSH Adliya vazirligi COVID-19 pandemiyasi butun dunyoni qamragan aprel oyida yarim millionga yaqin soxta va sifatsiz N95 niqoblarini sotgan Xitoy kompaniyasini sudga berdi.

Nyu-Yorkdagi federal sud mahkamasiga kiritilgan daʼvoga koʻra, Guandundagi King Year Packaging and Printing kompaniyasi tibbiy va boshqa xodimlarni koronavirusdan himoyalash uchun moʻljallangan N95 niqoblarining uchta partiyasini joʻnatgan, deb xabar beradi vazirlik 5-iyun kuni.

Shikoyatga koʻra, kompaniya yetkazib berilgan 495200 dona niqob N95 standartiga mos kelishini iddao qilgan va AQSH mehnatni muhofaza qilish milliy institutining sertifikatiga ega, deb yolgʻon maʼlumot bergan.

Niqoblarni import qilgan tomon ularga 1 mln. dollardan ortiq pul toʻlagan.

Bu voqea kompaniyaning “xavfsizlikka oʻta beparvo munosabatda ekanligini” koʻrsatadi, dedi niqobga oid bitim yuzasidan tekshiruv oʻtkazgan FQB agenti Duglas Korneski.

“Tergov guruhi boʻlmaganida, ayblanuvchi pul ishlayman deb, oʻzining sifatsiz tibbiy vositalari bilan tezkor yordam guruhlari, yetakchi oʻrinlarda ishlayotgan tibbiy va boshqa xodimlar hayotini xavf ostida qoldirgan boʻlar edi.”

Foydani odamlardan ustun qoʻyish

Afsuski, bu Xitoy hukumati yoki kompaniyalarining COVID-19 koronavirus pandemiyasi paytida nosoz tibbiy jihozlarni eksport qilish orqali pul ishlashga urinishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.

Xitoydan import qilingan shaxsiy himoya vositalari tufayli Afgʻonistonda ham koʻplab shifokorlar hayoti xavf ostida qolgan. Shanba (6-iyun) holatiga koʻra, rasmiylar mamlakatda koronavirusga chalinish gumoni bilan bogʻliq holatlarning keskin koʻpaygani sababli kasalxonalarda joy qolmayotganini aytib, “falokat yaqinlashib kelayotgani” haqida ogohlantirganlar.

Pokistonda virusga chalinish holatlari va COVID-19 bemorlarini davolayotgan tibbiyot xodimlarining oʻlimidan soʻng, shifoxonalar Xitoyda ishlab chiqarilgan himoya vositalarini qoʻllamaslikka urinmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari esa, Xitoyga mansub shu turdagi mahsulotlar nuqsonli ekanligi haqidagi xabarlar ortidan COVID-19 test toʻplamlarini oʻzlarida ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar .

Shuningdek, qator davlatlar, jumladan Ispaniya, Gollandiya, Filippin, Xorvatiya va Turkiya ham Xitoydan olib kelingan tibbiy mahsulotlarning sifatsiz yoki yaroqsiz ekanligidan shikoyat qilishgan.

Finlyandiya sotib olgan ikki million dona himoya niqobi shifoxonalarda foydalanishga yaroqsiz boʻlib chiqdi, deb maʼlum qilgan fin hukumati 8-aprel kuni.

Avvalroq, Gollandiya hukumati sifat standartlariga javob bermaydigan 1,3 million dona Xitoy niqobidan 600 mingtasini qaytarib yuborgan edi.

Aprel oyida Ispaniya vakolatsiz Xitoy kompaniyasi tomonidan yuborilgan minglab tezkor test toʻplamlarini ishonchsiz deb topib, ularni qabul qilishdan bosh tortgan.

Birgina mart oyining oʻzida Xitoy 3,86 milliard dona niqob, 37,5 million dona himoya kombinezoni, 16000 ta sunʼiy nafas oldirish moslamasi va 2,84 millionta COVID-19 test toʻplamlarini eksport qilgan. Xitoy bojxona xizmati mulozimi Szin Xayning aprel oyi boshida maʼlum qilishicha, 50 dan ortiq davlatdan buyurtmalar olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

... va biz hali ham yuk samolyotlarini toʻldirib bu mahsulotlarni import qilishda davom etyapmiz !!

Javob berish

Anglo-saksonlar qora tanlilarni qanday xorlashni ruslardan oʻrganishsin; Ruslar osiyoliklarga anglo-sakslar habashlarga qiladigan muomaladan yuz chandon yomonroq muomala qilishadi, ammo ular indamaydi... Rossiya OMONining [harbiy politsiyasi] osiyoliklarni qiynoqqa solishi, kamsitishi va xoʻrlashi tillarda doston boʻlgan.

Javob berish