Kreml haqiqatnamo inkor bilan oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun yangi oʻyin maydoni – Liviyaga yollanma askarlarni kiritish orqali eski ssenariydan foydalanmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari uchun xizmat qiluvchi “Vagner guruhi” soʻnggi yillarda turli jabhalar, jumladan, Ukrainadan tortib Suriya, Venesuela, Sudan, Markaziy Afrika respublikasi, Madagaskar va boshqa yerlarda paydo boʻlgan.
Ammo Kreml dunyo boʻylab oʻz operatsiyalarini amalgan oshirar ekan, uning soʻnggi manipulyatsiya maydoni qolgan suveren mamlakatlar uchun ogohlantirish boʻlmogʻi lozim, deydi kuzatuvchilar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xabariga koʻra, xalqaro miqyosda tan olingan Milliy kelishuv hukumatiga (MKH) qarshi kurashda liviyalik general Xalifa Haftarni 800 dan 1200 gacha yollanma askarlar qoʻllab-quvvatlamoqda.
Moskvaning qingʻirligi fosh boʻldi
Kreml xususiy harbiy kompaniya koʻrinishida faoliyat yurituvchi “Vagner” guruhidan foydalanish bilan qoʻlini toza tutgan holda oʻz manfaatlarini amalga oshiradi.
Aslida esa Kreml yollanma askarlarni qoʻllab-quvvatlashi aniq, deydi kuzatuvchilar.
Jumladan, Moskva liviyalik feldmarshal Xalifa Haftar va “Vagner guruhini” qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz nomidan Liviyaga qiruvchi samolyotlarini yuborgan. AQSH harbiylari 26-may kuni ushbu daʼvolarni tasdiqlovchi vizual dalillarni taqdim etganlar.
“Rossiya Liviyada tarozu pallasini oʻz tarafiga ogʻdirishga urinayotgani aniq”, dedi AFRICOM qoʻmondoni, general Stiven Taunsend. “Xuddi Suriyada boʻlayotgani kabi, ular “Vagner” singari hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan yollanma guruhlardan foydalanib, Afrikadagi harbiy hozirligi kengaytirmoqda.”
“Rossiya Liviya mojarosiga aloqadorligini rad etib kelayotganiga ancha boʻldi”, dedi u. “Endi esa buni inkor qilib boʻlmaydi. Biz Rossiya Liviyaga toʻrtinchi avlod reaktiv qiruvchi samolyotlari bilan uchib kelayotganiga har bir bosqichda guvoh boʻldik.”
“Vagner guruhi” Liviya poytaxti Tripolida kimyoviy qurol qoʻllashda ham ayblanmoqda, deb xabar bergan “Al-Araby Al-Jadeed” nashri 23-aprel kuni MKH ichki ishlar vaziri Fatxi Bashagʻaga asoslanib.
Kuzatuvchilarga koʻra, kimyoviy xurujlar Moskva prezident Bashar al-Asadni qoʻllab-quvvatlayotgan Suriyada kuzatilgani kabi “ruscha uslubda” amalga oshirilgan.
“Rossiya Qrimda va qisman Suriyada muvaffaqiyatli ravishda qoʻllanilgan ssenariydan foydalanmoqda”, deydi AFRICOM razvedkasi direktori oʻrinbosari, AQSH milliy gvardiyasi generali Grigoriy Xedfild 29-may kuni. “Rossiya suveren davlatga rahna solishi mumkinligini isbotladi va Afrikada ham shunday qilishga tayyor.”
Pullar izidan
Moskvaning “maxfiy armiyasi” umidsizlikka tushgan suriyalik yoshlarni Liviyada jang qilish uchun ommaviy yollash bilan shugʻullanib, ikkita qaynoq nuqtada aralash faoliyat olib borgan.
Koʻplab audioyozuvlar va matnlardan maʼlum boʻlishicha, Suriya milliy yoshlar partiyasi rasmiysi yoshlarni “Vagner guruhi” nazorati ostida yollanma askarlar sifatida xizmat qilishga chaqirgan.
U Liviyadagi “obyektlarni qoʻriqlash uchun yollanganlarga 1000 AQSH dollari, guruhda safida jang qilganlarga esa 1500 AQSH dollari oylik maoshi taklif qilib, toʻqnashuvlarda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolganlarning oila aʼzolariga qoʻshimcha tovon puli toʻlanishini” aytgan.
Bu orada Rossiya armiyasi 2018-yilda Suriya armiyasi va ularning rossiyalik ittifoqdoshlari bilan birga kimyoviy hujum uyushtirgan Dumada yoshlarga moʻmay pul taklif qilish bilan ularni askarlikka yollay boshlagan, deb xabar bergan “Al-Sharq al-Awsat” nashri fevral oyida.
Rossiya samolyotlari “Vagner guruhi” aʼzolari va harbiy jihozlarni Liviyaning Xmeymim bazasidan Bengʻoziga olib oʻtishni boshlagan.
Bu orada Kreml Haftarning Liviya milliy armiyasini (LMA) qoʻllab-quvvatlovchi parellel Markaziy bank gʻaznasini toʻldirib kelgani maʼlum boʻldi.
BMT tahlilchilariga koʻra, 2016-2018-yillar davomida Rossiyaning “Goznak” davlat kompaniyasi Haftarga aloqador parallel Markaziy bankka 7,11 mlrd. dollarga teng ekvivalentdagi soxta Liviya valyutasi yetkazib bergan.
“Bu hodisa Rossiya Liviyadagi nojoʻya va beqarorlashtiruvchi harakatlarini toʻxtatishi zarurligini yana bir bor taʼkidlaydi”, deyiladi AQSH davlat departamentining 29-maygi bayonotida.
Keyingisi kim?
Putin va uning safdoshlari “Vagner guruhining” dunyo boʻylab operatsiyalarini kengaytirishga harakat qilmoqdalar, ammo Suriya va Liviyadagi nizolar bir qator sabablarga koʻra Moskva uchun alohida ahamiyatga ega, deydi kuzatuvchilar.
Vagner Kreml strategik va geosiyosiy manfaatlarni koʻzlagan davlatlarda harbiy operatsiyalar olib boradi.
Suriya sharqiy Oʻrtayer dengizi hududiga kirish imkoniyati va butun Yaqin Sharq uchun darvoza boʻlib xizmat qilishi sababli Rossiya uchun strategik muhim hudud hisoblanadi, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi, Qozogʻiston strategik tadqiqotlar institutining sobiq xodimi Talgat Ismagambetov.
Rossiya hukumati Suriyani okkupatsiya qilishi ortidan Yaqin Sharqda dastaklovni qoʻldan boy berganidan soʻng, Kreml oʻz eʼtiborini geosiyosiy va iqtisodiy afzalliklarga ega Liviyaga qaratdi, deydi u.
Ismagambetovning soʻzlariga koʻra, Rossiya katta daromaddan tashqari geosiyosiy dastak beruvchi Liviyaning neft sanoatida oʻz ulushiga ega boʻlishni istaydi.
“Liviyani nazorat qilish bilan Putin Yevropaga – Italiya qarorlariga yoki Germaniya pozitsiyasining toʻgʻrilanishiga taʼsir oʻtkaza oladi, yaʼni, Liviya neftidan foydalanayotgan barcha davlatlarga taʼsir qila olishi mumkin”, dedi u.
“Liviyaning yana bir qulayligi – uning Oʻrtayer dengizi hududining oʻrtasida joylashganidir, Rossiya bu yerda oʻz harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirishi mumkin”, deya taʼkidladi u.
“Agar Rossiya Liviya sohilidagi bazalarni qoʻlga kiritsa, keyingi mantiqiy qadam – ushbu hududga kirishni toʻsib turish uchun doimiy uzoq masofaga hujum qila oladigan vositalarni joylashtirish boʻladi”, deb aytgan AQSHning Yevropa va Afrikadagi harbiy havo kuchlari qoʻmondoni, general Jeff Xarrigyan.
“Bu voqea yuz bergan taqdirda, Yevropaning janubiy qanotida xavfsizlik bilan bogʻliq real muammolarni keltirib chiqaradi.”
Markaziy Osiyodagi imkoniyatlar
“Vagner guruhi” ilk marta 2014-yilda Ukraina sharqida paydo boʻlgan, u yerda Moskva “koʻngillilar” deb atagan rossiyalik sobiq harbiy xizmatchilar rossiyaparast ayirmachi kuchlar safiga qoʻshilgan va bu oxir-oqibat Qrimning noqonuniy anneksiyasiga olib kelgandi.
Avvaliga guruh oʻz saflarini quvgʻin qilingan sobiq harbiylar, kallakesarlar hamda pul va sarguzasht qidirib yuradigan sobiq mahbuslar bilan toʻldirgan boʻlsa, yillar oʻtib, “Vagner guruhi” taktikasi oʻzgardi.
Kremlning boshqa qaynoq nuqtalar qatori Ukraina, Suriya va Liviyadagi operatsiyalaridan keyin rossiyalik yollanma askarlarning Markaziy Osiyoda paydo boʻlishi istiqboli ayrim xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
“Agar Rossiya qiziqish bildirgan va oʻziga sherik deb atagan davlat Moskva geosiyosati manfaatlariga zid harakat qilishni boshlasa, u yerda “kutilmagan mehmonlar” paydo boʻlishi mumkin”, deydi olmaotalik sobiq qozoq armiyasi zobiti, mayor Dauren Ospanov.
Anchadan beri Rossiyaning strategik manfaati doirasida boʻlgan Markaziy Osiyo Moskva tomonidan amalga oshirilayotgan gibrid urushlarning passiv koʻrinishlariga guvoh boʻlmoqda, deydi kuzatuvchilar.
Buni Qirgʻiziston misolida koʻrish mumkin, 2005 va 2010-yillarda roʻy bergan inqiloblarda Kreml siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga taʼsir qilmoqchi boʻlgan, dedi Qozogʻistonning amaliy siyosatshunoslik va xalqaro tadqiqotlar markazi rahbari, olmaotalik Aydar Amrebayev.
“Qozogʻiston 2014-yilgacha Ukraina bosib oʻtgan passiv davrni boshdan kechirmoqda, oʻshanda Rossiya Ukrainadagi turli jarayonlarga taʼsir qilishga uringan”, dedi u.
Isteʼfoga chiqqan qozogʻistonlik zobit Ospanov Vagner yollanma askarlari Markaziy Osiyo davlatlarida paydo boʻlishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Agar bu hududdagi davlat Moskva taʼsiridan chiqib, Gʻarb davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bilan oʻz siyosatini tubdan oʻzgartirsa, shu kabi ssenariy yuz berishi ehtimoldan xoli emas”, dedi u.
[Maqolani tayyorlashga Olmaotadan Kanat Altinbayev oʻz hissasini qoʻshdi]
PODSHOHIMIZ aytganidek, Rossiya poyonsiz. Jussasi kichik boʻlsa, “kichkina demang bizni, koʻtarib uramiz sizni”. Umuman olganda esa, bu Rossiya manfaatlari. Buni siz emas, balki Rossiya va uning xalqi hal qiladi. Mustamlakalar haqida gapiradigan boʻlsak, siz nima xohlagandingiz, sizning qismatingiz bu. Rossiyaning parchalanishiga kelsak, “dafn marosimingizda shamollab qolmasak boʻlgani” (V. Putin). Bizni jazolamoqchi boʻlganlar juda koʻp edi: moʻgʻullar, fransuzlar, Gitler boshchiligidagi jamoaviy Yevropa, Yaponiya va boshqalar. Qayerda hozir ular? Rossiyaning esa hududi kengaygan. Shunday ekan, xush kelibsizlar.
Javob berishFikrlar 18
Eng avvalo, Putinning qoʻshni mamlakatlarda yashaydigan ruslarga gʻamxoʻrlik qilishi toʻgʻrisida aytgan gaplari yolgʻon. Buni qurollanmagan nigoh bilan ham koʻrish mumkin, chunki uni Rossiyadagi ruslar turmush darajasining pastligi ham qiziqtirmaydi! Aftidan, unda Leninda boʻlgani kabi toʻliqsizlik kompleksi bor. Buni nima deb nomlanishini unutdim, past boʻylilar kompleksi edimi?
Javob berishFikrlar 18
Haa, Kreml Iroqqa tegmanglar degan paytda yomon edi, endi esa 1200 ta yomon odam butun dunyoni egallab oldi
Javob berishFikrlar 18
Maqola muallifiga savol: Liviya, Suriya, Iroqni kim vayron qildi; nega bu haqda gapirmaysan? Oʻz chegaralaridan 10000 km uzoqlikdagi hududda AQSHning qanday manfaatlari bor?
Javob berishFikrlar 18
Eronlik sifatida, davlatim so‘nggi 40 yil ichida Rossiyaning yangi mustamlakasiga aylanganini ko‘rdim. «Oliy ruhoniy» Ali Homanaiy rus qo‘g‘irchog‘idan boshqasi emas https://www.facebook.com/100009524379171/videos/1396730330654433/. Eron suriyaliklarni o‘ldirish uchun minglab «inqilob qo‘riqchilarini» yubordi va Rossiyaning Yaqin Sharqdagi ekspansiyasi uchun zamin yaratdi. Rossiya hozirda o‘zining itoatkor ittifoqchilari: Eron va Suriya rejimlari yordamida Afg‘oniston, Yaman va endilikda Liviyada o‘z ta’sirini kengaytirmoqda. Rossiyaning yangi imperializmi Yaqin Sharqni egallamoqda va hech kim buni to‘xtata olmaydi. Bahrom Donish
Javob berishBahrom, sen oʻqimishli odamga oʻxshaysan, fikr-mulohazalaringdan koʻrinib turibdi. Bitta narsani tushunish kerak: ruslarni dahriy deb atash mumkin, gap mana shunda! Albatta, ruslar orasida nasroniylikka eʼtiqod qiluvchilar ham bor, ammo ularning soni juda kam. Hatto Xudoga ishonmaydigan ruslar orasida ham halol, insofli odamlar bor. Kremlga esa ishonch yoʻq! Butun dunyo koʻr boʻlishi va buni tushunmasligi mumkin emas, ular ham shunday deyishadi. Bundan tashqari, Putinda nomukammallik kompleksi bor, boshqacha qilib aytganda, pakanalar kompleksi!
Javob berishFikrlar 18
Eronlik sifatida, davlatim so‘nggi 40 yil ichida Rossiyaning yangi mustamlakasiga aylanganini ko‘rdim. «Oliy ruhoniy» Ali Homanaiy rus qo‘g‘irchog‘idan boshqasi emas https://www.facebook.com/100009524379171/videos/1396730330654433/. Eron suriyaliklarni o‘ldirish uchun minglab «inqilob qo‘riqchilarini» yubordi va Rossiyaning Yaqin Sharqdagi ekspansiyasi uchun zamin yaratdi. Rossiya hozirda o‘zining itoatkor ittifoqchilari: Eron va Suriya rejimlari yordamida Afg‘oniston, Yaman va endilikda Liviyada o‘z ta’sirini kengaytirmoqda. Rossiyaning yangi imperializmi Yaqin Sharqni egallamoqda va hech kim buni to‘xtata olmaydi.
Javob berishFikrlar 18
Rossiya – terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlat.
Javob berishFikrlar 18
Bemaʼni maqola. Birorta ham fakt yo‘q. Bu mamlakatlarni kim shunday holga olib kelgani haqida gapirsangiz yaxshiroq bo‘lar edi!
Javob berishFikrlar 18
Rossiyaga ishonmang
Javob berishFikrlar 18
Boʻlmagan gap
Javob berishFikrlar 18
Yana bitta buyurtma safsata!!
Javob berishFikrlar 18
Rossiya parchalanish arafasida ekanligi qandoq ham yaxshi
Javob berishFikrlar 18
Rusofoblar safsatasi, Gʻarb hammangizni yaxshi koʻradi, hamma yaxshi yashashi uchun qoʻldan kelganini qiladi!!!
Javob berishYaqinda butun dunyo rusofobga aylanadi. Rossiya xalqlar uchun qamoqxona va xalqaro darajadagi yakkamoxov
Javob berishFikrlar 18
Rossiya shafqatsiz jazolanishi kerak
Javob berishFikrlar 18
Uuh, hozir yovuz ruslar hujum qiladi! Ona mushuk bolachalarini tashlab ketgan boʻlsa ham, bunga Kreml, ruslar va shaxsan Putin aybdor! Amerikoslarning mamlakatingizda hech qanday manfaatlari yoʼq, shundaymi? Yoki bu ular uchun normal, lekin Rossiya oʻz maqsadlarini koʻzlasa, dod solasizmi? Muallifdan rusofobiyaning hidi anqib turibdi, u tinmay Amerika OAV va rasmiylarning bayonotlarini keltirmoqlda, ha-ya, axir ular haqiqatdan boshqa hech narsa gapirmaydilar-da.
Javob berishFikrlar 18
Qiziq, Rossiyaning jazo otryadlari Liviyada nima qilyapti?
Javob berishFikrlar 18