Karvonsaroy
Xavfsizlik

Bahsli qaror: Qirgʻiziston harbiy bazasidagi uchish-qoʻnish maydoni Rossiyaning mulkiga aylanishi kutilmoqda

Kanat Altinbayev

Qirgʻizistonning Qant harbiy aviabazasida ish olib boruvchi Rossiyaning Su-25 samolyoti “Edelveys” poligonidagi taktik oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, 2018-yil, 11-iyul. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Qirgʻizistonning Qant harbiy aviabazasida ish olib boruvchi Rossiyaning Su-25 samolyoti “Edelveys” poligonidagi taktik oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, 2018-yil, 11-iyul. [Rossiya mudofaa vazirligi]

BISHKEK – Qirgʻizistondagi Qant harbiy aviabazasining uchish-qoʻnish yoʻlagi joylashgan yerga Rossiya rejimi egalik qilishi kutilmoqda – bu mahalliy aholi va siyosatchilar orasida jiddiy norozilik keltirib chiqargan.

Rossiya Qirgʻizistonni ham oʻz ichiga olgan Moskva rahbarligidagi mintaqaviy harbiy blok – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida Qantda joylashgan qoʻshma aviabazadan 2003-yildan beri foydalanib keladi.

Rossiya koʻp yillar davomida Qirgʻizistonga tegishli yerdan foydalangani uchun pul toʻlamagan, pullik ijaraga oid shartnoma 2012-yil sentyabriga kelib tuzilgan edi.

12-iyun kuni Qirgʻiziston parlamenti Rossiyaning harbiy bazadan foydalanishiga oid shartnomaga oʻzgartirishlar kirituvchi qonun loyihasini uchinchi va yakuniy oʻqishda maʼqulladi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Yangi kelishuvga binoan, bazadagi uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruktsiya qilinganidan soʻng, taʼmirlangan hududga 15 yil davomida Rossiya rejimi egalik qiladi.

Qirgʻiziston parlamenti uchish-qoʻnish yoʻlagining Rossiya ixtiyoriga oʻtishini qonuniylashtirsa, Moskva asfaltni taʼmirlash uchun 2 milliard rubl (28,6 million dollar) ajratadi.

Tahlilchilar xavotirda

Bazaning topshirilishi haqidagi xabar ham siyosiy doiralar, ham jamoatchilikning eʼtiroziga sabab boʻlgan.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmati xabariga koʻra, deputat Ulugʻbek Oʻrmonov bitim matnida qator nuqsonlar boʻlganini aytdi.

“Egalik huquqi Rossiyaga oʻtmasa, ular taʼmir uchun mablagʻ ajratmaydi, deyapsizlar”, dedi u.

“Biz harbiy aviabazani ularga ijaraga berganmiz. Shundoq taʼmirlayverishsin”, deb qoʻshimcha qildi u.

Bishkeklik huquq faoli va Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Gulnora Joʻraboyevaning aytishicha, Qirgʻiziston Yer kodeksida davlatga tegishli yerlarga boshqa mamlakatlarning egalik qilishi taqiqlanadi.

Qirgʻiziston hukumati mahalliy qonunlar va milliy manfaatlarga tayanishi lozim, dedi u.

“Men fuqarolik jamiyatining faoli sifatida nima uchun uchish-qoʻnish yoʻlagiga mulk huquqi berilayotganini tushunmayapman”, dedi Joʻraboyeva Qirgʻizistondagi Rossiya aviabazasining faoliyati shaffof emasligini taʼkidlab.

“Samolyotlar va harbiylar bu yerga qanday kelib-ketayotganidan xabarimiz yoʻq. Oldin bu baza KXSHTniki edi, endi esa u faqat Rossiyaniki boʻladi. Hech narsani tushunib boʻlmayapti”, dedi u.

U ikki mamlakat oʻrtasidagi barcha kelishuvlar ochiq muhokama qilinishi, aviabaza esa shaffof ishlashi kerakligini taʼkidladi.

“Bu kabi xatti-harakatlar tufayli aviabaza boy beriladi, degan xavotirlar bor. Bu qonun loyihasi Qirgʻiziston fuqarolarining manfaatlariga mos emas va shu bois ham norozilikka sabab boʻlmoqda”, dedi Joʻraboyeva.

Bishkeklik Bakit Umurzakov qabul qilingan bitimning qonuniyligiga shubha bildirgan.

“Bunday gʻalati taʼrifni birinchi marta eshitayapman – beton plitalarga egalik huquqi. Bruschatka, shagʻal yoki plitkaga egalik huquqi ham bormi unda?” dedi u uchish-qoʻnish yoʻlagini nazarda tutib.

“Tarixdan maʼlumki, Rossiya boshqa davlatlar hududiga bostirib kirganidan soʻng, oʻsha yerda qoladi”, deydi bishkeklik siyosiy tahlilchi Ruslan Akmatbek Ozodlik radiosi bilan suhbatda.

Qirgʻiziston suverenitetiga tahdid

Yaqinda Qirgʻiziston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan shartnomaga Rossiyaning Qant aviabazasi uchun toʻlaydigan ijara haqini oshirishga oid oʻzgartirishlar kiritilgan.

2017-yilda Rossiya tomonidan ijaraga olingan yer uchastkalarining tekshiruvi natijasida aviabaza hududi hujjatlarda koʻrsatilganidek 866,2 ga emas, balki 924,52 ga maydonni egallashi aniqlandi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi.

Shu tariqa Moskva besh yil davomida Bishkekka keragidan kamroq pul toʻlab kelgani maʼlum boʻldi.

Shuningdek, tomonlar ijara haqiga oid ilk kelishuvni imzolagan 2012-yilda Qirgʻizistonda toʻrtta obyektni oʻz ichiga olgan Rossiyaning qoʻshma bazasi tashkil etilgan, bular: Qant aviabazasi, Issiqkoʻl yaqinidagi Qorakoʻlda joylashgan kemalarga qarshi qurollarni sinash stansiyasi, Chaldovar qishlogʻidagi aloqa markazi va Moylisuvdagi avtonom seysmik stansiya.

Ayni vaqtda Qirgʻiziston fuqarolari ham mamlakatda Rossiya harbiy hozirligining kuchayib borayotganidan xavotirda.

“Kelajakda Rossiyaning ura-urachi vatanparvarlaridan “Qant bizniki!” degan gapni eshitmaymizmi ishqilib?”, deydi qantlik Omurbek Diykanbayev 2014-yilda Qrimning anneksiya qilinishi va “Qrim bizniki” degan xitoblarning paydo boʻlganini nazarda tutib.

Qirgʻizistonning sobiq iqtisodiyot vaziri, tadbirkor Emil Umetaliyevning aytishicha, jamoatchilik bu masalani xolis va chuqur muhokama qilishi lozim.

“Bu qaror bizni 90-yillarda boshlangan demokratiya barpo etish yoʻlidan ogʻdirayotgan koʻrinadi. Eng muhimi – mustaqilligimizni himoya qilish qasamyodiga sodiq qolishimizdir”, dedi u Ozodlik radiosi bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 58

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozoqlarda “Rus bilan doʻst boʻlsang, qoʻyningda bolta olib yur” degan maqol bor.

Javob berish

...xalqdan soʻrashmaydimi?

Javob berish

Qirgʻizistonda bunaqa harbiy aviabaza kimga kerak oʻzi? U kimdan himoya qilishi mumkin? Xitoydan himoya qilolmasligi aniq. Shunday ekan, bu aviabazadan hech qanday foyda yoʻq. Koʻproq bosqinchilarnikiga oʻxshaydi.

Javob berish

[Ular] oʻzlarining “Frunze 1” aviabazalarini vayron qilishdi Uchish-qoʻnish yoʻlagida sigirlar yuribdi. Samolyotlar uchmayapti Qanaqa Qrim anneksiyasi, tarixni oʻrganing

Javob berish

Bu SSSR qulashining natijasidir. Mustaqillik davrida oʻzingiz hech narsa barpo etmadingiz. Sovet iqtisodiyotidan qolgan-qutganlarni yeb tugatmoqdasiz. Paxmoq kapitalizm gullab-yashnayapti. Rossiya bilan boʻlmasangiz, Xitoy yoki turklarning quli boʻlasiz. Rossiya imperiyasining tarixi Qirgʻiziston SSR qanday tashkil topganini oʻqib-oʻrganing. Mustaqillik – bu kuchli iqtisodiyot demakdir, armiya qurol-yarogʻidan tortib, texnikasigacha mamlakat zavodlarida ishlab chiqarilishi kerak, Rossiyadan tilab olingan boʻlmasligi kerak; Dunyo miqyosida tan olingan, dollarga bogʻlanmagan mustahkam pul birligi zarur. Shundagina farzandlar va nabiralarni qashshoqlikka mahkum qilib, boshqa davlatlardan tilanchilik qilish oʻrniga oʻz shartlaringizni qoʻya olasiz. Qisqasi, hokimiyat oʻz oʻyinini olib bormoqda. “Endi qish boʻlmaydi.”

Javob berish

Qashshoq va fashist Rossiyangiz kimga ham kerak.

Javob berish

Yogʻochli pullaringiz kimgayam kerak? Qantdan daf boʻllaring. “Rus dostun olsa, yastığın tübünde balta olsun”. – “Rus doʻsting boʻlsa, yostigʻing tagida bolta boʻlsin.”

Javob berish

Qishloqilar nolib tashlabdi. Rossiya bazasiga Qirgʻizistonda nima bor?

Javob berish

Jin ursin! Qarzlarni hisobdan chiqarish va qarz olishga kelganda bu kabi safsatani eshitmayman. Ammo, Qantni muhokama qilish boshlanganida amerikaparast itlar hurishni boshlaydi!

Javob berish

Qolgan qoʻshni davlatlar tekin istaganicha yer olib oʻzlashtirib olayotgan bir vaqtda Rossiya qonunan olgani yaxshi.

Javob berish

Juda qiziq: agar baza yopilsa, himoya ham ketsin. Xitoylar, oʻzbeklar, qozoqlar bir boʻlib shu zahoti davlatni oʻzaro boʻlib olishadi. Xitoy anchadan beri buni kutib yurgandi, ammo u Rossiyadan qoʻrqadi. Baza ketadi, u bilan birga MDH taraqqiyot banki, YOII taraqqiyot banki va boshqa kompaniyalar ham u bilan birga ketadi. Hamma gazni gapiryapti; sotib olish uchun dunyo standartiga mos narxlarini toʻlab qoʻying. Nimaga yarim yoʻlda toʻxtab qolyapsiz? Ammo quvurlar qayerdan kelayotganini va qancha qarz ekanligingizni unutmang. Rossiya bular uchun pul toʻlagan. Bulardan ikkita prezident va uning shotirlari qancha foyda koʻrib ulgurgan. Aytsa gap koʻp, bu yerda ruxsat berilganidan ham koʻp belgi kerak boʻladi. AQSHni chaqirib oling, bu yerni ikkinchi Somaliga aylantirsin!!!!

Javob berish

Ivanlar, Rossiyangizga ketinglar.

Javob berish

Daf boʻlamiz, faqat Gastarbeiter Kirgisische (qirgʻizistonlik migrantlar)ni Rossiyadan olib chiqib ket. Va oʻylanib oʻtirmay Xitoylarning tagiga yot. General Panfilov Vanka [Ivanning kamsitilgani] edi, Lagvinenko Vanka edi, Xivaga yurish qatnashchisi ataman Lukyanov ham Vanka edi.

Javob berish

Lagvinenko ukrainalik. Demak, u Vankalarni yoʻq qilgan.

Javob berish

Bu baza Ryazan yoki Uryupinskka koʻchirilishi kerak. Joyi oʻsha yerda!

Javob berish

Baloga yoʻliqdilar

Javob berish

Ruslar, uylaringga qaytinglar!

Javob berish

Bizku oʻz uyimizdamiz! Oʻzingning bir million birodarlaringni uyingga olib ket!!!

Javob berish

Munosib javob!!!

Javob berish

Oldin 4 millionta ruslaringni olib ketinglar

Javob berish

Hukumatimizni qoʻllab-quvvatlasligimning sababi ham shu, chunki Rossiyadan katta qarzimiz bor va agar toʻlay olmasak, Rossiya gaz bilan boʻlgani kabi, konlarimizdan birini olib qoʻyishi mumkin. Bu mening shaxsiy fikrim.

Javob berish

Mutloq provokatsiya - barakalla!

Javob berish

Samolyotlariga oʻtirib, uylariga qaytishsin

Javob berish

Bu yerda bizga Rossiyaning okkupatsion bazasi kerak emas.

Javob berish

Rossiya hech qachon Qirgʻizistonning gullab-yashnashiga yoʻl qoʻymaydi! U hech qachon Qirgʻizistonda avtomobil, traktor va boshqa uskunalar ishlab chiqaradigan zavodlar qurmaydi; faqat oʻziniki oʻtqazadi. Agar Qirgʻiziston boy mamlakatga aylansa, u Rossiyaga boʻysunmay qoʻyadi. Rossiyaga qoloq Qirgʻiziston kerak, chunki Qirgʻiziston Rossiyani toʻrasi, xojasi deb unga taʼzim qilishi kerak. Hozir dunyoda tabiiy gazning spot narxi 40 dollar, Rossiya esa uni Qirgʻizistonga 140 dollar narxda sotyapti. Neft bilan ham shu. Demak, Qirgʻiziston allaqachon Rossiyaning quliga aylanib boʻlgan!

Javob berish

Toʻgʻri aytasan, qirgʻizlar Rossiyasiz yaxshi boʻladi

Javob berish

Rossiya aviabazasi YOPILISHI O P I L SH I kerak

Javob berish

Rossiyaga qayerga bormasin, u yerga urush va qashshoqlikni keltiradi.

Javob berish

Qirgʻiziston biznikimi, siznikimi, ularnikimi, nima farqi bor? Asosiysi, u yerda odamlar yashashi! Tinchlik, toʻkinlar va farovonlik boʻlishi. U yerda qirgʻizlar yoki habashlar, arablar yoki oʻruslar yashaydimi, farqi yoʻq. Yer yuzi hammamizniki

Javob berish

HUDUDIMIZDAN HAMMA CHET ELLIKLARNI CHIQARIB YUBORISHIMIZ KERAK VA FAQAT MUSULMONLAR VA TURKIYA BILAN HAMKORLIK QILADIGAN ARMIYA YARATISHIMIZ KERAK

Javob berish

Turklar bilan deysanmi?? ))) Odamni kuldirma...

Javob berish

Turklar mamlakat rasvo boʻladi deganidir

Javob berish

Bu axlat Rossiyadan Turkiya 385928 marta yaxshiroq

Javob berish

Rossiya – tajovuzkor imperialistik maxluq; u bu yerda boʻlmasligi kerak.

Javob berish

Rossiyasiz irodasi yoʻq qullarsiz. Janubda oʻzbeklarni siquvga olishga duxingiz yetadimi faqat? Karimov ulardan qoʻrqqani va hech qachon himoya qilmagani uchun shunday boʻlmaganmi? Vatanparvarlaringizni ketiga tepib, fuqarolarning yarmini haydab chiqarsa, hukumat darhol tilini tishlaydi!

Javob berish

Buzuq Rossiyang bilan daf boʻl bu yerdan

Javob berish

Это именно Россия стравила узбеков и кыргызов в Оше.

Javob berish

[Bizga] Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiya ittifoqi zarur. Rossiyaga esa katta rahmat, endi xayr.

Javob berish

Rossiyasiz biz qirgʻizlarning kuni bitadi; qarzlarimiz uchun oʻzimizni olib ketishadi.

Javob berish

Rusmisan sen?

Javob berish

Rossiyaning qaysi yordami? “Rusgidro” GES qurilishini muzlatib qoʻydi, gaz va benzinni jahon bozoridagidan uch baravar qimmatroqqa sotib olyapmiz. Rossiya qayerda boʻlmasin, oʻsha yerda urush va iqtisodiy qoloqlik boʻladi; har doim va hamma joyda shunday boʻlgan. Xoinlar. Rossiya tajovuzkor. Solovyov va Kiselevni koʻrib oʻtiraveringlar, befarosat maxluqlar.

Javob berish

Shokdaman! Nega oʻtgan yili Rossiyadan yordam tariqasida emdori kelganida, hech kim bu masalani koʻtarib chiqmadi? Hamma bir ovozdan “Rossiya eski va ishonchli doʻst, muhim strategik sherik” degan edi. Bozorga nazar soling, mahsulotlarning 80 foizi Rossiyada ishlab chiqarilgan. Rossiya qaysi mustaqilligingizga tahdid solyapti? Rossiyasiz Qirgʻiziston qayerda qoladi? Tramp bilanmi? :) U holda omad tilayman! Qirgʻiziston fuqarolarining yarmi Rossiya fuqaroligiga ega. “Zil” togʻ-changʻi kurorti rahbariyatining gaplari haq. Bu davlatga pul tikib boʻlmaydi, ular biznesingiz gullab-yashnashiga imkon berishadi, keyin esa hammasini tortib olishadi! Toʻppa-toʻgʻri aytilgan! Oʻylaymanki, Rossiya prezidenti ham buni biladi. Rossiya bazasi boʻlmasa, Qant qayerda qoladi, toʻgʻri - avvalgi joyida! Barakalla! Gazprom ham ketsin! Gazni avvalgidek oʻzbeklardan sotib oling. Siz uch baravar koʻp pul qilishni xohlaysiz.

Javob berish

Rossiya aviabazasi Qirgʻizistonni tark etishi kerak. Mehmon edingiz, endi ketish vaqti keldi.

Javob berish

Bu yerda unaqangi narsa yoʻq. Rossiya doim mamlakatimizga yordam berib kelgan

Javob berish

Umetaliyeva butkul haq. Eng avvalo, baza Qirgʻiziston uchun xavfli va u yopilishi kerak.

Javob berish

Maqolani kim yozgan boʻlsa ham yolgʻonchi ekan. Koʻpchilik qirgʻizlar xursand, bu faqat Qirgʻiziston va Rossiya dushmanlariga yoqmayapti. Boshqa muammo yoʻq. Rossiya harbiy bazasi, xush kelibsan!

Javob berish

Rossiya dumgʻazasi ostiga kuchli tepki olishi kerak.

Javob berish

Rossiyaning chiqib ketishi xato boʻladi!

Javob berish

Jasorati va mulohazakorligi uchun qardosh qirgʻiz xalqi va uning prezidentini hurmat qilaman. Vatanparvarligi, madaniyati, oʻz xalqi va davlatining bu kabi muhim masala va manfaatlariga oqilona yondashuvi uchun Gulnora Joʻraboyeva chuqur hurmatga sazovor. Bu xonimdan nafaqat ayollar, balki davlat arboblari ham oʻrnak olishlari kerak! Hurmat bilan Qozogʻistondan katta salom.

Javob berish

Bizga Rossiya aviabazasi kerak emas

Javob berish

Ruslarni u yerdan haydab chiqarish kerak, tamom-vassalom.

Javob berish

Keyin nima boʻladi? Xitoylarga berib yuborasizmi? Yoki oʻzingiz uchasizmi? Nimani uchirasizlar, shunisi qiziq :))))

Javob berish

Rossiyaning uchadigan, qulamaydigan samolyotlari bormi? :)))

Javob berish

Aviabazani butunlay yopib tashlash kerak.

Javob berish

Rossiyani hech qachon xavfli deb hisoblamaganman. Ular juda yaxshi qoʻshni

Javob berish

Bu ruslar hafli krimmni esdan chiqarmaylikk

Javob berish

Ahmoqgarchilik, Oʻrta Osiyo mamlakatlari zudlik bilan iqtisodiy va harbiy blokka birlashishi juda muhim, yoʻqsa doimgiday 3-mamlakatga aylanamiz

Javob berish

Gap Rossiyaning kirishida emas, aksincha vaqti kelib chiqib ketishida. Rossiya sakkizoyoqqa oʻxshaydi. Hamma yoqqa koʻrishib, hamma ishga aralashadi. Eng yomoni hech qachon fitna qoʻzgamasdan tinch chiqib ketmaydi. Bunaqasi tarixida boʻlmagan. Haqiqat shuki, bugun shunchaki aytilayotgan “Qant bizniki” degan gap amalda shunday boʻladi.

Javob berish