Karvonsaroy
Terrorizm

Qozoq va turkman mutaxassislari pul yuvish amaliyotlariga qarshi kurash boʻyicha oʻquv seminarida ishtirok etdi

Karvonsaroy

18-mart kuni Olmaotaga kiraverishda politsiya va harbiy xizmatchilar blokpost oʻrnatmoqda, niqob taqqan politsiya xodimi oʻz smartfonidan foydalanib turibdi. YXHT Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish idoralari uchun pul yuvish amaliyotlari va terrorizmni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha ikki kunlik oʻquv seminari oʻtkazdi. [Ruslan Pryanikov/AFP]

18-mart kuni Olmaotaga kiraverishda politsiya va harbiy xizmatchilar blokpost oʻrnatmoqda, niqob taqqan politsiya xodimi oʻz smartfonidan foydalanib turibdi. YXHT Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish idoralari uchun pul yuvish amaliyotlari va terrorizmni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha ikki kunlik oʻquv seminari oʻtkazdi. [Ruslan Pryanikov/AFP]

NUR-SULTON – Yaqinda qozogʻistonlik va turkmanistonlik mutaxassislar pul yuvish amaliyotlari va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash usullariga bagʻishlangan oʻquv seminarida qatnashdilar.

Seshanba (23-iyun) kuni Nur-Sultonda noqonuniy pullarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha ikki kunlik onlayn trening oʻtkazildi, deb xabar beradi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT).

Tadbirda Qozogʻiston huquq-tartibot va moliyaviy nazorat idoralarining ellikka yaqin xodimi ishtirok etdi.

Seminarni YXHTning Nur-Sultondagi dasturiy idorasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura koʻmagida tashkil etdi.

Gruziya va Italiyadan kelgan ekspertlar pul yuvishga oid jinoiy sxemalar, ularning oldini olish va chora koʻrish boʻyicha Moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) tavsiyalarini ochiqladilar.

Ishtirokchilar benefitsiar egalik kontsepsiyasi, shuningdek, yuridik shaxslar bilan bogʻliq pul yuvish xavflarini baholash usullari bilan tanishdilar.

FATF pul yuvish amaliyotlari va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadigan mustaqil hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Moliyaviy razvedka idoralari ushbu tavsiyalarni standart sifatida tan oladi.

Trening Qozogʻistonda pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha YXHTning koʻp yillik saʼy-harakatlari doirasida oʻtkazildi.

Turkmanistonda terrorni moliyalashga qarshi kurash treningi

Shunday seminar oʻtgan hafta Turkmanistonda ham oʻtkazilgan edi.

Moliya va iqtisodiyot vazirligi, jumladan uning Moliyaviy monitoring xizmati, Ichki ishlar va milliy xavfsizlik, shuningdek Bosh prokuraturaning 24 xodimi 17-19-iyun kunlari Turkmanistonning terrorizmni moliyalashga qarshi kurash salohiyatini oshirishga bagʻishlangan onlayn seminarda ishtirok etdi.

Seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (BMT NJB) va YXHT tomonidan 1-3-iyun kungi boshlangʻich kurslaridan soʻng oʻtkazildi.

Ushbu dastur Turkmanistonning xalqaro standartlarga muvofiqligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Unda idoralararo va xalqaro hamkorlikning ahamiyati, shuningdek tahliliy koʻnikmalar va uslublarni takomillashtirish zarurligi taʼkidlangan.

Ishtirokchilar haqiqiy hayotdan olingan misollarni mashq qildilar.

YXHT va BMT NJB terrorizmni moliyalashtirishga qarshi yanada samaraliroq kurash maqsadida hukumat idoralariga texnik yordamini taklif etadi va eng ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500