Karvonsaroy
Terrorizm

AQSH “ID” yetakchisini qoʻlga olish uchun ikki baravar koʻproq – 10 million dollarlik mukofot belgiladi

Karvonsaroy va AFP

Suriyadagi ID aʼzosi, 2018-yil. [Fayl]

Suriyadagi ID aʼzosi, 2018-yil. [Fayl]

VASHINGTON – Chorshanba (24-iyun) kuni AQSH “Islom davlati” (ID) guruhi yetakchisini qoʻlga olganlik uchun beriladigan mukofot pulini ikki baravar – 10 million dollargacha oshirdi.

Abu Bakr al-Bagʻdodiyning vorisi deb topilguniga qadar, AQSH maxsus kuchlari tomonidan oktabr oyida Suriyadagi reydda oʻldirilgan Amir Muhammad Abdulrahmon Al-Mavliy Al-Salbiy uchun bungacha 5 million dollar vaʼda qilingan edi.

Al-Salbiy – Abu Ibrohim Al-Hoshimiy Al-Qurayshiy laqabi bilan ham mashhur.

1976-yilda tavallud topgan shariat olimi Al-Salbiy BMT tomonidan genotsid deb topilgan kampaniya – yazidiy ozchilikni taʼqib qilishni maʼqullovchi qarorlar chiqargan.

Butun Yaqin Sharq boʻylab junbushga kelgan isyonchilar qadimiy dinga eʼtiqod qiluvchi minglab yazidiy xotin-qizlarni qatl qilgan, oʻgʻirlagan va qullarga aylantirgan edi.

Iroqning Mosul shahrida turkman oilasida tugʻilgan Al-Salbiy ID saflarida yuqori martabaga koʻtarilgan kam sonli ajamlardan biridir.

Al-Salbiy 2004-yilda Amerika harbiylari tomonidan qoʻlga olinib, Iroq janubidagi Kemp-Bukka qamoqxonasiga joylashtirilgan, aynan oʻsha yerda Al-Bagʻdodiy bilan tanishgan.

Oʻz qudratining choʻqqisida “ID” Iroq va Suriyaning katta qismini boshqargan va Gʻarbdan koʻngillilarni jalb qilgan, ammo koalitsiya kuchlari uning tayanch nuqtalarini tor-mor etgandi.

Bugungi kunda ID ancha zaiflashib qolgan boʻlsa-da, butun dunyoda, xususan Iroq, Suriya va Afgʻonistonda oʻz amaliyotlarini davom ettirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Musulmonlani terrorchi deb singdirib boʻldi kofirlar butun dunyoga

Javob berish