OLMAOTA – 1930-yillarda Qozogʻistonda yuz bergan ocharchilik haqidagi ingliz tilida nashr etilgan va yaqinda qozoq tiliga tarjima qilingan kitob mamlakat kitob doʻkonlarida ommalashmoqda.
2018-yili Sara Kameron qalamiga mansub “Och qolgan dasht: ocharchilik, zoʻravonlik va Sovet Qozogʻistonining tashkil etilishi” deb nomlangan asarda ocharchilik va uning mamlakatga uzoq muddatli taʼsiri oʻrganiladi.
Kitobda yozilishicha, Stalinning majburiy kollektivlashtirish siyosati tufayli yuzaga kelgan ocharchilik vaqtida 1,5 milliondan ortiq qozogʻistonlik hayotdan koʻz yumgan.
Olmaotalik siyosiy tahlilchi va Xavflarni baholash tadqiqot guruhi rahbari Dosim Satpayev 31-may kuni kitobning qozoq tilidagi tarjimasini taqdim etdi. Bu voqea siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirlanadigan kunga toʻgʻri keldi. Oʻtgan yili Satpayev Kemeronning asarini qozoq tiliga tarjima qilish boʻyicha AQSHdagi nashriyot bilan shartnoma imzolagan edi.
“Tadqiqotning ahamiyatli tomoni, unda Qozogʻistonda yuz bergan ocharchilikni 20-asrning eng katta fojialaridan biri deb tan olinishi uchun faktlarga tayanilgan va mavzuga olim sifatida imkon qadar xolis nazar solingan”, deb yozadi Satpayev oʻzining Facebook sahifasida.
“Yoshlarimiz Qozogʻistondagi Stalin qatagʻonlari va majburiy mehnat lagerlari haqida bilishlari kerak”, deb yozgan Satpayev. Uning jamoasi ocharchilik haqida “Oʻlik dashtdan qochgan koʻchmanchilar” deb nomlangan hujjatli filmni suratga olgan.
Kameronning kitobi Qozogʻiston kitob doʻkonlarida bestsellerga aylandi, deb aytgan Satpayev 9-iyun kuni.
Majburiy kollektivlashtirish
1930-yillar boshida Sovet hukumati qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish nomi bilan Sovet respublikalari, jumladan Qozogʻiston fuqarolarining yerlarini tortib olgan.
Koʻplab qozogʻistonliklar asosiy ozuqa manbalari boʻlgan chorva mollari – tuyalari, qoʻylari va otlarini yoʻqotib, ochlikdan halok boʻldi.
Jamiyatning asosiy tayanchi boʻlgan koʻpgina boylar esa oʻz suruvlari bilan qochishga harakat qilgan.
Oʻsha yillarda kommunistik rejimga rahbarlik qilgan Iosif Stalin boylarni xaql dushmani deb atab, ularni sud va tergovsiz otib tashlashga buyurgan va ijtimoiy sinf sifatida yoʻq qilib yuborgan.
Rus kommunistlari qozoq koʻchmanchilariga xos qarindoshlik aloqalarini inobatga olishmagan. Olmaotada joylashgan Al-Farobiy nomidagi milliy universitetning tarix professori Anuar Galiyevning soʻzlariga koʻra, bu aloqalar oʻzaro yordamni anglatar edi.
“Boylar asosan jamiyatning ish beruvchilari va boquvchilari boʻlishgan. Qarindoshlari ularning mollarini boqishgan, xoʻjaliklarida yordam berishgan, bu mehnatlari uchun ularga oziq-ovqat bilan haq toʻlangan”, dedi Galiyev.
“Qozoq boylarining mol-mulkini musodara qilgan rus kommunistlari ularni Rossiyadagi kabi “ekspluatatorlar” deb atagan. Oqibatda, nafaqat boylar, balki butun aholi jabr koʻrdi”, dedi u.
Ochlik tufayli halok boʻlganlar soni turlicha: ayrim manbalarda bu raqam 4 milliondan oshadi.
Rasmiy raqamlar esa odatda bundan past.
“Stalinning majburiy kollektivlashtirishdek jinoyati natijasida 1,5 million qozoq ochlikdan oʻldi. Yana 1,3 millionga yaqini qatagʻon va zulmdan qochib, sobiq SSSR hududini tark etishga majbur boʻldi” degan edi 2015-yil aprel oyidagi nutqida Qozogʻistonning oʻsha paytdagi prezidenti Nursulton Nazarboyev.
“Dunyoda biror mamlakat, birorta xalq qozoqlar kabi demografik inqirozni boshdan kechirmagan va butunlay yoʻq boʻlib ketish xavfiga duch kelmagan” dedi u.
Minglab qozoqlar sovet sharoitlarini shu qadar toqatsiz deb bildilarki, hatto qashshoq Xitoyga qochdilar.
Ayblovdan qochish
Oʻz navbatida, Rossiya Stalin rejimining sunʼiy ravishda ocharchilik keltirib chiqarganini tan olishdan bosh tortgan.
Sovet hukumati chet eldan kelgan oziq-ovqat yordamlarini faqat Qozogʻistondagi etnik rus jamoalariga yuborar, qozoqlarga ular yetib bormas edi. Bu haqda Olmaotadagi tarix va etnologiya institutining katta ilmiy xodimi Qaydar Aldajumanov jurnalist Janbolat Mamayning 2019-yil yanvar oyida chiqqan “Zulmat: Qozogʻistondagi genotsid” hujjatli filmida aytib oʻtgan.
Mamay oʻz hujjatli filmida, shuningdek, sovet tuzumiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar vaqtida qozoqlar ustiga havodan bombalar tashlangani va jangovar operatsiyalar oʻtkazgan uchuvchilarga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilganini aytadi.
Film ekranlarga chiqqanidan soʻng, 2019-yil fevral oyida Rossiya tashqi ishlar vazirligi “1932-1933-yillarda Sovet Ittifoqida yuz bergan ocharchilik atrofidagi igʻvolar” yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi.
Markaziy Osiyodagi “millatchilik qarashlari tarafdorlari” oʻz vatandoshlariga Sovet hukumati ularning ajdodlarini genotsid qilganiga oid gap-soʻzlarni singdirmoqchi, deb bayonot bergan vazirlik.
Ocharchilik – qurgʻoqchilik va hosilsizlik kabi tabiiy sabablar ortidan kelib chiqqan va “vaziyatni ogʻirlashtiradigan favqulodda choralar tufayli kuchaygan” edi, deb aytgan Kreml nozik iboralar bilan.
Sovet hukumati 1933-yilga kelib favqulodda yordam kiritdi, deyiladi TIV bayonotida.
Oradan 80 yil oʻtgan boʻlsa-da, Rossiya ocharchilik – genotsid siyosati tufayli kelib chiqqanini yashirishga urinmoqda, degan edi Mamay.
Kremlning ocharchilik masalasidagi mavqei yolgʻondan boshqa narsa emas, dedi u.
Qozogʻiston Mustaqilligining 30 yilligi arafasida xotirlaymiz va motam tutamiz. Kommunistik rejim va SSSRning vorisi Rossiya tomonidan qozoqlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni unutmaymiz va kerak boʻlganda eslatamiz.
Javob berishFikrlar 17
Moskva SSSRning barcha jinoyatlari uchun javob berishi kerak.
Javob berishFikrlar 17
Oradan qariyb yuz yil oʻtdi shekilli, lekin nega odamlar haliyam shunday yashayapti? Paradoks, bungayam Stalin aybdormi?
Javob berishMiyang goʻngga toʻlami seni?
Javob berishFikrlar 17
Ajoyib!
Javob berishFikrlar 17
Sovetlar fashist, qotil va manyaklar.
Javob berishFikrlar 17
Yana bir aksilsovet boʻhtoni. Yolgʻonchi SoLJEnitsenlar jim boʻling
Javob berishFikrlar 17
Bu dahshatli jinoyatlardan hech qachon xalos boʻla olishmaydi. SSSR yovuz.
Javob berishFikrlar 17
Toʻrt million qozoqni yoʻq qilishgan. Rossiya kelajakda bizga yaxshi munosabatda boʻladi deysizmi...
Javob berishStalin gruzin boʻlganidan xursandman, ammo ruslarning bunga nima aloqasi bor? Bemaʼni gaplarni bas qiling.
Javob berishFikrlar 17
U vaqtlarda ocharchilik katta muammo boʻlgan; bunda Stalinning hech qanday aybi boʻlmagan. USCENTCOM homiylik qilayotgan bu saytga oqilona maqola yozishni maslahat bergan boʻlar edim.
Javob berishStalinning aybi yoʻq, toʻgʻri aytasiz. Faqat uni ayblash notoʻgʻri. Ruslar aybdor. Stalin faqat partiya rahbari boʻlgan xolos.
Javob berishNimaga milliy nizo qoʻzgʻayapsiz? Ruslar ham qolganlardan kam aziyat chekmagan, bu qilmishingiz uchun sizni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.
Javob berishOvozingni oʻchir, troll.
Javob berishFikrlar 17
Kommunistlar eng kriminal hukumat boʻlgan; oʻz xalqini yoʻq qilish qoʻllaridan kelgan. Ular Gitlerdan ham yomon ekanligini anglatadi.
Javob berishJuda asosli koment! Muhimi faktlarga boy
Javob berishQanday masxaraomuz koment. Muhimi millionlab qurbonlar haqidagi mavzu uchun oʻta noloyiq ham.
Javob berishFikrlar 17