Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Rossiya va Xitoydan taralayotgan koronavirus dezinformatsiyasi xorijda keng quloch yoymoqda

Karvonsaroy va AFP

1-iyul kuni “Aldov” soʻzi yozilgan niqob taqib olgan erkak Moskvadagi Pushkin maydonida Konstitutsiyaga kiritilajak oʻzgartirishlarga qarshi norozilik bildirmoqda. Shu kuni prezident Vladimir Putinga 2036-yilga qadar hukumat tepasiga qolishga imkon beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻz nihoyasiga yetgan. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

1-iyul kuni “Aldov” soʻzi yozilgan niqob taqib olgan erkak Moskvadagi Pushkin maydonida Konstitutsiyaga kiritilajak oʻzgartirishlarga qarshi norozilik bildirmoqda. Shu kuni prezident Vladimir Putinga 2036-yilga qadar hukumat tepasiga qolishga imkon beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻz nihoyasiga yetgan. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

Dunyo boʻylab yetakchi ommaviy axborot vositalariga mansub xabarlardan koʻra, Rossiya va xitoylik jurnalistlar tomonidan tarqatilgan koronavirus dezinformatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda kattaroq auditoriyaga ega boʻlmoqda, deyiladi yangi tadqiqotda.

Voqelikni buzib yoritish yoki ochiq fitna nazariyalari boʻlishidan qatʼiy nazar, chet el ommaviy axborot vositalari tomonidan frantsuz va nemis tillarida yozilgan maqolalar Facebook va Twitter tarmoqlarida tarqalmoqda. Koʻp hollarda ularning manbalari noaniq, deyiladi dushanba (29-iyun) kuni Oksford internet instituti tomonidan chop etilgan hisobotda.

Oksford universiteti tarkibiga kiruvchi bu institut Rossiya va Xitoy, shuningdek Eron va Turkiyaning davlat nazoratidagi yoki hukumatga yaqin yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan yaratilgan kontentni oʻrganib chiqqan.

Ommaviy axborot vositalari oʻzlarining fransuz, nemis, ispan tilidagi sahifalarida “Gʻarb davlatlarni tanqid qilganlar, oʻz mamlakatlarini olqishlaganlar va virus kelib chiqishi haqidagi fitna nazariyalarini targʻib qilish bilan koronavirusni siyosiylashtirganlar”, deb xabar beradi institut.

“Sputnik” axborot agentligini oʻz ichiga oluvchi “Rossiya segodnya” davlat media korporatsiyasining bosh ofisi, Moskva, 2017-yil, 12-noyabr. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

“Sputnik” axborot agentligini oʻz ichiga oluvchi “Rossiya segodnya” davlat media korporatsiyasining bosh ofisi, Moskva, 2017-yil, 12-noyabr. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

“Bu nashrlardagi aksar kontent faktlarga asoslangan. Ammo ulardagi narsalar, ayniqsa Rossiya ommaviy axborot vositalari demokratik mamlakatlarni obroʻsizlantirishga qaratilgan”, deydi Oksford tadqiqotchisi Jonatan Brayt AFP nashriga.

“Bayon qilinayotgan nozik masala – demokratiyaning inqiroz yoqasida turganligidir”, deb qoʻshimcha qildi u.

Institut Rossiyaning “RT” va “Sputnik” nashrlariga, Xitoyning Global televizion tarmogʻi (CGTN), Xitoy xalqaro radiosi (CRI) va “Xinhua” axborot agentliklari, shu bilan birga Eron va Turkiya tarmoqlarini oʻrganib chiqdi.

Aksil-Amerika kayfiyatini targʻib qilish

U bitta maqolaga bildirilgan oʻrtacha munosabatni – foydalanuvchi maqolani necha marta Facebook orqali boshqalar bilan ulashgani, unga “yoqdi” tugmasini bosgani yoki retvit qilganini hisoblab chiqqan.

Tadqiqotda har bir OAVning 18-maydan 5-iyunga qadar chop etilgan 20 ta mashhur maqolasi qamrab olingan.

Institutning aprel oyidagi tadqiqotida aytilishicha, foydalanuvchilar xuddi shu OAVlarga tegishli ingliz tilidagi, oʻta siyosiylashgan maqolalariga BBC kabi moʻtadil manbalardagi kontentga qaraganda 10 baravar koʻproq munosabat bildirishgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarning aksariyati xorijiy hukumatlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirilgan maʼlumotlarni oʻqib boradigan odamlardir, oʻquvchi esa buni tushunmaydi”, deb qoʻshimcha qildi Brayt.

Xuddi shunday munosabat bildirish darajasi ispan tilidagi materiallarda ham kuzatilgan, jumladan, Eron davlat telekompaniyasining “HispanTV” xizmati Rossiya OAVlarining “aksil-Amerika gʻoyalarini” Lotin Amerikasiga tarqatadi, deyiladi tadqiqotda.

Fransuz va nemis tilidagi misollar Rossiya OAVning Fransiyadagi “gilets jaunes” norozilik harakati, COVID-19 va Yevropadagi inqirozlarning qizgʻin yoritilishini oʻz ichiga oladi.

Shu bilan birga, hisobot Turkiyaga qarashli TRT tarmogʻining nemis, fransuz va ispan tilidagi xizmatlarini oʻrganib chiqqan, ularda Turkiya hukumatining pandemiyaga qarshi harakatlari ijobiy yoritilishga koʻproq diqqat qaratilgan.

Bundan farqli oʻlaroq, Rossiya, Xitoy va Eron ommaviy axborot vositalari asossiz, jumladan, oʻtgan yili Xitoyning Uxan shahrida kelib chiqqan koronavirus AQSH harbiylari tomonidan tarqatilgani haqidagi nazariyalarni yoyinlagan.

Tilga olingan OAV yangiliklarga nogʻarbiy yondashuvni ifodalaydi va oʻzlarining targʻibotchi ekanligini rad etadi.

Oksford hisobotiga yoʻllagan javob bayonotida “RT-Frantsiya” xizmati “bu ayblovlarga qatʼiy qarshi ekanligini” va global pandemiyani qolgan frantsuz nashrlari kabi yoritganligini taʼkidlagan.

“Gʻarbiy demokratik hukumatlar tanqidi va demokratik davlatlarning obroʻsini toʻkish ayblovlariga hech qanday daxlimiz yoʻq”, deb bayonot bergan nashr.

Prezident Emmanuel Makron “RT”ni 2017-yil saylovlar chogʻida Fransiyada “yolgʻon targʻibot” olib borganlikda ayblagan.

Rossiya media-tarmogʻi ommaviy axborot vositalarining xolisligi qoidalarini buzgani uchun Britaniyada jarimaga tortilgan edi.

Oʻtgan yili Xitoyning yana toʻrtta media-kompaniyasi Qoʻshma Shtatlardagi “xorij missiyasi” sifatida qayta malakangani ortidan Pekin javob choralari koʻrish bilan tahdid qilgan.

Toʻrtlik safida CGTN, CRI va “Xinhua” kabi kompaniyalar bor. Vashington ularni ommaviy axborot vositalaridan koʻra, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijrochilar deb nomlagan.

“Gibrid urushlari”

Xitoy va Rossiya hukumatlari koronavirus pandemiyasiga oid uydirma gap-soʻzlarni tarqatishdagi hamkorlikni kuchaytirib borar ekan, Pekin Moskva qoʻllayotgan usullarni oʻzlashtirmoqda, deb aytgan ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar may oyida.

Juma (12-iyun) kuni Twitter tarmogʻi Xitoy olib borayotgan dezinformatsiya kampaniyasiga aloqador 170 mingdan ortiq hisobni oʻchirib tashlagan. Seshanba (9-iyun) kuni esa Yevropa Ittifoqi (YI) Xitoy va Rossiyani Yevropa demokratiyasiga putur yetkazishga qaratilgan maqsadli koronavirus dezinformatsiyasida aybladi.

Bishkeklik siyosatshunos Askat Dukenbayevga koʻra, Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyalari Vladimir Putin rejimining Gʻarb mamlakatlariga qarshi yangi “gibrid” harbiy doktrinasining bir qismidir.

Moskva “Sovuq urushdagi magʻlubiyat uchun ulardan qasos olishga harakat qilmoqda. Bu siyosat, shuningdek sobiq mustamlakachi taʼsiridan chiqishga urinayotgan postsovet mamlakatlarga qarshi qaratilgan”, deb aytgan edi u iyun oyida.

“Markaziy Osiyodagi rusiyzabon aholiga ega mamlakatlar Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻlganidan beri Rossiyaning dezinformatsion xurujlariga uchrab kelmoqda. 2014-yilda Putinning Ukrainaga qarshi tajovuzi ortidan bu holatlar yanada avj oldi”, dedi Dukenbayev.

“Masalan, Qirgʻizistondagi liberal va demokratiyani qoʻllab-quvvatlovchi fuqarolik jamiyati faollari Qirgʻizistonda keng tarqalgan kremlparast va hukumatga qarashli gazetalar va internet-nashrlari sahifalarida “chet el agentlari”, “mamlakatga dushman unsurlar” sifatida doimiy ravishda hujumga uchrab keladilar”, dedi u.

U “Gʻarb va xalqaro hamjamiyat Rossiya tahdidining jiddiyligi va unga qarshi chora koʻrish zarurligini anglab yetganidan” mamnun ekanligini bildirdi.

“Rossiyalik bloggerlar “Rossiya – qardosh mamlakat va Gʻarbdan farqli oʻlaroq, ogʻir kunda yordam beradi” degan gʻoyani faol ravishda ilgari surmoqdalar”, deb aytgan edi xalqaro masalalar boʻyicha Nur-sultonlik olim Ruslan Nazarov iyun oyida.

“Biroq, kundalik munosabatlar – siyosiy, iqtisodiy va ayniqsa [Rossiya hukmronlik qiladigan] Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi munosabatlarda Rossiya bir necha bor buning aksini namoyish etgan. Tashqi siyosatda, jumladan Markaziy Osiyoda ham Moskva mutlaqo gʻarazli manfaatlarga ega va shunga muvofiq harakat qiladi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Boshqalardan keskin farqlanuvchi anʼanalar oʻrnatganmiz

Javob berish

Iltimos, koʻproq yangiliklar bering. Boshqa internet-nashrlar bilan qandaydir hamkorlik oʻrnating. Odamlarga haqiqatni yetkazish kerak.

Javob berish

Gʻarb davlatlari Rossiyani ayab oʻtirmay, qattiq jazolashi kerak.

Javob berish