Karvonsaroy
Salomatlik

COVID-19 Markaziyo Osiyo boʻylab qayta avj olmoqda

AFP

Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar uchun moʻljallangan tibbiy muassasa oldida tez tibbiy yordam mashinasidagi qariyaga yordam berayotgan tibbiyot xodimi, 5-iyul, Bishkek. [Danil Usmanov/AFP]

Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar uchun moʻljallangan tibbiy muassasa oldida tez tibbiy yordam mashinasidagi qariyaga yordam berayotgan tibbiyot xodimi, 5-iyul, Bishkek. [Danil Usmanov/AFP]

BISHKEK – Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda koronavirus boʻyicha qaynoq liniya sifatida faoliyat koʻrsatayotgan call-markazda telefon qoʻngʻiroqlariga javob berayotgan koʻngillilar qamalda qolishdi.

Call-markaz koordinatori Asxat Abdikerimovning aytishicha, 60 dan ortiq tibbiyot xodimi va talabalardan iborat jamoa haftasiga kamida 3000 ta qoʻngʻiroqni qabul qilmoqda.

“Call-markaz endigina ochilgan paytda notibbiy ahamiyatga ega koʻplab qoʻngʻiroqlar boʻlar edi”, deydi Abdikerimov AFPga.

“Endi esa deyarli barcha qoʻngʻiroqlar koronavirus belgilari aniqlangan odamlardan kelib tushmoqda.”

Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston may oyidan karantin cheklovlarini yumshata boshlaganidan soʻng, Bishkek – mintaqada qayta avj olgan kasallikning yangi markaziga aylangan.

Hatto hanuzgacha virusdan xoli ekanligini daʼvo qilib qilayotgan Turkmaniston ham dushanba (6-iyun) kuni yopiq mamlakatning pandemiyaga qarshi choralarini oʻrganish uchun kelgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 10 kunlik missiyasini qabul qildi.

Qirgʻizistonda tasdiqlangan kunlik kasallanishlar soni bu oy ikki baravar koʻpayib, 500 dan oshgan – bu karantin choralari yumshatilgan may oyi oxiridan beri koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy sonidan koʻproq.

Mamlakatda 8000 dan ziyod bemor roʻyxatga olingan boʻlsa-da, bemorlar bilan toʻlgan kasalxonalar, ijtimoiy tarmoqlar yordamga muhtojlarning xitoblari va hamdardlik bilan toʻlib-toshganidan xulosa qilib, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori ekanligi aytilmoqda.

Tahlilchilarga koʻra, koronavirusning tashxislanmayotgani yoki oʻlim sababi deb topilmayotganiga asosan ikki omil – test toʻplamlarining yetishmayotgani va ularning sifatsiz ekanligi sabab boʻlmoqda.

Yaqinda kasalxonaga aylantirilgan poytaxtdagi asosiy yopiq sport majmuasida tomchidori olish uchun navbatda turgan 54 yashar Aygul Sariqboyeva hali ham virus uchun test topshira olmagan.

Ammo oʻpka tomografiyasi oʻtkazilishi ortidan Sarikbayevaga pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan – uning aytishicha, virus keltirib chiqargan bunday holatdan uning yon-atrofidagilari ham aziyat chekmoqda.

“Baʼzida oʻylab qolamagan: men bilganlarim orasida kasal boʻlmagan odam qoldimi? Hamma kasal”, dedi u AFP bilan suhbatda.

Kasallanganlar soni toʻrt marta oshib, 48000 taga yetar ekan, Markaziy Osiyoning eng boy davlati boʻlgan Qozogʻistonda ham kasalxonalar toʻlib toshgan va dori taʼminotida muammolar yuzaga kelgan.

Cobiq poytaxt Olmaotada dori sotib olish uchun navbatda turgan Yevgeniy Yereminning aytishicha, buvasi virusdan vafot etishi va keksa onasi jiddiy kasallanib qolgunigacha u koronavirusni “hazil” va “siyosiy oʻyin” deb oʻylagan.

Zaif boʻgʻinlar

Qozogʻiston mart oyidagi ayrim cheklovlarni qaytadan joriy qilgan bir paytda, Qirgʻiziston rasmiylari takroran karantin joriy etmoqchi emas.

Kasallikning avj olishi ortidan butun mintaqada mansabdorlarni xalqaro donorlar mablagʻlarini oʻzlashtirayotganlikda ayblash kuchaygan.

Koʻpchilik nazdida yordamlardan oqilona foydalanilgan joy – Bishkekdagi qoʻngʻiroqlar markazi boʻldi, iyun oyida ikki koʻngilli virus yuqtirganidan keyin u dezinfektsiya uchun yopilgan.

Ayrimlar aprel oyida atigi 12 nafar koʻngilli bilan ish boshlagan va bemorlar uchun keyingi davolanishga oid maslahatlar beradigan markaz xodimlari sonini oshirish kerakligini aytganlar.

Ammo loyihani avval-boshdan qoʻllab-quvvatlagan Soros jamgʻarmasining milliy filiali direktori Shomil Ibragimov koʻproq odam yollash bilan katta natijaga erishib boʻlmasligini aytgan.

“Biz markazni (yanada) kengaytirishimiz mumkin, ammo bu bilan koʻchma brigadalar yoki kasalxonalardagi yotoqlar koʻpayib qolmaydi”, dedi Ibragimov.

“Tizimning qayeriga boqmang, zaif joylar bor.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500