Karvonsaroy
Inson huquqlari

XJSga topshirilgan Shinjondagi “qatliom” ishi boʻyicha Xitoyga bosim kuchaymoqda

Karvonsaroy va AFP

Shinjon viloyatining Kuche shahridagi uygʻurlar mozori oʻrnida joylashgan xiyobon, 2019-yil 13-sentabr. Xitoy uygʻurlarning bir necha avlodari dafn etilgan qabristonlarni yoʻq qilmoqda. Ularning ortidan odam suyaklari va xaroba qabrlar qolmoqda, faollar buni Shinjondagi etnik guruh oʻzligini yoʻq qilish choralari deb atagan. (Gektor Retamal/AFP)

Shinjon viloyatining Kuche shahridagi uygʻurlar mozori oʻrnida joylashgan xiyobon, 2019-yil 13-sentabr. Xitoy uygʻurlarning bir necha avlodari dafn etilgan qabristonlarni yoʻq qilmoqda. Ularning ortidan odam suyaklari va xaroba qabrlar qolmoqda, faollar buni Shinjondagi etnik guruh oʻzligini yoʻq qilish choralari deb atagan. (Gektor Retamal/AFP)

AQSH uygʻurlar va boshqa etnik musulmon guruhlarga nisbatan “dahshatli va muntazam qiynoqlar” qoʻllagani uchun Xitoyga sanktsiyalar joriy qilar ekan, ozchiliklarni taʼqib qilgan Pekin bosim ostida qolmoqda.

Oʻtgan bir necha yillar davomida Xitoydagi Shinjon rahbariyati yuz minglab musulmonlar, jumladan etnik qozoq va uygʻurlarni qayta tarbiyalash maskanlariga joylaganidan soʻng tanqidlar yanada kuchaygan.

Mintaqada kamida 1,5 millionga yaqin qozoq yashaydi va ular uygʻurlardan keyin ikkinchi eng yirik turkiyzabon etnik guruh hisoblanadi.

Inson huquqlari guruhlari, xalqaro tashkilotlar va hukumatlar Pekinni mamlakat ichidagi ozchiliklarga qarshi zoʻravonliklari uchun javobgarlikka tortish choralarini kuchaytirmoqdalar.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor hududida qarindoshlari hibsda saqlanayotgan etnik qozoqlar bilan suratga tushmoqda, 2-fevral, Nur-Sulton. (Kevin Lamarg/AFP)

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor hududida qarindoshlari hibsda saqlanayotgan etnik qozoqlar bilan suratga tushmoqda, 2-fevral, Nur-Sulton. (Kevin Lamarg/AFP)

2019-yilning 31-may kuni olingan surat: Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyatining Xotan shahri yaqinida asosan musulmon etnik ozchiliklar, jumladan qozoqlar hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash maskanining kuzatuv minorasi. [Greg Beyker / AFP]

2019-yilning 31-may kuni olingan surat: Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyatining Xotan shahri yaqinida asosan musulmon etnik ozchiliklar, jumladan qozoqlar hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash maskanining kuzatuv minorasi. [Greg Beyker / AFP]

Quvgʻindagi uygʻurlar guruhiga koʻra, bu ayblovlar musulmonlarni qayta tarbiyalash lagerlarga qamash bilan birga, ayollarni majburan bichish amaliyotlarini ham oʻz ichiga oladi.

Ular Xalqaro jinoiy sudni (XJS) Xitoy hukumati tomonidan qatliom va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilganini tergov qilishga chaqirdilar.

7-iyul kuni guruh Haagada joylashgan sudga mazkur ish yuzasidan yirik hujjatlar toʻplamini yuborgan.

“Bugun biz uchun tarixiy kun”, dedi tan olinmagan Sharqiy Turkiston hukumatining quvgʻindagi bosh vaziri Solih Xudoyor Vashington va Haaga oʻrtasida boʻlib oʻtgan virtual matbuot anjumanida.

Pekin ayollarni majburiy bichishga oid ayblovlarini asossiz deb atab, Qozogʻiston bilan chegaradosh Shinjondagi muassasalar fuqarolarni terrorizmdan qaytaruvchi “kasbga tayyorlash markazlari” ekanligini aytgan.

“Bu tarixiy yutuq va umid qilamanki, keskin burilish, zero endilikda XJS harakatga kirisha oladi”, deydi uygʻurlarning inson huquqlari boʻyicha advokati, londonlik Rondi Dikson.

Sudga taqdim etilgan dalillar Xitoy oʻn yildan ortiq vaqt mobaynida “shafqatsiz qatagʻonlar” qoʻllashda aybdor ekanligini koʻrsatmoqda, deb aytgan u Haagadagi matbuot anjumani chogʻida.

“Milliondan ortiq odamning hibsga olinishi, qotilliklar, qiynoqlar, majburiy sterilizatsiya va tugʻilishni nazorat qilish choralari haqidagi qaygʻuli xabarlar shular jumlasidandir”, dedi Dikson.

Xalqaro jinoiy sud 2002-yilda dunyodagi eng ogʻir jinoyatlar yuzasidan adolatni qaror toptirish uchun asos solingan sud sudyalariga qaysi ishlar kelib tushishini mustaqil ravishda hal qiluvchi prokurorga beriladigan shikoyatlarni koʻrib chiqish majburiyatini oʻz zimmasiga olmagan.

Qozogʻistonda norozilik kuchaymoqda

Vashingtondagi eʼtirozlar bilan bir qatorda, Xitoyning Shinjondagi siyosati tufayli Vashingtondagi eʼtirozlar bilan bir qatorda, Xitoyning Shinjondagi siyosati tufayli qozogʻistonliklarni ham gʻazablantirgan.

May oyida Qozogʻiston hukumati Xitoydan oʻz tarixiy yurtiga qaytishni istagan etnik qozoqlar uchun immigratsiya jarayonini soddalashtirishi haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, muntazam namoyishlar, xitoylik va mahalliy ishchilar orasidagi toʻqnashuvlar bilan Qozogʻistonda aksilxitoy kayfiyati kuchaygan.

Oʻtgan yil sentabr oyida Pekinga qarshi kayfiyatidagi 500 ga yaqin namoyishchi aksilxitoy shiorlari bilan Janaoʻzen maydoniga chiqqan edi. Ishtirokchilarning koʻpchiligi Qozogʻistonning boshqa shaharlaridan kelgan.

Oʻsha oyning oʻzida janaoʻzenliklar Qozogʻistonda Xitoy zavodlarining qurilishiga va kengroq maʼnoda Qozogʻiston uchun zararli deb koʻrilgan Xitoy bilan yaqin iqtisodiy hamkorlikka qarshi namoyish uyushtirdilar.

Undan soʻng, shu yil aprel oyida Qozogʻiston hukumati Xitoy saytlarining birida mamlakat tarixan Xitoyning bir qismi boʻlgani va qoʻshnisiga “qaytishni” istayotganini daʼvo qiluvchi maqola chop etilishi ortidan Xitoyga norozilik notasi yoʻllagan edi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi qozoq xizmatining xabar qilishicha, Xitoyning Sohu.com xususiy veb-saytida “Nima uchun Qozogʻiston Xitoyga qaytishni xohlaydi” sarlavhasi bilan chop etilgan bu maqoladan soʻng, Xitoy elchisi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

Maqola muallifi “Qozogʻiston Tsin sulolasining vassali boʻlgan” deb taʼkidlab, Qozogʻistonning oʻz hududi ustidan suverenitetini savol ostiga qoʻygan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ikkinchi Jahon davrida butun dunyo Germaniya fashizmiga birlashgadek,bugungi kunda dunyo xalqlari Xitoy fashizmi va imperializmiga qarshi birlashish kerak. Ertaga kech bo'lishi mumkin.

Javob berish

Xitoy – Germaniya reyxining yoʻlini tutgan fashist davlat ekanligi ayon boʻldi! Yaxshiyamki, demokratik mamlakatlar buni allaqachon anglab yetdilar va xitoylik neonatsistlarga gʻayriinsoniy siyosatini davom ettirishiga yoʻl qoʻymaydilar! Xitoy Kommunistik partiyasining kelajagi yoʻq!

Javob berish

Xitoy hukumati Qozogʻistonning birinchi raqamli dushmani

Javob berish

Undan kengroq oling - butun odamzot uchun.

Javob berish