BISHKEK – Qirgʻizistonda mart oyida joriy qilingan karantin cheklovlari yumshatilishi ortidan yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari yana koʻpaya boshlagan.
Kasallikka qarshi kurash boʻyicha Milliy shtab maʼlumotlariga koʻra, dushanba (27-iyul) holatiga mamlakatda COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq 33290 dan ortiq holat qayd etilgan, 1300 dan ziyod odam oʻlgan.
Testlarning yetishmayotgani, aksari Xitoyda ishlab chiqarilgan test toʻplamlarining sifatsiz ekanligi tufayli koʻp hollarda koronavirus tashxisi qoʻyilmayapti yoki oʻlim sababi deb topilmayapti.
Kasalxonalar, dori-darmon va tibbiyot xodimlarining yetishmayotgani, Markaziy Osiyoda vahima va sarosima qoʻzgʻashga urinayotgan qudratli chet el davlatlarining davomli dezinformatsiya kampaniyalari vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda.
![Bishkekning markaziy koʻchalari odatda gavjum boʻladi, ammo koronavirus pandemiyasi sabab koʻchalarda odam siyraklashgan. Bishkekning Chuy koʻchasi, 13-iyul kuni olingan surat. [Maksat Osmonaliyev]](/cnmi_ca/images/2020/07/27/25161-f_12-585_329.jpg)
Bishkekning markaziy koʻchalari odatda gavjum boʻladi, ammo koronavirus pandemiyasi sabab koʻchalarda odam siyraklashgan. Bishkekning Chuy koʻchasi, 13-iyul kuni olingan surat. [Maksat Osmonaliyev]