MOSKVA – Dunyodagi sogʻliqni saqlash sohasi olimlari va tibbiyot mutaxassislari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya ilk koronavirus vaksinasini yaratganiga oid iddaolari yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirdilar. Ularning aksariyati tasdiqlanmagan va sinovdan oʻtmagan dori COVID-19 virusidan ham xatarliroq boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Seshanba (11-avgust) kuni Putin vaksina xavfsiz ekanligi va qizlaridan biri 1950-yillardagi ilk Sovet sunʼiy yoʻldoshi sharafiga “Sputnik V” deb nomlangan vaksinani qabul qilganini aytib oʻtgan.
Mutaxassislar, jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ham Rossiya tadqiqotlari haqida yetarli maʼlumot yoʻqligidan xavotirda ekanliklarini bildirganlar.
Vaksina haqida maʼlum boʻlgani shuki, u Rossiya armiyasidagi bir necha oʻn nafar “koʻngillida” sinovdan oʻtkazilgan.
“Xavfsiz va samarasiz boʻlgan har qanday vaksinadan kelib chiquvchi salbiy taʼsirlar hozirgi muammolarimizni yanada kuchaytirishi mumkin”, deydi Londonning Imperial kolleji immunologi Denni Altman.
“Bemor xavfsizligi eng birinchi oʻrinda turadi”, dedi Germaniya sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot vakili. “Rossiya vaksinasining sifati, samarasi va xavfsizligi haqida aniq maʼlumot yoʻq.”
Vaksinani ishlab chiqargan davlat boshqaruvidagi Gamaleya instituti tadqiqotchilari bir necha oy avval dori namunasini oʻzlarida sinab koʻrganlar, mutaxassislar bu qadamni odamlar ustidan noanʼanaviy va shoshilinch sinov oʻtkazish deya baholagan.
Kuzatuvchilar rossiyalik tadqiqotchilarning natija koʻrsatish uchun pala-partish ish olib borayotgani va hukumat bosimi ostida harakat qilayotganidan xavotir bildirganlar.
“Sinov oʻtkazishdan avval vaksinaning tarqatish uchun tayyorligini daʼvo qilish – muammoli masala”, dedi AQSHning bosh infektsionisti Entoni Fauchi.
“Biz xavfsiz, samarali vaksinalarni taqdim qilishimiz va maʼlumotlar shaffof boʻlishi muhim... Bu birinchi boʻlish yoʻlidagi musobaqa emas”, dedi chorshanba (12-avgust) kuni muxbirlar bilan konferens-aloqada boʻlgan AQSH sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar.
“Rossiyadagi dastlabki tadqiqotlar maʼlumotlari ochiqlanmagan, u shaffof emas”, deb qoʻshimcha qildi u.
“Rossiya hukumatining vaksinadan foydalanishga tayyorligi haqidagi bayonotlariga u qadar ishonmayman”, deydi Qozogʻistondagi COVID-19 shifoxonalaridan birining vrachi Asel Saliyeva.
“Sinov jarayonining boshida vaksina xavfsiz tuyulishi, ammo uning oqibatlari keyinroq yuzaga chiqishi mumkin. Xatto xavf asosli boʻlib koʻringan taqdirda ham, millionlab odamlar salomatligini xatarga qoʻya olmaysiz”, dedi Saliyeva.
“Rossiya vaksinasini ishlab chiqarganlarning oʻzlari vaksinaning taʼsir qilish muddati qancha ekanligini bilishmaydi, chunki ular uzoq muddatli va keng miqyosli tibbiy tadqiqotlar oʻtkazishmagan”, deb ogohlantirdi Qirgʻizistondagi Markaziy Osiyo Amerika universiteti molekulyar genetiki Bolot Kalmirzayev.
Qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmas ekan, kelajakda koʻp “syurprizlar” yuz berishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.
“Birinchi boʻlib sotuvga chiqqan taqdirda ham, Rossiya vaksinasi tanlov boʻlishi kerak emas, chunki uning xavfsizligiga kafolat yoʻq”, dedi Pokiston hukumatining Islomoboddagi COVID-19 boʻlinmasi aʼzosi doktor Javid Chima.
“Vaksinatsiya tegishli sinovlarsiz boshlanib ketadigan boʻlsa, u odamlarga foydadan koʻra koʻproq ziyon yetkazishi mumkinligidan qoʻrqamiz”, dedi Islomoboddagi Milliy sogʻliqni saqlash institutining vaksinatsiya boʻyicha mutaxassisi Muhammad Rafiq.
Birinchi boʻlish istagi
Kreml “birinchi boʻlish” istagida xavfli yoki samarasiz “vaksinani” chiqarishga bir nechta sabab bilan tavakkal qilayotgan boʻlishi mumkin.
Putinning rossiyaliklar orasida ancha vaqt yuqori boʻlib kelgan reytingi oxirgi ikki yilda sezilarli pasaydi va endilikda u bir vaqtlar oʻziga sodiq boʻlgan siyosiy bazasining keskin va oʻsib borayotgan noroziligiga duch kelmoqda.
2018-yilda nafaqa yoshining oshirilishi va 2019-yildan boshlab Moskva shahar kengashiga muxolifat nomzodlarining saylanishini taqiqlash bilan Kreml koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi va bu oʻz navbatida uning obroʻsiga putur yetkazdi.
Moskva va mamlakatning boshqa hududlarida ommaviy noroziliklar va hibslar oddiy holga aylangan. Ayni vaqtda Rossiyaning sharqiy viloyatlarida misli koʻrilmagan ommaviy noroziliklar boʻlib oʻtmoqda.
Rossiya aholisi, shuningdek, oxirgi besh yildan beri daromadlarning pasayib, iqtisodiyotning qulab borayotganidan norozi. Seshanba (11-avgust) kuni Rossiya davlat statistika agentligi mamlakat iqtisodiyoti ikkinchi chorakda 8,5 foizga qisqarganini maʼlum qilgan.
Shunday ekan, kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, uzoq kutilgan vaksinaning mavjudligi haqidagi bayonotlar Putinning soʻnggi siyosiy nayranglaridan biridir.
Putin boshchiligidagi Rossiya rejimi ham tekshirilmagan vaksinadan katta daromad olishga tayyor koʻrinadi.
Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyevning taʼkidlashicha, vaksinani sentyabr oyidan boshlab sanoat darajasida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Unga 20 mamlakatdan “bir milliarddan ortiq dozaga” dastlabki buyurtmalar kelib tushgan.
Rossiya xorijiy hamkorlar bilan birgalikda besh mamlakatda yiliga 500 million doza vaksina ishlab chiqarishga tayyor, dedi u.
Gʻarb mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimiga qarshi hujumlar
Putinning bayonoti Buyuk Britaniya, AQSH va Kanadaning Rossiya razvedkasiga aloqador xakerlik guruhini butun dunyodagi tadqiqot institutlaridan COVID-19 vaksinasiga oid ishlanmalarni oʻgʻirlashga urinishda ayblaganidan bir oy oʻtib yangragan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bu ayblovlarning haqqoniy ekaniga “mutlaqo ishonishini” aytar ekan, Rossiyaning xatti-harakatlarini “oʻta xunuk va nomunosib ish” deb atagan.
Shuningdek, Xitoy rejimi ham COVID-19 vaksinasiga oid tadqiqotlarni oʻgʻirlashga uringani sabab, iyul oyida AQSH Xitoyni kiberjinoyatchilarga boshpana berayotgan mamlakat deb atagan edi.
Rossiya rejimi bir necha oy davomida yangi koronavirus pandemiyasi haqida faol dezinformatsiya tarqatib keldi, keyinroq bu Putinning Gʻarb sogʻliqni saqlash tizimlari va amerikalik olimlarni obroʻsizlantirishga qaratilgan uzoq muddatli kampaniyasining bir qismi ekanligi maʼlum boʻldi.
Mart oyida Yevropa Ittifoqi eʼlon qilgan tadqiqotga koʻra, Rossiyaning halokatli virus haqidagi dezinformatsion kampaniyasi butun dunyodagi odamlar hayotiga xavf solmoqda va sogʻliqni saqlash tizimlariga boʻlgan ishonchga putur yetkazib, Gʻarbdagi inqirozni yanada kuchaytirishga qaratilgan.
[Maqolani tayyorlashga Olmaotadan Kanat Altinbayev va Peshovardan Ashfaq Yusufzay koʻmaklashgan.]
Qanday qilib botqoq makakalari hali AQSH yoki Xitoyda ishlab chiqarilmagan vaksinani yaratishi mumkin?
Javob berishFikrlar 20
Kasallikning oʻzidan xavfliroq vaktsina degani nimasi? Uni Vladimir Vladimirovichga yuborish kerak. Iloji boʻlsa miyasiga.
Javob berishFikrlar 20
Loy va xashakdan qilingan moʻjizali vaksina
Javob berishFikrlar 20
Endi Rossiya vaksinani birinchi boʻlib ishlab chiqarish uchun oʻzini osishga ham tayyor boʻladi. Lekin, baribir bunga aqli kamlik qiladi-da. Hamma aqllar Putinning “barqarorligidan” iloji boricha uzoqroq boʻlish uchun Gʻarbga oqib ketgan.
Javob berishFikrlar 20
Rossiya dunyoni qutqaradi. Ajoyib.
Javob berishFikrlar 20
Rossiyaning shayton-vaksinasi. Amerika yoki Isroilniki boʻlsa tuzuk.
Javob berishFikrlar 20
Yaxshiyam ogohlantirishdi, boʻlmasa bizda koʻpchilik hali tekshirilmagan bu vaksinani sotib olmoqchi. “Rossiyada ishlab chiqarilgan” boʻlgani uchun oʻta sifatsiz boʻlsa kerak.
Javob berishFikrlar 20
Dunyo boʻylab jami oltita yuqori sifatli koronavirus vaksinasi ishlab chiqilmoqda. [Ularning samara berishiga] umid bor. Ammo qichitqi oʻt va chirigan klyukvadan tayyorlangan rus vaksinasi shunchaki kulgili.
Javob berishFikrlar 20
Mening fikrim: koronavirus anchadan beri bor; 70-80-yillarda chiqqan tibbiy kitoblarni oʻqib koʻring. Bugungi kunda oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar tufayli inson immuniteti zaiflashdi, hayotiy muhim elementlar boʻlgan havo va suv ifloslandi. Buning ustiga, uyali aloqa kompaniyalari 4G va 5Gni joriy qilishmoqda, bu immunitetni yanada zaiflashtiradi. Putin vaksina yaratilgani haqida eʼlon qildi va bu juda yaxshi. Xorijdagilar (yaʼni boshqalar) bunga shubha bildirishmoqda; sogʻlom shubha boʻlgani ham yomon emas. Ammo buning yaxshi tarafi – doim nimagadir intilish kerak. Putinning vaksina haqidagi soʻzlariga siyosatni aralashtirish ahmoqlikdir!
Javob berishFikrlar 20
Aroqdan vaksina oʻylab topishdimi rossiyalik olimlar?
Javob berishFikrlar 20
AQSH bu vaksina yuzasidan oʻz fikrini bildirib boʻldi. U shunchalik tekshirilmagan va ishonchsiz ekanligidan ular bu vaksina bilan hatto maymunlarni ham emlamaymiz deyishdi.
Javob berishToʻgʻri, oʻzlarining maymundan boʻlgan aholisi uchun bermaydi )
Javob berishDemak ruslar maymunlardan ham pastroq ))
Javob berishFikrlar 20
Rossiya bu vaksinani hech kimga taklif qilmayapti-ku. Uni kamida ikki yil ichida eksportga chiqarishi mumkin. Birinchi navbatda, Rossiya aholisini emlash kerak; xorijdagilar haqida gap boʻlishi mumkin emas. Aytgancha, bu nou-xau sirini hech kim amerikaliklar bilan boʻlishmoqchi emas. Ular esa moʻltirab turishibdi. Shunday ekan, Amerikaning demokratik vaksinasini kuting.
Javob berishFikrlar 20
Rossiya vaksinasini qabul qilishdan koʻra koronavirus bilan kasallanish osonroq.
Javob berishFikrlar 20
Tubanlashgan va tamoman miyasi aynigan rossiyaliklar bunday vaksina yarata olishmaydi. Bu unchalik qiyin ishmas oʻzi.
Javob berishMenga qara, aqlli. Murakkab emas deyapsan, sening hukumating bu borada nimani qoyil qildi? Pisib oʻtir yaxshisi!
Javob berishHozir Angliyada yashayapman; Angliyada bir vaqtning oʻzida bir nechta vaksinalar ishlab chiqilmoqda. Vaksina nima? U oʻlik yoki zaiflashgan virus shtammlaridir. Hech qanday murakkab narsa yoʻq bu yerda.
Javob berishUnda nimaga Angliyadan turib Karvonsaroyni oʻqiyapsan?
Javob berishOʻzingchi, Amerika saytlarida pishirib qoʻyibdimi senga?
Javob berishFikrlar 20