Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari Janaoʻzenda gumondor ekstremistlarni hibsga oldi

Aydar Ashimov

Suratda: 7-avgust kuni Janaoʻzenda noqonuniy qurol saqlashda ayblanib hibsga olingan ikki erkakdan biri. [KNB]

Suratda: 7-avgust kuni Janaoʻzenda noqonuniy qurol saqlashda ayblanib hibsga olingan ikki erkakdan biri. [KNB]

NUR-SULTON – 7 avgust kuni Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari Janaoʻzenda ekstremistik harakatga aloqadorlikda gumonlangan ikki kishini hibsga oldi, deb xabar beradi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi [KNB].

“Tintuv chogʻida bir qancha ashyoviy dalillar, jumladan ikkita avtomat, uchta toʻpponcha, shovqinni pasaytiruvchi moslama va oʻq-dorilar topilib, musodara qilindi”, deyiladi KNBning 10-avgust kungi bayonotida.

Hozirgi vaqtda noqonuniy tarzda oʻqotar qurollar tayyorlash va sotish, shuningdek sudlanuvchilarning ekstremistik jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari jinoyatchilar va ekstremistlar qoʻliga qurol tushib qolishining oldini olish maqsadida mamlakat hududida noqonuniy qurollarni musodara qilish operatsiyalarini oʻtkazib kelmoqda.

7-avgust kuni Janaoʻzen shahrida KNB xodimlari tomonidan musodara qilingan avtomat va toʻpponchalar. [KNB]

7-avgust kuni Janaoʻzen shahrida KNB xodimlari tomonidan musodara qilingan avtomat va toʻpponchalar. [KNB]

Iyul oyida Qozogʻiston politsiyasi aholidan noqonuniy qurollarni sotib olish boʻyicha har yilgi operatsiyani oʻtkazdi.

Iyunda Milliy xavfsizlik xizmati Atirau viloyatida ekstremistlardan iborat 5 kishilik jinoiy guruh aʼzolarini hibsga olgan edi.

Undan avval, may oyida jinoiy guruhlardan qurollarni musodara qilishga qaratilgan Karu (Qurol) operatsiyasi oʻtkazilgan.

Oʻsha oyning oʻzida KNB Olmaota viloyatida ikkita uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyib, ulardan 11 ta oʻqotar qurol va oʻq-dorilar musodara qildi.

Doimiy saʼy-harakatlar

Huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatdagi ekstremistik unsurlarga nisbatan hushyor turishlari kerak, deydi nur-sultonlik siyosatshunos Yernar Beysaliyev.

“Huquq-tartibot idoralari doimiy ravishda “uyqudagi” ekstremistik boʻlinmalarni aniqlash ustida ish olib bormoqda. Terrorizm xavfini hech kim inkor eta olmaydi”, dedi u.

Xavfsizlik organlari va politsiyaning oshkora yutuqlari “aysbergning uchi” xolos, deydi u.

“Menimcha, hamma narsani ham gapirib, koʻrsatib boʻlmaydi”, deb qoʻshimcha qildi u. “Operativ choralar, maxfiy tarzda buzgʻunchi tashkilotlar safiga kirish... ishlari davom etyapti.”

“Bunday toʻxtovsiz kurash oʻz samarasini bermoqda – yaqin orada Qozogʻistonda hech qanday terrorchilik xuruji sodir etilgani yoʻq”, dedi Beysaliyev.

Jinoiy toʻdalar va terrorchi guruhlar oʻzaro hamkorlik qilib turadi. Ekstremistlar giyohvand moddalar savdosi, tovon puli talab qilish maqsadida odam oʻgʻirlash yoki oʻgʻirlangan narsalarni sotish orqali keladigan daromaddan hazar qilmaydilar, dedi u.

Bundan tashqari, ekstremist guruhlar oʻz manfaatlari yoʻlida aholining zaif qatlamlarini nishonga olishda koronavirus pandemiyasidan foydalanmoqda.

“Bugungi pandemiya sharoitida Internet orqali yollash yanada jiddiyroq muammoga aylanmoqda”, dedi u. “Odamlar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ular ijtimoiy yakkalanish mashaqqatini tortib, ijtimoiy tarmoqlarga koʻproq vaqt sarflashmoqda.”

“Bularning bari yovuz kuchlarning tashviqoti va yollash faoliyati uchun qoʻl kelishi mumkin”, dedi Beysaliyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Terrorizmga olib boruvchi moliyaviy muammolar haqidagi bemaʼni gaplarni bas qiling. Koʻp mamlakatlarda terror yoʻliga kirmagan oʻta kambagʻal odamlar bor. Bu hozirgi kunda asosan radikal diniy harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan hodisa.

Javob berish