Karvonsaroy
Salomatlik

COVID-19 vatani boʻlmish Uxandagi hayot bazmga aylandi

Karvonsaroy va AFP

15-avgust kuni olingan surat: Uxan shahridagi basseyn ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar. [STR/AFP]

15-avgust kuni olingan surat: Uxan shahridagi basseyn ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar. [STR/AFP]

UXAN, Xitoy – Butun dunyo COVID-19 pandemiyasi tufayli misli koʻrilmagan yoʻqotishlarga duch kelayotgan bir paytda, halokatli koronavirusning vatani boʻlmish Xitoyning Uxan shahri aholisi har qachongidan ham koʻproq vaqtichogʻlik qilmoqda.

Dam olish kunlari Uxanning mashhur “Maya Bich” akvaparki choʻmilish kiyimlari va himoya koʻzoynaklarini taqib, elektron musiqa sadolari ostida raqsga tushayotgan, ayrimlari rezina qayiqlarda, boshqalari esa koʻkragigacha suvga tushgan minglab odamlar bilan toʻldi.

Choʻmilish havzasi Uxanda 76 kun davom etgan karantindan soʻng, iyun oyida ochilar ekan, endilikda bu yerdagi hayot oʻz meʼyoriga qaytgan koʻrinadi.

Suv havzasi oldidagi sahnada turgan ijrochilardan biri tomoshabinlarga qoʻl silkar ekan, toʻplangan olomon unga javoban qoʻl silkitgan, ayrimlar esa boʻyinlariga osilgan himoyaviy plastik karmondagi telefonlari bilan buni suratga olar edilar.

15-avgust kuni shou koʻrishga kelgan minglab tomoshabinlar, Xitoyning Uxan shahri. [STR/AFP]

15-avgust kuni shou koʻrishga kelgan minglab tomoshabinlar, Xitoyning Uxan shahri. [STR/AFP]

15-avgust kuni Uxandagi basseynda tomosha koʻrayotgan minglab xitoyliklar. [STR/AFP]

15-avgust kuni Uxandagi basseynda tomosha koʻrayotgan minglab xitoyliklar. [STR/AFP]

Suv ustida uchish qurilmasidagi boshqa bir ijrochi esa yelkasi osha uchqunlar sochib, odamlar ustidan parvoz qilar edi.

Sahnada – yorqin sariq rangli quloqchinlar taqib olgan didjey. Ayrimlar himoya nimchalarini taqib olgan boʻlsa-da, kecha ishtirokchilarining hech birida niqob yoʻq edi.

Dunyo boʻylab tarqalib, yuz minglab odamlar hayotiga zomin boʻlgan va iqtisodga ulkan zarar yetkazgan COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq ilk holatlar 11 million kishilik aholiga ega Uxanda oʻtgan yil oxirida qayd etilgan.

Dunyoning ishonchsiz nazari

Betashvish shod-xurramlikka toʻla bunday manzaralar Uxandan chiqqan mislsiz pandemiyadan aziyat chekayotgan butun dunyodagi odamlarga yoqmasligi tayin.

Dushanba (17-avgust) holatiga koʻra, dunyo boʻylab 21 milliondan ortiq odam COVID-19 bilan kasallangan, 770 ming odam kasallik tufayli hayotdan koʻz yumgan. Virus dunyoning har bir mamlakatiga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va aholi salomatligi uchun misli koʻrilmagan ziyon keltirdi.

Dunyo boʻylab vaziyatni kuzatayotganlar Pekin oʻzini pandemiyaning global qahramoni sifatida koʻrsatishga harakat qilayotganidan mamnun emaslar.

Xitoyning dezinformatsiya choralariga soʻnggi misollardan biri – Xitoy milliy muzeyida ochilgan “Kuch birligi” deb nomlangan yangi koʻrgazma boʻlib, unda inqirozga qarshi kurashda erishilgan muvaffaqiyatlarni madh etuvchi rasmlar, haykallar va xattotlik namunalari namoyish etilgan.

Shunday boʻlsa-da, Xitoyning “mardonavor xatti-harakatlar” haqidagi iddaolari uning pandemiyadagi haqiqiy roliga ziddir.

Xitoy rasmiylari halokatli kasallik avj olayotganini bila turib, deyarli bir hafta sukut saqladilar va Uxandagi virusning dunyo boʻylab tarqalib ketishiga yoʻl qoʻyib, epidemiyaga oid dalillarni yashirish yoki yoʻqotishga urindilar.

Inqiroz boshlanganidan beri, Pekin fitna nazariyalarini targʻib qilish orqali koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishgava ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot makonini virus haqidagi dezinformatsiya bilan toʻldirishgaurindi.

Bu orada Xitoy kompaniyalari pandemiyani daromad manbaiga aylantirganlar.

Mart-may oylari oraligʻida Xitoy 50 milliard donadan ortiq niqob eksport qilgan, bu oʻtgan yilgi hajmdan 10 marta koʻp, deydi tahlilchilar.

Bu kabi choralar doirasida Xitoy rasmiylari Shinjon hududidagi musulmon ozchilikni shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlashga majburlamoqdalar. Xitoyning bu turdagi aksar mahsulotlari yaroqsiz va samarasiz deb topilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mahalliy aholi hech qachon bunday xursandchilik qilmagan deysizmi??? COVID-19dan avval qanday boʻlgan ekan??? Iltimos, “hech qachon” degan gaplaringiz va taassublaringizni yigʻishtiring.

Javob berish

Rutiniyaning (Rossiya) istilo salohiyati 1941-1945-yillardagi Ikkinchi Jahon urushi davomida tugab boʻlgan, Xitoy ekspansiyasi Putinning bemaʼni uydirmasidan xavfliroq.

Javob berish