Karvonsaroy
Salomatlik

Virus tufayli vayron boʻlayozgan Eron ham Rossiya “vaksinasiga” ishonmayapti

Karvonsaroy va AFP

Tehron koʻchalaridan ketayotgan himoya niqobidagi eronlik ayol, 9-avgust. (ATTA KENARE/AFP)

Tehron koʻchalaridan ketayotgan himoya niqobidagi eronlik ayol, 9-avgust. (ATTA KENARE/AFP)

TEHRON – Dunyo boʻyicha eng koʻp COVID-19 bemorlari va oʻlim holatlarini qayd etgan Eron seshanba (18-avgust) kuni Kremlning xavfsiz koronavirus vaksinasi ishlab chiqqaniga shubha bildirdi.

11-avgust kuni Rossiya hukumati dunyoda birinchi boʻlib COVID-19 ga qarshi “barqaror immunitet” hosil qiluvchi vaksina yaratgani va insonlardagi sinovlar soʻnggi bosqichda ekanligini eʼlon qilgan.

Dunyodagi sogʻliqni saqlash sohasi olimlari va tibbiyot mutaxassislari bu iddaolar yuzasidan xavotir bildirgan. Ularning aksariyati tasdiqlanmagan va sinovdan oʻtmagan dori COVID-19 virusidan ham xatarliroq boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Fevral oyida ilk kasallanish holatlari qayd etilishi ortidan Eron Yaqin Sharqdagi eng ogʻir epidemiyaning oldini olishda qiyinchiklarga duch keldi, lekin shunday vaziyat ham rahbariyatni shoshma-shosharlik bilan ishlab chiqarilgan vaksinani eronliklarda sinab koʻrish va ularni xavf ostida qoldirishga majburlay olmagan.

“Biz Rossiyadan vaksinani sotib olishdan avval xalqaro hamjamiyat, jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining xulosasini kutamiz”, dedi Eronning COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha ishchi guruhi aʼzosi Alirizo Zaliy.

“Vaksina qoʻllanilishi uchun Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kabi haqiqiy va mustaqil tashkilotlar oʻz fikrini bildirishi va uni tasdiqlashi kerak, ammo hali bunday boʻlmadi”, deb aytgan u Tehronda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Shubhali iddaolar

Vaksinani ishlab chiqargan davlat boshqaruvidagi Gamaleya instituti tadqiqotchilari bir necha oy avval dori namunasini oʻzlarida sinab koʻrganlar, mutaxassislar bu qadamni odamlar ustidan noanʼanaviy va shoshilinch sinov oʻtkazish deya baholagan.

Kuzatuvchilar rossiyalik tadqiqotchilarning natija koʻrsatish uchun pala-partish ish olib borayotgani va hukumat bosimi ostida harakat qilayotganidan xavotir bildirganlar.

“Xavfsiz va samarasiz boʻlgan har qanday vaksinadan kelib chiquvchi salbiy taʼsirlar hozirgi muammolarimizni yanada kuchaytirishi mumkin”, deydi Londonning Imperial kolleji immunologi Denni Altman.

Kreml birinchi boʻlish istagida xavfli yoki samarasiz “vaksinani” chiqarishga bir nechta sabab bilan tavakkal qilayotgan boʻlishi mumkin.

Prezident Vladimir Putinning Rossiyadagi mashhurligi soʻnggi yillarda tushib ketgan bunga iqtisodning doimiy tushib borishi va jahon sahnasidagi notoʻgʻri qadamlari sabab boʻlgan. Uzoq kutilgan vaksinani qoʻlga kiritganligi haqidagi iddaolar Putinning soʻnggi siyosiy nayranglaridan boʻlishi mumkin, deydi kuzatuvchilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Barakalla, eronliklar.

Javob berish

Bu vaksina hali hech kim tomonidan sinalmagan. U Rossiyada ishlab chiqarilgan boʻlsa, sifatsiz va xavfli boʻlishi mumkin. Qiyshiq qoʻl rus mutaxassislari bir litr aroqdan murakkabroq narsa oʻylab topishga qodir emaslar.

Javob berish