Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Kremlning import boji qozogʻistonlik qadoq ishlab chiqaruvchilarga muammo tugʻdirmoqda

Anna Karr

Koʻkchatovdagi “Novopek” polietilen qadoqlar ishlab chiqaruvchi zavod, 20-mart. (Rustem Usmanovning shaxsiy arxivi)

Koʻkchatovdagi “Novopek” polietilen qadoqlar ishlab chiqaruvchi zavod, 20-mart. (Rustem Usmanovning shaxsiy arxivi)

OLMAOTA – Kreml Yevroosiyo bojxona ittifoqiga (YOBI) aʼzo davlatlar uchun import bojini joriy qilmoqchi. U joriy qilingan taqdirda, Qozogʻistondagi qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ittifoq aʼzosi boʻlmagan mamlakatlardan xomashyo sotib olishdan foyda koʻrmaydilar.

YOBI – Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarning Bojxona ittifoqidir.

Fevral oyida Rossiya YOBIga aʼzo boʻlmagan davlatlardan polimer xomashyosi importi uchun 6,5 foizlik boj joriy qilish taklifini bildirdi, deydi Qozogʻiston qadoqlash korxonalari uyushmasi rahbari Nur-Sultonlik Batirbek Aubakirov.

Uning aytishicha, bunday xomashyo materiallari oziq-ovqat, isteʼmol mahsulotlari va qurilish mollari qadoqlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev oʻtgan yil dekabrda Koʻkchatovdagi “Novopek” zavodiga tashrif buyurgan. (Rustem Usmanovning shaxsiy arxivi)

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev oʻtgan yil dekabrda Koʻkchatovdagi “Novopek” zavodiga tashrif buyurgan. (Rustem Usmanovning shaxsiy arxivi)

Bunday qadoqlarning ahamiyati koronavirus pandemiyasi davrida yanada ortdi, zero ular odamlarni kasallanishdan himoya qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

“Boj haqidagi muhokamalar fevral oyida boshlangan va keyinroq yanada faollashdi. Bugun insayderlik manbalarim orqali Yevroosiy iqtisodiy komissiyasi (YOIIning ijrochi organi) bojni maʼqullaganini bildim”, deb aytgan Aubakirov 18-avgust kuni.

Bu chora hali rasman tasdiqlanmagan.

Aubakirovga koʻra, 2015-yilda qozogʻistonlik qadoqchilar xomashyoni rossiyalik taʼminotchilardan sotib olishni boshlaganlar, ammo ular sifatsiz boʻlib chiqqan.

Oʻsha yili mavsum avjida (bahor, yoz va kuz oylari) xomashyoga talab kuchaygan vaqtda rossiyalik taʼminotchilar xomashyoni birinchi navbatda Rossiya zavodlariga yetkazib berdi, keyin esa narxlarni oshira boshladi, dedi u.

Natijada qozogʻistonlik qadoqchilar Shveytsariya, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreyadan hamkorlar izlay boshladilar. Ularning xomashyosi nafaqat sifatli, balki Rossiyadan ancha uzoqda boʻlishiga qaramay, narxi Rossiyanikidan arzonroq ham edi, dedi Aubakirov.

“Boshqacha qilib aytganda, Rossiya bilan ishlash qanchalik foydasiz ekanligi maʼlum boʻldi”, dedi u.

“Ammo ularning neft-kimyo zavodlari oʻz mijozlarini boy berayotganini anglab yetgach, rossiyaliklar YOBIga aʼzo boʻlmagan davlatlardan polipropilen xomashyo mahsulotlar importi uchun 6,5 foizlik boj joriy etish taklifini ilgari sura boshladi. Ular bizni rossiyalik zavodlarga qaytarmoqchi”, dedi Aubakirov.

Import boji tufayli xorijlik hamkorlar oʻz mahsulotlari narxini oshirishga majbur boʻladilar, qozogʻistonlik qadoqchilar rossiyalik taʼminotchilardan voz kechadigan boʻlsalar, koʻproq xarajat qiladilar, dedi u.

Qadoqlash narxi oshsa, oziq-ovqat ham qimmatlashadi, deydi Aubakirov. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi qozogʻistonlik isteʼmolchilarning karmoniga ziyon keltiradi va Qozogʻiston ayni damda kurashayotgan inflyatsiyani kuchaytirib yuborishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.

Bunga muqobil ravishda xorijiy raqobatga duch kelgan qadoqchilar narxlarni oshirishdan bosh tortishi, bankrot boʻlishi va ularning oʻrniga Qozogʻistonga Rossiya kompaniyalarining kirib kelishiga yoʻl qoʻyishi kerak, deb qoʻshimcha qildi Aubakirov.

“Ayni vaziyatda nafaqat Qozogʻiston, balki Qirgʻiziston va Armaniston ham zarar koʻrishi mumkin, chunki ular ham YOBI tarkibida va boj ular uchun ham amal qiladi”, dedi u.

Rossiya manfaatlari hukmron

“Novopek Group” qadoqlash kompaniyasi bosh direktori, koʻkchatovlik Rustem Usmanovga koʻra, bunday bojlar polimer xomashyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Rossiyaning yirik neft-kimyo zavodlarigagina foyda keltiradi, kichik va oʻrta biznes sohasidagi qozogʻistonlik qadoqlash korxonalari undan faqat zarar koʻradilar.

“Biz qoʻshni davlatlar – Ozarbayjon, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan raqobat tufayli narxlarni oshira olmaymiz”, dedi u.

“Ulardagi narx arzon boʻladi, chunki ular Bojxona ittifoqi tarkibiga kirmaydilar, yaʼni ularga nisbatan bojlar qoʻllanilmaydi”, deydi Usmonov.

“Bundan tashqari, bu mamlakatlarda Rossiya korxonalarining mahsuloti Qozogʻistonga nisbatan ancha arzon sotiladi, chunki boshqa xomashyo yetkazib beruvchilar bilan raqobat mavjud”, dedi u.

Natijada bu yoʻnalishdagi qozoq kompaniyalari kasodga uchrabgina qolmay, balki hukumatning kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflayotgan yirik mablagʻlari ham behuda ketishi mumkin.

Bularning bari Bojxona ittifoqida Rossiyaning manfaatlari birlamchi ekanligi sabablidir, dedi u.

Iqtisodiy majburlash siyosati

Bu Rossiya rejimining iqtisodiy majburlov choralari Qozogʻiston sanoatiga zarar yetkazishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.

2018-yil boshida Moskva Yevroosiyo Bojxona Ittifoqiga (YOBI) kirmaydigan davlatlardan shakar importiga bojlarni oshirgan edi.

Import va mahalliy ishlab chiqarishning toʻxtab qolgani Qozogʻistonda shakar tanqisligini keltirib chiqardi, natijada ishlab chiqaruvchilar Rossiyadan shakar sotib olishga majbur boʻldilar va mahalliy biznes xavf ostida qoldi.

Oʻtgan yil oktyabr oyida YOBI tomonidan qabul qilingan qoidalar ichki bozorda sut sotayotgan mahalliy qozoq fermerlarini siqib chiqarib, Rossiya korxonalarigagina foyda keltiradi, deydi kuzatuvchilar.

Ayni vaqtda Moskva ittifoqqa aʼzo davlatlar imkoniyatlarini cheklab, oʻz taʼsirini iqtisodiy masalalardan tashqariga kengaytirishga urinmoqda.

May oyida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev YOIIning sogʻliqni saqlash, taʼlim va fan kabi sohalardagi taʼsirini kengaytiruvchi loyiha taklifini rad etgan.

“2025-yilga moʻljallangan Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari” deb nomlangan bu taklif 19-may kuni muhokama qilingan.

“(Bu kabi) masalalarning toʻliq Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi vakolatiga kiritilishi uning iqtisodiy yoʻnalishini sezilarli oʻzgartirishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, bu YOII tashkil etilishiga oid 2015-yilgi shartnoma mohiyatiga ziddir”, deb aytgan Toʻqayev sammit chogʻida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu ittifoq bizni yoʻq qilishidan avval uni darhol tark etishimiz kerak! Rossiya faqat oʻz manfaati va foydasi uchun lobbizm bilan shugʻullanadi; biz ularni qiziqtirmaymiz!

Javob berish

Rossiya bilan ittifoqdan chiqish kerak

Javob berish

Ittifoqni tark etish kerak. Boʻq yesin*))

Javob berish