Karvonsaroy
Salomatlik

Soʻrovnoma: aksar rossiyalik shifokorlar Moskvaning COVID-19 vaksinasini qoʻllamaslik tarafdori

Karvonsaroy

Rossiyaning biotexnologik kompaniyasi xodimi koronavirus vaksinasi ustida ishlamoqda, Sankt-Peterburg, 20-may. (Olga Maltseva/AFP)

Rossiyaning biotexnologik kompaniyasi xodimi koronavirus vaksinasi ustida ishlamoqda, Sankt-Peterburg, 20-may. (Olga Maltseva/AFP)

MOSKVA – Rossiyada oʻtkazilgan soʻrovda ishtirok etgan shifokorlarning yarmidan koʻpi Kremlning maqtalgan koronavirus vaksinasiga ishonmasligini aytdi. Bu haqda shu oy avvalida Rossiyaning “RBK” nashri xabar bergan.

3040 nafar doktordan 52 foizi “Sputnik V” vaksinasini bemorlarda qoʻllamaslik tarafdori.

Vaksinaga ishonchsizlikni izohlab berish soʻralganida, ishtirokchilarning 66 foizi uning samarasi haqida yetarli maʼlumotlar yoʻqligini, 48 foizi esa muvaffaqiyatli vaksinani bu qadar tez ishlab chiqish imkonsizligini taʼkidlashgan.

“RBK” nashriga Rossiya prezidentining ittifoqdoshi Grigoriy Berezkin rahbarlik qiladi. Davlat ommaviy axborot vositasi boʻlgan “RIA” chop etgan soʻrovnoma natijalari ham salbiy boʻlib chiqqan.

Tibbiy mutaxassislar ogohlantirmoqda

11-avgust kuni vaksina katta dabdaba bilan eʼlon qilingach, dunyo boʻylab sogʻliqni saqlash sohasi olimlari va tibbiy tahlilchilar oʻz xavotirlarini bildira boshladilar. Ularning koʻpchiligi tasdiqlanmagan va sinovdan oʻtmagan dori vositasi COVID-19 virusidan ham xavfli boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.

Vaksinani ishlab chiqargan davlat boshqaruvidagi Gamaleya instituti tadqiqotchilari bir necha oy avval dori namunasini oʻzlarida sinab koʻrganlar, mutaxassislar bu qadamni odamlar ustidan noanʼanaviy va shoshilinch sinov oʻtkazish deya baholashgan.

Kuzatuvchilar rossiyalik tadqiqotchilarning natija koʻrsatish uchun pala-partish ish olib borayotgani va hukumat bosimi ostida harakat qilayotganidan xavotirda.

“Xavfsiz boʻlmagan va samarasiz har qanday vaksinaning bilvosita zarari hozirgi muammolarimizni yanada kuchaytirishi mumkin”, deydi Londonning Imperial kolleji immunologi Denni Altman.

COVID-19 virusiga chalinganlar va vafot etganlar soni boʻyicha dunyo yetakchi mamlakatlardan biri boʻlgan Eron ham 18-avgust kuni Rossiyaning koronavirusga qarshi ishlab chiqargan xavfsiz vaksinasiga ishonchsizlik bildirdi.

“Vaksina qoʻllanilishi uchun Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kabi haqiqiy va mustaqil tashkilotlar oʻz fikrini bildirishi va uni tasdiqlashi kerak, ammo hali bunday boʻlgani yoʻq”, deb aytgan Eronning COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha ishchi guruhi aʼzosi Alirizo Zaliy Tehronda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maqtalgan vaksinalarini oʻzlari ham ishlatgisi kelmayapti.

Javob berish