OLMAOTA – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Belarusdagi vaziyatga aralashuv vaʼdasi Markaziy Osiyoda xavotirga sabab boʻldi. Mintaqadagi koʻpchilik kuzatuvchilar Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) harbiy blokining maqsadi, xatari va foydali tomonlarini savol ostiga qoʻymoqdalar.
Payshanba (27-avgust) kuni Putin Belarusda saylovlardan keyingi vaziyat yomonlashadigan boʻlsa, mamlakatga Rossiya harbiy kuchlarini kiritishga vaʼda bergan.
Postsovet mamlakati koʻchalari har kuni namoyishchilar bilan toʻlar ekan, ular 9-avgust kuni oltinchi muddatga saylangan avtoritar hukmdor Aleksandr Lukashenkoning isteʼfosini talab qilmoqdalar.
Namoyishlarni bostirish uchun kuch tuzilmalarini ishga solgan Lukashenko politsiyaning zoʻravonlik va qiynoqlar qoʻllashi ortidan ayblovlar ostida qolgan.
Agar “ekstremistik kuchlar mashinalar, uylar va banklarga oʻt qoʻyishni, maʼmuriy binolarni egallab olishni boshlamasa” va “vaziyat chegaradan chiqmasa kuch qoʻllanilmaydi”, deb aytgan Putin zahiradagi kuchlarini nazarda tutib.
Putinning oʻz kuchlarini koʻz-koʻz qilishi dunyoning turli mamlakatlarida tanqidga uchradi.
Masalan, payshanba kuni NATO rahbari Yens Stoltenberg Kremlni Belarusdagi inqirozga aralashmaslikka chaqirdi.
“Belarus suveren va mustaqil davlat. Hech kim, jumladan Rossiya ham uning ishlariga aralashmasligi kerak”, deb aytgan Stoltenberg Germaniyaning Bild nashriga.
Kreml manfaatlari
Putin tomonidan berilgan bunday bayonotlar ikki hafta avval Rossiyaning qoʻllovi haqida eʼlon qilgan Lukashenkoga taskin bergan.
Kreml Belarusga “osoyishtalikni taʼminlash uchun har tomonlama yordam beradi”, deb aytgan Lukashenko 15-avgust kuni Minskning Belta onlayn nashriga koʻra.
“Shu sababli bugun Rossiya prezidenti bilan vaziyat yuzasidan batafsil soʻzlashdim. Aytish kerakki, men hayratda qoldim, yuz berayotgan voqealar uni qamrab olgan”, deb aytgan Lukashenko.
Belarusdagi norozilik namoyishlari Kreml uchun Putinning obroʻsi keskin tushib ketgan noqulay paytga toʻgʻri kelar ekan, namoyishlarni bostirish ortida Moskva turganini yaqqol koʻrsatuvchi alomatlar paydo boʻlgan.
Ommaviy namoyishlar va hibslar Moskva hamda mamlakatning boshqa hududlarida odatiy holga aylanib qolgan. Hozirda Rossiyaning sharqiy qismida misli koʻrilmagan noroziliklar kuzatilmoqda.
Koʻplab kuzatuvchilarga koʻra, namoyishlarning Rossiyaga oʻtishidan qoʻrqayotgan Putin va uning rejimi tahlikada qolgan.
Shu oy boshida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning hayotiga qilingan suiqasd Kremlning Belarus inqiroziga qanchalik jiddiy qarayotganining yana bir belgisidir.
Belorussiyada strategik jihatdan ahamiyatli ikkita harbiy obyektga ega Rossiyaning bu yerda yirik harbiy manfaatlari ham bor.
“Birinchi obyekt – 5000 km masofada Rossiya tarafga uchayotgan har qanday raketani aniqlay oladigan kuzatuv stansiyasidir”, deydi moskvalik jurnalist Maksim Shevchenko “Exo Moskvi” radiostansiyasiga bergan intervyusida.
“Ikkinchisi – Minsk yaqinida joylashgan harbiy-dengiz flotining shtabi boʻlib, u Rossiyaning barcha yadroviy suv osti kemalari bilan aloqani taʼminlaydi”, dedi Shevchenko Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining 43-aloqa markazini nazarda tutib.
Belarusda Ukraina kabi Rossiyaga dushman boʻlgan boshqa bir davlatning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Kreml qoʻlidan kelganini qiladi, dedi Shevchenko.
KXSHT borasidagi shubhalar
KXSHTning belaruslik namoyishchilarni bostirish ehtimoli Markaziy Osiyolik tahlilchilarda koʻplab savollarni keltirib chiqargan.
KXSHT harbiy ittifoqi olti postsovet mamlakat – Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va Armanistondan tarkib topgan.
Ittifoqning asosiy prinsiplari shundan iboratki, uning aʼzolari boshqa harbiy alyanslarga qoʻshila olmaydilar, uning bitta aʼzosiga nisbatan tajovuz hammaga qarshi tajovuz oʻlaroq qabul qilinadi.
“Harbiy tarkibga keladigan boʻlsak, bizning Rossiya Federatsiyasi bilan Ittifoq davlati va KXSHT tarkibidagi kelishuvimiz bor. Bular aynan shu kelishuvga mos keluvchi masalalardir”, dedi Lukashenko 15-avgust kuni Belarusga xorijiy qoʻshinlar kiritilishini nazarda tutib.
20 yildan beri postsovet mamlakatlardagi voqealarni yorituvchi Kiyevda yashaydigan daniyalik jurnalist Maykl Andersenning soʻzlariga koʻra, Kreml oʻzining strategik maqsadlari yoʻlida muntazam ravishda ODKBdan foydalanadi.
Xususan, uning taxmin qilishicha, Kreml Moskva taʼkidlaganidek, “KXSHT mamlakatlari harbiy xavfsizligini taʼminlash” uchun emas, balki siyosiy sabablarga koʻra Markaziy Osiyo mamlakatlarida raketaga qarshi mudofaa tizimlarini oʻrnatmoqda.
KXSHT aʼzo davlatlar xavfsizligiga sunʼiy ravishda tahdid “yaratib”, Belarusdagi kabi voqealarda aybdorlarni topishga harakat qiladi – odatda bular Gʻarb mamlakatlari boʻladi, deydi bishkeklik siyosatshunos va Qirgʻizistonning din ishlari boʻyicha davlat komissiyasining sobiq direktori Oʻrozbek Moldaliyev.
KXSHTga aʼzo davlatga harbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror Rossiya rejimi uchun foydali boʻlsagina qabul qilinadi, dedi u Moskvaning 2010-yili Qirgʻizistonda yuz bergan inqilob vaqtidagi xatti-harakatlarini nazarda tutib.
“2010-yili Oʻshda yuz bergan qonli voqealar vaqtida hukumatimiz Moskvadan yordam soʻradi – vaziyatni havodan kuzatib borish uchun bitta vertolyot va Oʻsh koʻchalarida barrikadalarni yorib oʻtish uchun bir nechta zirhli transportyorlar. Ammo oʻshanda Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Qirgʻiziston hukumatiga yordam berishdan bosh tortdi ”, deydi Moldaliyev.
Qirgʻiziston KXSHT aʼzosi boʻlishiga qaramay, oʻz kuchigagina tayanishga majbur boʻldi, dedi u.
Qirgʻiz askarlari Lukashenkoni qoʻllab-quvvatlash uchun Belarusga borishi juda shubhali, deb qoʻshimcha qildi u.
“Lukashenko saylovlarni soxtalashtirgani hammaga maʼlum. Batka [Lukashenko] oʻzi uchun toʻshak yozdi, endi yotaversin”, dedi Moldaliyev.
Boshqa tahlilchilar ham oʻz mamlakatlarini Belarusning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda.
Qozogʻiston investitsiyalar va rivojlanish vaziri oʻrinbosarining sobiq maslahatchisi, Nur-sultonlik siyosatshunos Gaziz Abishevga koʻra, xalqi ozodlik uchun kurashayotgan va avtoritar hukmdorga qarshilik qilayotgan Belarusning ichki ishlariga Qozogʻiston aralashmasligi kerak.
Olmaotalik siyosatshunos Islom Kurayevga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlarining KXSHTdagi ishtiroki doʻst davlatlar bilan munosabatlarga putur yetkazishi mumkin.
Turkiya va Ozarbayjon ishtirokida Armaniston chegaralari yaqinida oʻtkazilgan harbiy mashgʻulotlardan soʻng, KXSHT Rossiyaning Astraxan viloyatida, Ozarbayjon chegarasiga yaqin joyda oʻz mashqlarini oʻtkaza boshladi, deb yozdi u oʻzining Facebook sahifasida.
“Mashqlar goʻyoki Turkiya va Ozarbayjon oldida Rossiya oʻz muskullarini koʻz-koʻz qilayotganiga oʻxshaydi. Biz esa (qozoq, qirgʻiz va tojik qoʻshinlari) qardoshlarimizga qarshi turishimiz kerak boʻladi”, dedi Kurayev.
“Bu oʻta nomaqbul harakat boʻladi. Bunday tadbirlarda qatnashmagan maʼqul”, deb yozadi u.
Putin Belarusning ichki ishlariga aralashishga qo‘rqib qoldi.
Javob berishFikrlar 26
Qiziq, bu uydirma muallifi ekspertmi? Yolgʻon boʻyicha ekspert boʻlsa kerak. Vaziyatni keskinlashtirish va ixtilof qoʻzgʻash boʻyicha ham
Javob berishBuyurtmani bajarishyapti...
Javob berishFikrlar 26
“Qozogʻiston dashtlarini tadqiq qilgan G. N. Potanin oʻz asarlarining birida shunday yozadi: sibirlik rus-kazaklari Irbitda qullarni sotish uchun Qozogʻiston dashtlariga bostirib kirishgan.1743-yil noyabr oyida yuzboshi (leytenant) Doroxov boshchiligida ikki yuz saksonta kazak Qozogʻiston dashtiga bosqin uyushtirib, 42 ta erkakni qoʻlga olgan va keyinchalik qullikka sotgan, ular yoʻl-yoʻlakay 812 bosh qoramolni ham oʻgʻirlashgan.” Ikkinchi fakt: “Qozogʻistonlik qizlarni choʻri sifatida sotib olish 19-asr oʻrtalarigacha davom etgan. Qozoq qullarining narxlari (1737-yil): • 40 yashar ayol - 12 rubl; • 30 yashar erkak va ayol - 1 ot, 1 toy va 16 rubl; • 16 yashar yigit - 12 rubl; • 20 yashar yigit - 15 rubl. Oʻsha vaqtda bitta ot 91,5 tiyin boʻlgan. Uchinchi fakt: “1808-yilgi tsar qarorida: barcha erkin fuqarolar qirgʻiz bolalarni quyidagi holatlarda almashtirish va sotishga haqli ekanligi yozib qoʻyilgan: 1. Agar ular 25 yoshga yetsa 2. Sotayotgan yoki almashtirayotgan tomon Orenburg chegara komissiyasiga bu haqda xabar bergan boʻlsa 3. Har qanday xaridor oʻz mahbusini xohishiga qarab topshirishi mumkin.”
Javob berishFikrlar 26
Belorus xalqi uygʻondi; endi hech qanaqangi iflos Putler va qashshoq Rossiyaga oʻzinikini oʻtkazishga yoʻl qoʻymaydilar.
Javob berishFikrlar 26
Biz bunday befoyda Bojxona ittifoqi va koni ziyon boʻlgan KXSHTdan chiqishimiz kerak. Ular Rossiyaga doim birovlarning ishiga aralashish uchun bahona boʻlib qolaveradi.
Javob berishFikrlar 26
MARKAZIY OSIYODA HECH KIM QOʻRQAYOTGANI YOʻQ. ROSSIYA QOZOQLAR VA ULARNING YERIDA QIZIQMASADA QOZOGʻISTON QOʻRQMOQDA. ULAR XITOYLARDAN EHTIYOT BOʻLISHLARI KERAK, QANDAY SABAB BOʻLISHIDAN QATʼIY NAZAR AMMO ULAR BILAN DOʻSTLASHIB OLISHGAN.
Javob berishChunki Xitoy Rossiyadan ancha yaxshi; Hoy Rossiya, damingni ol va salomat boʻl.
Javob berishShimoliy Qozogʻiston yerlari Rossiyaga tegishli. Siz qozoqlar ertami kechmi bu yerlarni Rossiyaga qaytarasizlar
Javob berishRossiya yerlari – Moskva atrofidagi botqoqlar. Qolgan barcha hududlar ruslarniki emas va ertami-kechmi Rossiyadan ajralib chiqadi.
Javob berish“Saratov” sari tau, yaʼni sariq togʻ degan maʼnoni bildiradi
Javob berishFikrlar 26
Bizga KXSHT kerak emas. Rossiya bizdan foydalanmoqchi. Ruslarga qul boʻlmasligimiz kerak.
Javob berishFikrlar 26
Agar Belarusga tashqaridan kimdir hujum qilsa, KXSHT aralashadi. Belarusning ichki namoyishlari oʻzlarining ishi.
Javob berishFikrlar 26
M.O. davlatlari Turkiya Ozarbayjon ancha oldin birlashib, NATO kabi harbiy- iqtisodiy ittifoq tuzish kerak edi. Harbiylarimizni eng nufuzli Ga'rb, Turkiya va Isroil harbiy akademiyalarda o'qitib, NATO standartlariga o'tib,professional Armiya tuzish kerak. Shimolda Rusiya,Sharqda esa Xitoy kabi imperialistik davlatlar hududimizga ko'z tikib o'tirishlarini bir faqiqaga ham unutmasligimiz kerak. Uyg'ur birodarlarimix taqdiri doin ko'z oldimizda bo'lishi kerak.
Javob berishBashka charemiz yo'k, kardeshim
Javob berishMutlaqo qoʻshilaman. Turkiy davlatlar ittifoqini tuzish lozim. Bu ish allaqachon amalga oshirilmoqda.
Javob berishFikrlar 26
KXSHTning nima aloqasi bor? Rossiya va Belarus ittifoq davlat. Ichki muammolar yuzaga kelganda amalga oshirilishi kerak boʻlgan harakatlar qoidasi mavjud. KXSHT esa tashqi chegaralar uchun. Havotir olma Osiyo hech kimga sening suvereniteting kerak emas. Rossiyaning oʻz muammolari yetarli, bundan tashqari Rossiya fuqarolaringni ish bilan taʼminlaydi. Borining qadriga yet va ortiqcha tuhmat qilma.
Javob berishFikrlar 26
Rossiya imperiya boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. Xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham shunday. Sobiq sovet respublikalari boʻlgan suvenir mamlakatlar esa Rossiyaning yoʻldoshlari. Albatta, bu suvenir davlatlardagi natsistlar va marginallar Rossiyani yoqtirmasligi mumkin; shuning uchun ham ular natsist va marginallardir va ular doim boʻlgan. Ular kamchilikni tashkil qiladi, shuning uchun ham bu pastlarning akkillashiga ahamiyat berish kerak emas. Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz barcha suvenir mamlakatlar multi-vektor tashqi siyosat yuritadi (boshqa soʻz bilan aytganda fohishalik). Ular har narsadan bir chuqumdan olib qolishni xohlaydi. Qoʻllari yetmasligini esa tushunishmaydi. Grigoriyevich bilan ham xuddi shunday. Ularning hammasi multi-vektorligi bilan aniq bir toʻxtamga kelishi kerak boʻladi.
Javob berishFikrlar 26
Siyosiy tahlilchilarning safsatasi.
Javob berishFikrlar 26
Ruslar uzun, mishiqi burunlarini Belarusga suqishga allaqachon tayyor turishibdi.
Javob berishHamma ham emas, ammo ruxsati borlar, yana Taxtning tagida “yogʻli joyga” koʻz tikkan qashshoq, och qolgan, uysiz, ishsizlar pul olishi mumkin. Rutiniyada bundaylar “koʻpchilikni tashkil qiladi” – kundalik qullikning rezervi va suyanchigʻi.
Javob berishRossiya Belarusni Amerikadan, ularning malaylaridan, sotqin namoyishchilardan va xaosdan himoya qiladi. Anglo-saksonlar Ukrainada shunday toʻpolon qilib ketishgan edi. Yaqinda Qozogʻistonga ham yetib kelishadi.
Javob berishQozogʻiston Rossiyadan mustaqil
Javob berishQaram boʻlgansiz va butun hayotingiz davomida qaram boʻlasiz. Rossiyadan boʻlmasa, Amerikadan, Anglo-saksonlardan yoki Xitoydan. Ular tez boʻysundirib oladi.
Javob berishAlbatta mustaqil - yordam kerak boʻlguniga qadar.
Javob berishRossiya – Gʻarbga qaram xomashyo mustamlakasi.
Javob berishFikrlar 26