Karvonsaroy
Inson huquqlari

Xitoy mafkuraviy lagerlaridagi dahshatlar haqida sobiq mahbuslarning hikoyalari

Karvonsaroy

Shinjon viloyati, Qashgʻar shahridagi Iydgoh masjidida Ramazon hayiti namozini oʻqib, metro oldidan oʻtib ketayotgan uygʻur erkaklari, Xitoy, 5-iyun, 2019 yil. [Greg Beyker / AFP]

Shinjon viloyati, Qashgʻar shahridagi Iydgoh masjidida Ramazon hayiti namozini oʻqib, metro oldidan oʻtib ketayotgan uygʻur erkaklari, Xitoy, 5-iyun, 2019 yil. [Greg Beyker / AFP]

Xitoyning Shinjondagi qayta tarbiyalash maskanlarida boʻlgan yigirma sakkiz nafar sobiq mahbus ushbu maxfiy lagerlar ichida musulmonlar duch kelgan zulm, shafqatsizlik va xoʻrliklar haqida soʻzlab berganlar.

Soʻnggi bir necha yil ichida Pekin milliondan ortiq musulmonlarni, jumladan etnik qozoqlar va qirgʻizlarni “dahshatli va muntazam qonunbuzarliklar” sodir etiladigan lagerlarga majburan joylashtirgan boʻlib, qiynoqlar va ayollarni bichish amaliyotlari shular jumlasidandir.

BuzzFeed nashri tomonidan oʻtkazilgan va 27-avgust kuni eʼlon qilingan ikki qismdan iborat tekshiruv mahbuslarning kechinmalarini batafsil yoritib beradi.

Suhbatdoshlardan biri – Tacheng shahrida yashagan, 60 yashar etnik qozoq ayoli Nursaule.

Xitoyning Shinjon kommunistik partiyasi kotibining oʻrinbosari, Shinjon Uygʻur muxtor viloyati raisi Shuhrat Zokir oʻtgan yil 9-dekabr kuni Pekinda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida. Xitoy rasmiylarining iddaosicha, Shinjonda “inson huquqlarini hurmat qilish va himoyalashning asosiy tamoyillariga qatʼiyan rioya qilinmoqda”. [Nikolas Asfuri/AFP]

Xitoyning Shinjon kommunistik partiyasi kotibining oʻrinbosari, Shinjon Uygʻur muxtor viloyati raisi Shuhrat Zokir oʻtgan yil 9-dekabr kuni Pekinda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida. Xitoy rasmiylarining iddaosicha, Shinjonda “inson huquqlarini hurmat qilish va himoyalashning asosiy tamoyillariga qatʼiyan rioya qilinmoqda”. [Nikolas Asfuri/AFP]

Kunlardan bir kuni uy eshigi taqillashi ortidan eshikni ochgan Nursaule politsiya kiyimidagi ikki shaxs bilan kelgan ayolni koʻrdi. Ular Nursauleni “tibbiy koʻrikka” olib ketamiz, deb aytishgan.

Nursaule avvaliga klinikada bir qator qon tahlillarini topshirdi. Keyin unga ayrim tushunarsiz hujjatlarga imzo qoʻydirib olib, barmoq izlarini olishdi. Bir necha soat yemaksiz va suvsiz qoldi, shundan soʻng xitoylik politsiyachi uni “taʼlim berish uchun” olib ketishlarini aytdi.

“Moldek muomala qilishdi”

Xitoy politsiyasi uni qattiq qoʻriqlanadigan mashʼum lagerlardan biriga olib bordi. U yerda Nursaule qurollangan soqchilar va jangovar itlar yonida, oʻnlab boshqa erkak va ayol mahbuslar oldida kiyimlarini yechib, lager formasini kiyishga majbur boʻldi.

“Biz safga tizilib, koʻk uniformani kiyish uchun kiyimlarimizni yechdik. Xonada erkak va ayollar aralash edi”, deydi 2018-yil fevral oyida hibsga olingan qozoq millatiga mansub 48 yashar farmatsevt Parida. “Ular biz bilan chorva mollari kabi muomala qilishdi. Yigʻlagim keldi. Begonalar oldida kiyimimni almashtirishdan shu qadar uyaldimki...”

Shundan keyin xitoyliklar uning sochini kalta qilib olishgan.

“Sochimni kaltalatishni xohlamagandim”, dedi Nursaule. “Qozoq ayoli uchun uzun sochlar juda muhim. Men ularni kichkinaligimdan beri oʻstirar edim, umrimda kestirmagandim. Soch – ayolning husni”.

“Ushlanganlar vaqti-vaqti bilan soʻroqqa tutilib, goʻyoki sodir etgan “jinoyatlari” – diniy amallar, xorijiy sayohatlar va Internetdagi faoliyatlariga oid maʼlumotlarni qayta-qayta takrorlashi talab etilardi”, deyiladi hisobotda. “Bu suhbatlar tergovchilar tomonidan puxtalik bilan hujjatlashtirilgan. Koʻp hollarda mahbuslarga “oʻzi haqida tanqidiy iqrornomalar” yozdirilar edi. Oʻqish va yozishni bilmaydiganlarga hujjatga qoʻl qoʻydirib olingan.”

Kuzatuv kameralar va soqchilar bilan cheklanmasdi. Tunda mahbuslarning oʻzlari xonalarida boshqa mahbuslar ustidan galma-gal navbatchilik qilishga majbur edilar. Agar xonadagilardan biri kimdir bilan tortishib qolsa yoki xitoy tilida emas, uygʻurcha yoki qozoqcha gaplashsa – navbatchilarning oʻzi ham jazoga tortilar edi. Odatda ularni kaltaklashar, ayollarni esa koʻp hollarda, yakkalik kameraga oʻtkazar edilar.

Bir necha kun yolgʻiz va kishanband

Nursaule biror marta kaltaklanmaganini, lekin bir kuni u boshqa mahbus bilan janjallashib qolganida soqchilar uning boshiga qop kiydirib, yakkalik xonaga joylashtirishganini aytgan.

U uch kun davomida deraza va chiroqlari boʻlmagan kichik bir xonada, toʻpiqlari bir-biriga bogʻlangan holda yolgʻiz qolgan. Xonada faqat temir kursi va chelak bor edi.

BuzzFeed News bilan suhbatda boʻlgan deyarli har bir mahbus bir lagerdan ikkinchisiga koʻchirilganini, odamlar hibsxonalarga toʻxtovsiz ravishda kelib ketishini aytishgan.

Ular orasida kiyim-kechak ishlab chiqarish biznesi bilan shugʻullangan 27 yashar qozoq ayoli Dina Nurdibay ham bor edi. U 2017-yil 14-oktyabrda hibsga olinganidan beri, jami beshta turli lagerlarda boʻlgan.

Birinchi lagerga “har kuni 50 ta yangi odam olib kelinayotgandek tuyulardi. Ularning oyogʻidagi kishanlar ovozi eshitilib turardi”, dedi u.

Nihoyat, hibsga olinganidan bir yil oʻtib, Nursaule ozodlikka chiqarildi. Xitoyliklar undan Qozogʻistonga borishni xohlaysanmi, deb soʻraganida “ha” deb javob berdi. Mutasaddilar uni bir qator hujjatlarga imzo chekishga majburlar ekan, undan boshdan kechirganlarini hech kimga aytmaslik vaʼdasini oldilar.

U Qozogʻistonga butunlay koʻchib ketguniga qadar Xitoyda uy qamogʻida yashadi.

Xitoyning mafkuraviy lagerlarida saqlangan mahbuslarning hikoyalarini BuzzFeed saytida batafsil oʻqishingiz mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mening oilam ham Xitoy lagerida oʻtirib chiqdi: uchta uch yoshli qizcha va buvim - “rus josusi”. Menimcha, shu voqeadan keyin haqiqiy adolatsizlikni his qildim. Vataningga aylangan mamlakatda baʼzida shovinistik kayfiyatlar va millatchilik guvohi boʻlish ogʻir.

Javob berish

Qanaqa Xitoy? AQSHdagi qora tanli qullarni hech qachon ruslar Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarini xoʻrlagani kabi xoʻrlashmagan ...

Javob berish

Xitoy shu yoʻl bilan Markaziy Osiyo yerlarini egallab olmoqchi

Javob berish

Xitoy emas, Rossiya oʻz shahvoniy xayollarida orzu qilyapti buni.

Javob berish

Qayerdansan, haromi? Rossiyaning bunga nima daxli bor? Xitoy osiyoliklarni oʻldiryapti va qamoqqa tashlayapti. Rossiya ularga ishi uchun pul toʻlayapti. Oʻzlarining yebtoʻymas prezidentchalari ularni ish va yemak bilan taʼminlamasa kim aybdor?

Javob berish

Kelajak Xitoyniki... Butun dunyo uygʻonmas ekan, bu eng yomon kelajak boʻladi...

Javob berish

Bu laʼnati Xitoylar sariq chigirtkaga oʻxshaydi, butun dunyoni egallash ishtiyoqida ular

Javob berish