Karvonsaroy
Iqtisodiyot

“Aeroflot” va “Gazprom” koʻrgan ulkan ziyon Rossiyadagi iqtisodiy tushkunlikdan darak bermoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning Amur viloyati, Svobodniy shahri yaqinidagi Amur gazni qayta ishlash zavodida ogʻir texnika oʻrnatilmoqda, sanasiz surat. [Gazprom]

Rossiyaning Amur viloyati, Svobodniy shahri yaqinidagi Amur gazni qayta ishlash zavodida ogʻir texnika oʻrnatilmoqda, sanasiz surat. [Gazprom]

MOSKVA - Rossiyaning bayroqdor aviatashuvchisi “Aeroflot” va energetika giganti “Gazprom” dushanba (31-avgust) kuni jiddiy moliyaviy zarar koʻrgani haqida eʼlon qilar ekan, mamlakat iqtisodiyoti ogʻir ahvolda qolayotgani maʼlum boʻlgan.

Rossiyaning aviatsiya sohasi yetakchisi boʻlgan “Aeroflot” aprel-iyun oylarida 35,8 milliard rubl (490 million dollar) miqdorida sof zarar koʻrganligini maʼlum qildi. Oʻtgan yilning xuddi shu davrida kompaniyaning sof foydasi 6,8 milliard rublni (93,6 million dollar) tashkil etgan edi.

Daromad yiliga 85,3 foizga pasayib, 25,5 milliard rublga (350 million dollar) tushgan.

Qariyb bir asrlik tarixga ega sobiq sovet aviatashuvchisi soʻnggi yillarda katta islohotlarni boshdan oʻtkazgan.

“Aeroflot” Rossiya aviatsiya sohasining yetakchisi hisoblanadi. [“Aeroflot” sayti]

“Aeroflot” Rossiya aviatsiya sohasining yetakchisi hisoblanadi. [“Aeroflot” sayti]

Ammo mart oyidan beri pandemiya tufayli yoʻlovchilar soni keskin kamayib ketdi.

“2020-yilning ikkinchi choragida, eng avvalo, aprel va may oylarida “Aeroflot” guruhiga tegishli aksariyat aviaqatnovlar COVID bilan bogʻliq cheklovlar sababli toʻxtatilgan”, dedi aviakompaniya bosh direktorining savdo va moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Andrey Chixanchin.

Avgust oyida “Aeroflot” 10 dona Airbus A350 samolyotini yetkazib berish 1-2 yilga kechiktirilishini aytgan.

“Gazprom” daromadi keskin pasaygan

Energetik gigant “Gazprom” kompaniyasi 31-avgust kuni koronavirus pandemiyasi va neft-gaz narxlarining pasayishi tufayli 2020 yilning birinchi yarmida sof foyda 25 baravar kamayganini eʼlon qilgan.

Davlat nazoratidagi kompaniyan iyun oyida tugagan yarim yillik ichida 32,9 milliard rubl (450 million dollar) sof foyda koʻrdi, oʻtgan yilning shu davrida bu koʻrsatkich 836,5 milliard rublni (11,4 milliard dollar) tashkil etgan.

Rossiya korxonalariga rublning qadrsizlanishi ham salbiy taʼsir qilgan.

2020-yil birinchi yarmida Yevropaga yillik sotuvlar hajmi 16 foizga kamaygan, daromad esa deyarli ikki baravar pasaydi.

Neft-gaz sanoati oldida turgan muammolarga “yuqori baho berish mushkul”, deydi Gazprom boshqaruv qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Famil Sodiqov.

Iqtisodiy pasayish

Rossiyaning ikki mashhur kompaniyasining soʻnggi koʻrsatkichlari iqtisodiy tanazzuldan darak berar ekan, prezident Vladimir Putinning islohotlarga qodir ekanligi shubha ostida qolmoqda.

Putinning reytingi soʻnggi oylarda hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi barvaqt choralari, shuningdek davomli iqtisodiy boʻhron tufayli eng past tarixiy koʻrsatkich – 59% foizga tushib ketgan.

Putin “tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir emas”, deydi Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi Qirollik universiteti professori, siyosatshunos Aleksandr Titov.

“U buni uddalay olmasa, asta-sekin Brejnev davridagi singari turgʻunlik yuzaga kelib, uning aholi orasidagi obroʻsi va legitimligi pasayadi.”

Bu orada Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlar iqtisodiy tanazzuldan nomutanosib ravishda jabr koʻrdilar.

Rossiya prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarining qariyb 40 foizi karantin paytida ishdan boʻshatilganligini aytgan, deb yozgan edi iyul oyida “The Moscow Times” nashri.

Rossiyaliklardan esa 23 foiz odam ishdan ayrilganini aytgan.

Rossiyada mart oyi oxiridan may oyi oʻrtalariga qadar davom etgan karantin paytida haq toʻlanmaydigan mehnat taʼtiliga chiqarilgan Markaziy Osiyolik migrantlar ulushi 75 foizni tashkil qilgan, ruslar orasida esa bu koʻrsatkich 48% boʻlgan.

Rossiyada migrantlarning shundoq ham ogʻir boʻlgan yashash va ishlash sharoitlari bu yil yanada yomonlashdi, degan edi iyul oyida Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahridan kelgan, hozirda Moskvada yashayotgan Ulan Omorov.

“Men tanigan aksar Qirgʻiziston va qozogʻistonliklarning hafsalasi pir boʻlgan va ortiq bu yerda qolishni xohlamayapti”, dedi Omorov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

YOII faqat Rossiya manfaatlariga xizmat qiladi

Javob berish

Gazprom yaqin-yaqingacha dunyoning eng yirik kompaniyalardan biri edi. Endi u yarim bankrot holatga kelib qoldi. Rossiya bunday fashistik tashqi siyosat qimmatga tushadi. U Yevropadagi gaz va neft bozoridan haydaladi. Undan keyin Rossiya moliyaviy inqirozga uchrashi va Putindan voz kechishi muqarrar. Rossiya Gʻarbga yana magʻlub boʻladi. Popkorn ovoling, tomosha qiziq boʻladi.

Javob berish

Toʻppa-toʻgʻri

Javob berish