Karvonsaroy
Salomatlik

Suratlarda: Qirgʻizistonliklar koronavirus choralariga moslashmoqda

Maksat Osmonaliyev

COVID-19ga chalingani gumon qilingan bemorni Bishkek shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib ketayotgan tibbiyot xodimlari, 20-avgust. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkek shoshilinch tibbiy yordam markazining ruhiy yordam brigadasida ishlovchi feldsher Kazi Mukashev himoya qoʻlqoplarini kiymoqda, 20-avgust. [Maksat Osmonaliyev]

Pnevmoniyaga chalingan bemor uchun tomchidori hozirlayotgan hamshira Ajar Jantayeva, 14-avgust, Bishkek. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkekdagi respublika (milliy) qon quyish markazining laboranti Jildiz Turdaliyeva dozalash moslamasi yordamida bemorning qonida brutsellyoz bakterial infeksiyasi bor-yoʻqligini tekshirmoqda, 14-avgust. Markazda donorlardan olingan qon toʻliq laboratoriya tekshiruvidan oʻtkaziladi. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkekdagi 2-sonli oilaviy tibbiyot markazi rentgenologi Quvonch Ashirbekov 14-avgust kuni bemorni tekshiruvga tayyorlamoqda. [Maqsat Osmonaliyev]

14-avgust kuni Bishkekdagi 2-sonli oilaviy tibbiyot markazida bemorga ukol qilishga tayyorlanayotgan Mayramkul Shorukova. U hamshira oʻlaroq koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlganlar sirasiga kiradi. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkeklik oftalmolog Madina Polotova monitor orqali bemorning koʻrish qobiliyatini tekshirmoqda, 12-avgust. Uning koʻp hamkasblari COVID-19 yuqtirib olishgan. Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 3000 dan ortiq tibbiyot xodimlari, jumladan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlar va boshqa ishchilar koronavirus bilan kasallangan. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkekdagi tish shifokori Aygul Tokoyeva ish jarayonida oʻzini himoya qilish uchun plastik moslama taqib olgan, 19-avgust. Tibbiy xodimlar uchun niqoblar, plastik moslamalar va qoʻlqoplar standart himoya vositalari hisoblanadi. [Maksat Osmonaliyev]

Niqob taqib olgan yoʻl harakati noziri Perizat yoʻllardagi tartibni nazorat qilmoqda, Bishkek, 13-avgust. [Maksat Osmonaliyev]

Turli goʻsht mahsulotlari sotuvchisi Aygul Adenova 13-avgust kuni Bishkekning Oʻsh bozorida rastalarini tayyorlamoqda. Uning mahsulotlari orasida qazi, qarta va sujuk bor. [Maksat Osmonaliyev]

Oʻsh bozorida asal sotayotgan Yelena Alekseyevna, Bishkek, 13-avgust. Xaridorlar immunitetni mustahkamlash uchun vitaminga boy asal sotib olishmoqda. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkekdagi “Oltinsoch” goʻzallik saloni xodimasi Sezim Ismailova mijozini manikyur qilmoqda, 19-avgust. [Maksat Osmonaliyev]

Bishkekdagi gul doʻkoni sotuvchisi Aida Sultanaliyeva, 19-avgust. “Odamlar oʻzlarining qadrli insonlariga gul sovgʻa qilishlari va oʻzlari uchun bayram yaratishlari kerak”, dedi u. [Maksat Osmonaliyev]

BISHKEK – Koronavirus pandemiyasi qirgʻizistonliklarni niqob taqib yurishga oʻrgatib, kun tartibi, turmush tarzi va eski odatlarini oʻzgartirishga majbur qilmoqda.

Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida himoya niqoblari taqish majburiy qilib belgilangan.

Chorshanba (2-sentabr) kuniga kelib, Qirgʻizistonda 44036 ta koronavirus holati qayd etilgan, shulardan 1059 kishi vafot etgan, deb xabar beradi vaziyatni kuzatib borayotgan Jon Xopkins universiteti.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500