Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Dunyo pandemiyadan oʻnglanishga harakat qilar ekan, Xitoy oʻzining odatiy hayoti bilan maqtanmoqda

Karvonsaroy va AFP

Virusdan himoyalanmagan holda suratga tushayotgan ayollar, 27-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Virusdan himoyalanmagan holda suratga tushayotgan ayollar, 27-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

1-sentabrda maktab oʻquvchilari uchun birinchi oʻqish kuni boshlangan, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

1-sentabrda maktab oʻquvchilari uchun birinchi oʻqish kuni boshlangan, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Oʻquv yilining ilk kuni – 1-sentabrda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qarshi olayotgan oʻqituvchilar, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Oʻquv yilining ilk kuni – 1-sentabrda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qarshi olayotgan oʻqituvchilar, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Bayroq koʻtarish marosimida ishtirok etayotgan maktab oʻquvchilari, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Bayroq koʻtarish marosimida ishtirok etayotgan maktab oʻquvchilari, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Uxan shahridagi basseyn ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar, 15-avgust, Xitoy. [STR/AFP]

Uxan shahridagi basseyn ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar, 15-avgust, Xitoy. [STR/AFP]

Minglab tomoshabinlar oldida chiqish qilayotgan didjey, 15-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Minglab tomoshabinlar oldida chiqish qilayotgan didjey, 15-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Koronavirusdan xavotirlanmay shou koʻrayotgan minglab tomoshabinlar,15-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Koronavirusdan xavotirlanmay shou koʻrayotgan minglab tomoshabinlar,15-avgust, Uxan, Xitoy. [STR/AFP]

Xitoy milliy muzeyida namoyishga qoʻyilgan rasmlardan birida mamlakatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralari “qahramonlik” oʻlaroq tasvirlangan. [Szyan Don/China Daily]

Xitoy milliy muzeyida namoyishga qoʻyilgan rasmlardan birida mamlakatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralari “qahramonlik” oʻlaroq tasvirlangan. [Szyan Don/China Daily]

Suratda: Pan Maokunning “Mangulik va qisqalik” surati, Xitoy milliy muzeyi. [Szyan Don/China Daily]

Suratda: Pan Maokunning “Mangulik va qisqalik” surati, Xitoy milliy muzeyi. [Szyan Don/China Daily]

Boshqa mamlakatlar Xitoydan chiqib, butun dunyoga tarqagan COVID-19 karantinidan aziyat chekayotgan bir vaqtda, Pekin mamlakatdagi hayot odatdagidek davom etayotganini koʻrsatishga urinmoqda. Mamlakatlar bu kabi kampaniyalarni gʻazab bilan kuzatmoqdalar.

Xitoyning davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalarida seshanba (1-sentabr) kuni oʻtgan yil koronavirus chiqqan Xitoyning markaziy shahri maktablariga qaytayotgan minglab oʻquvchilarning tasvirlari paydo boʻldi.

Qariyb 1,4 million bola shahar boʻylab 2800 ga yaqin bogʻcha, boshlangʻich va oʻrta taʼlim maktablariga oʻqishga qaytgan. Yuqori sinf oʻquvchilari uchun taʼlim may oyida tiklangan edi.

Aksar suratlarda Xitoy bayrogʻini koʻtargan bolalar diqqat markazida boʻlgan.

COVID-19 vatani boʻlgan Xitoyning Uxan shahrida oʻquvchilar 1-sentabr kuni virusdan bexavotir ilk oʻqish kunini boshlab yuborishdi. [STR/AFP]

COVID-19 vatani boʻlgan Xitoyning Uxan shahrida oʻquvchilar 1-sentabr kuni virusdan bexavotir ilk oʻqish kunini boshlab yuborishdi. [STR/AFP]

Suratlar xorijdagi fikrlarga taʼsir qilish maqsadida davlat va unga aloqador boʻlgan Xitoy ommaviy axborot vositalari orqali yoyinlandi.

Xitoy: bayramga aylangan hayot

Avgust oyi oʻrtalarida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Uxandagi akvaparkda choʻmilish kiyimlarida boʻlgan, ammo niqob taqmagan minglab odamlarning elektron musiqa sadolari ostida raqsga tushayotgani aks etgan suratlar va videolarni tarqatgan edi.

Suv havzasi oldidagi sahnada turgan ijrochilardan biri tomoshabinlarga qoʻl silkar ekan, toʻplangan olomon unga javoban qoʻl silkitgan. Suv ustida uchish qurilmasidagi boshqa bir ijrochi esa yelkasi osha uchqunlar sochib, odamlar ustidan parvoz qilar edi.

Bundan bir necha kun avval, Xitoy rejimi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda oʻzining “mardonavor xatti-harakatlari” haqida bong urgan edi.

Xitoy milliy muzeyida “Kuch birdamligi” deb nomlangan yangi koʻrgazmaning ochilishi boʻldi. Unda inqirozga qarshi kurashda erishilgan muvaffaqiyatlarni madh etuvchi rasmlar, haykallar va xattotlik namunalari namoyish etilgan.

Oqibatlar

Bunday betashvish hayot tarzi, bolalarning maktabga borib oʻqishi, bayramlarning oʻtkazilishi va Xitoyning oʻzini qahramon qilib koʻrsatishi Uxandan tarqagan mislsiz pandemiyadan qattiq aziyat chekayotgan dunyodagi boshqa davlatlarga xush kelmasligi mumkin.

Payshanba (3-sentabr) kuniga kelib, dunyo boʻylab 26 million kishi COVID-19 bilan kasallangan va 860 ming oʻlim qayd etilgan. Dunyoning har bir mamlakatiga mislsiz siyosiy, ijtimoiy va tibbiy ziyon keltirgan bu virus oqibatlarining oxiri koʻrinmayapti.

Pandemiyadagi haqiqiy roli bilan oʻzini global qahramon qilib koʻrsatishi orasidagi tafovut inobatga olinsa, Pekinning OAV orqali olib borayotgan saʼy-harakatlari jiddiy muammoga sabab boʻlishi mumkin.

2020 yil boshlarida Xitoy rasmiylari halokatli kasallik avj olayotganini bila turib, deyarli bir hafta sukut saqladilar va Uxandagi virusning dunyo boʻylab tarqalib ketishiga yoʻl qoʻyib, epidemiyaga oid dalillarni qasddan yashirish yoki yoʻqotishga urindilar.

Inqiroz boshlanganidan beri, Pekin fitna nazariyalarini targʻib qilish orqali koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishga va ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot makonini virus haqidagi dezinformatsiya bilan toʻldirishga harakat qildi.

Bu orada Xitoy kompaniyalari pandemiyani daromad manbaiga aylantirganlar.

Mart-may oraligʻida Xitoy 50 milliard donadan ortiq niqob eksport qilgan, bu oʻtgan yilgi hajmdan 10 marta koʻp, deydi tahlilchilar.

Bu kabi choralar doirasida Xitoy rasmiylari Shinjon hududidagi musulmon ozchilikni shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlashga majburlamoqdalar. Xitoyning bu turdagi aksar mahsulotlari yaroqsiz va samarasiz deb topilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoy 20-asr vabosi. Butun dunyo uni oʻz joyiga qoʻyib qoʻyish kerak. Boʻlmasa Xitoy butun dunyoni tiz choʻktiradi.

Javob berish