Xitoy harbiylari ballistik raketalar orqali quruqlik, dengiz va havodan jangovar kallaklarni uchirish imkoniyatiga ega boʻlgan holda oʻn yil ichida yadro arsenalini ikki baravar oshirishga intilmoqda, deyiladi AQSH Qurolli kuchlarining seshanba (1-sentabr) kungi hisobotida.
Xitoy rejimining yadroviy salohiyatiga ochiq baho berilgan yillik hisobotda uning yadro zaxirasida “200 donadan kamroq” jangovar kallaklar borligi aytilgan boʻlib, bu mustaqil tahlilchilar taxmin qilgan 300 va undan yuqoriroq raqamdan ancha kam.
Bu raqam 10 yil ichida ikki baravar oshishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, Pekin yadro qurolini quruqlik va dengizdan ballistik raketa orqali uchira oladi. U shuningdek, havodan uchiriladigan ballistik raketani ishlab chiqish salohiyatini ham rivojlantirmoqda.
Kuch-qudrat namoyishi
Xitoy armiyasining yana bir muhim yoʻnalishi bu – kuch-qudrat namoyishidir. Xitoy oʻz armiyasining Yer sharidagi istalgan nuqtada harakatlana olishini xohlaydi. Bu maqsad yoʻlidagi yana bir qadam – xorijda yanada mustahkamroq logistik tarmoq barpo etish.
Hisobotga koʻra, Pekin Xitoydan tashqarida dengiz, havo va quruqlikdagi kuchlarini qoʻllab-quvvatlaydigan harbiy logistika inshootlarini barpo etishni “ehtimol allaqachon koʻrib chiqayotgan va rejalashtirayotgan boʻlishi mumkin”.
Rejadagi ayrim joylar Myanma, Tailand, Singapur, Indoneziya, Pokiston, Shri-Lanka, Birlashgan Arab Amirliklari, Keniya, Seyshel orollari, Tanzaniya, Angola va Tojikistonni oʻz ichiga olgan. Xitoy Djibutida harbiy baza ochishga ulgurgan.
Iyul oyidagi hisobotda Xitoy koʻp yillar davomida bir qator davlatlar uchun strategik tahdid boʻlib kelgani haqida soʻz yuritilgan. Soʻnggi vaqtlarda Pekinning dunyo boʻylab hatti-harakatlari oqibatida xavotir darajasi yanada kuchaygan.
Nima boʻpti? AQSHda Xitoyga qaraganda bir necha baravar koʻp yadroviy qurol bor. Xitoylar Anglo-sakslar tomonidan yana bir marta talon-taloj boʻlishni istamasligi ayon, 1000 yildan beri bu gangsterlar shu bilan ovora.
Javob berishFikrlar 1