Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xitoy harbiy aralashuvlari qoʻshni mamlakatlar uchun jiddiy ogohlantirishga aylanmoqda

Karvonsaroy va AFP

Saf tortib yurayotgan Xitoyning harbiy-dengiz bombardimonchi polki uchuvchilari, 6-avgust kungi surat. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Saf tortib yurayotgan Xitoyning harbiy-dengiz bombardimonchi polki uchuvchilari, 6-avgust kungi surat. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Xitoyning harbiy mushaklariga zoʻr berib, qoʻshni mamlakatlarining suveren hududiga daxl qilishga tayyor turgani yaqin atrofdagi rasmiylar va fuqarolarni ogohlikka undamoqda.

Harbiy hujumlardan biri dushanba (21-sentyabr) kuni yuz berdi – Xitoy jangovar samolyotlari Tayvanning havo hujumiga qarshi mudofaa hududiga besh kun ichida toʻrtinchi bor kirganidan keyin, Tayvan qiruvchi samolyotlarini havoga koʻtarib, raketaga qarshi tizimlarini hozirlashga majbur boʻlgan.

Xitoyning suvosti kemalariga qarshi ikkita Y-8 samolyoti Tayvanning havo hujumiga qarshi mudofaa hududining janubi-gʻarbiy qismiga bostirib kirgan, deb xabar beradi Tayvan mudofaa vazirligi.

Oʻtgan hafta Xitoyning qiruvchi va bombardimonchi samolyotlari ayni hududga uch marta bostirib kirgan edi.

Videolavhadan olingan kadrda 17-sentyabr kungi parvoz mashqlari chogʻida oʻz qiruvchi samolyotini boshqarib borayotgan xitoylik uchuvchi aks etgan. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Videolavhadan olingan kadrda 17-sentyabr kungi parvoz mashqlari chogʻida oʻz qiruvchi samolyotini boshqarib borayotgan xitoylik uchuvchi aks etgan. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Xitoy harbiy yuk mashinalari karvoni Markaziy Osiyo yaqinidagi bahsli hududda oʻtkazilgan jangovar harakatlar olib borish boʻyicha oʻquv mashqlari chogʻida qurol-yarogʻ va texnika tashimoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Xitoy harbiy yuk mashinalari karvoni Markaziy Osiyo yaqinidagi bahsli hududda oʻtkazilgan jangovar harakatlar olib borish boʻyicha oʻquv mashqlari chogʻida qurol-yarogʻ va texnika tashimoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Oʻz-oʻzini boshqaruvchi orolni Xitoyga qarashli deb hisoblaydigan Pekin uni oʻz hududiga qoʻshib olmoqchi – kerak boʻlsa, kuch bilan.

Tayvan “tez-tez yuz berayotgan taʼqib va ​​tahdidlar” ortidan “oʻz-oʻzini mudofaa qilish va qarshi hujum huquqini” saqlab qoladi, deb bayonot berdi Tayvan mudofaa vazirligi.

“Asosiy tamoyilimiz – nizolar qoʻzgʻamaslik va ularni kuchaytirmaslik, noxush hodisa va mojalar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik”, dedi mudofaa vaziri Yyen De-fa jurnalistlarga.

“Ammo biz urushdan qoʻrqmaymiz va oʻzimizni mudofaa qilish va qarshi hujumga boʻlgan huquqimizni saqlab qolishimiz kerak.”

Yaqinda Xitoyning tajovuzi qoʻshni Hindistonga ham yetib borgan.

Iyun oyi oʻrtalarida Ladax viloyatida Xitoy va Hindiston harbiylari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar yuz bergan, natijada 20 nafar hind askari halok boʻldi. Xitoy rejimi qurbonlar berilganini tan olgan boʻlsa-da, raqamlarni ochiqlamagan.

Oʻshanda Hindiston tashqi ishlar vazirligi vakili Shrivastava toʻqnashuv “Xitoy tomonining bir tomonlama tartibda chegaradagi mavjud vaziyatni oʻzgartirishga urinishidan” kelib chiqqanini aytgan edi.

Oʻshandan beri ikkala mamlakat togʻli chegara hududiga oʻn minglab qoʻshimcha kuch yuborgan.

Chegara hududida sentyabr oyi boshida yuz bergan boshqa bir hodisada 45 yildan beri ilk marta oʻq tovushlari eshitildi. Tomonlar bir-birlarini oʻt ochishda aybladilar.

Ayni vaqtda Xitoy askarlari Rossiya janubida 21-sentyabrdan boshlangan va shanba (26-sentyabr)ga qadar davom etadigan “Kavkaz-2020” jangovar oʻquv-mashqlarida ishtirok etmoqda.

Harbiy mashgʻulotlarga 12 mingdan ortiq askar jalb etilgan. Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu mashgʻulotlarning mintaqadagi ekologik, iqtisodiy oqibatlari va xavfsizlikka taʼsiriga beparvo holda “kuch-qudratini koʻz-koʻz qilishda” davom etmoqda.

Hududiy bahslar

Tayvan tashqi ishlar vaziri Jozef Vu seshanba (22-sentabr) kuni Pekinni “sivilizatsiyalashgan xalqaro standartlarga qaytishga” chaqirdi. Bundan avval Xitoy tashqi siyosat mahkamasi vakili Tayvan boʻgʻozida “oʻrta chiziq” yoʻqligini, chunki Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini aytgan edi, deb xabar beradi AFP.

Oʻtgan yili Xitoy qiruvchi samolyotlari uzoq yillardan beri ilk bor ikki tomonni ajratib turuvchi suvdagi oʻrta chiziqni kesib oʻtgach, Tayvan Xitoy rejimini anchadan beri amal qilib kelayotgan yashirin kelishuvni buzganlikda ayblagan edi.

“Men xalqaro hamjamiyatni XKPni (Xitoy kommunistik partiyasi) uning tinchlikka tahdid soluvchi xavfli va provokatsion soʻz va amallarini qoralashga chaqirama ... Xitoy ortga chekinishi lozim”, deb yozgan Vu oʻz Twitterida.

Pekin oʻzining ichki va tashqi siyosati tufayli xalqaro hamjamiyat tanqidiga uchrab boʻlgan.

“Xitoy Hindistondan Yaponiyagacha, Avstraliyadan Kanadagacha butun dunyo boʻylab hech kim bilan hisoblashmay, oʻzi uchun surbetlarcha yoʻl ochmoqda”, degan edi Gonkongning soʻnggi britaniyalik gubernatori Kris Patten 8-iyul kuni Britaniya parlamentariylari tomonidan tashkil etilgan onlayn muhokamada.

“Gonkongda yuz bergan voqealar – barchamizning koronavirusga qarshi kurash bilan mashgʻul ekanimizdan foydalangan holda Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan qabul qilingan keng koʻlamli saʼy-harakatlarning bir qismi, xolos”, dedi u amalda muxtoriyatning qimmatli anʼanalari va demokratik qadriyatlarini yoʻqqa chiqargan Gonkongdagi xavfsizlikka oid bahsli qonunni nazarda tutib.

Bu orada Markaziy Osiyo mintaqasi Rossiya va Xitoy rejimlari oʻz taʼsiri uchun kurashayotgan geosiyosiy oʻtish davrini boshidan kechirmoqda.

Pekinning Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirayotgani Moskvani jiddiy xavotirga solib keladi.

Xitoy harbiy mansabdorlari muntazam ravishda Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston mudofaa vazirlari bilan uchrashib turadilar. Pekinning mintaqaga yordami turli shakllarda namoyon boʻlmoqda. Masalan, Turkmaniston Xitoydan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, dronlar va yengil zirhli mashinalarni oladi. Qozogʻiston va Oʻzbekistonga esa Xitoydan jangovar dronlar va harbiy-texnik yordam taqdim etiladi.

Pekin Xitoy bilan ham, Afgʻoniston bilan ham chegaradosh boʻlgan va Afgʻoniston bilan eng uzun umumiy chegaralarga ega Tojikiston bilan harbiy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratmoqda.

Boshqa davlatlarning hududiy daʼvolari hisobiga janubiy Xitoy dengizida sunʼiy orollar barpo etayotgan Pekin surbetlarcha resurslar ortidan quvib, harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.

Pekin Hind okeani boʻylab bir nechta portlar barpo etib, Janubiy Xitoy dengizidan Suvaysh kanaligacha yoqilgʻi quyish va taʼminot stansiyalari tarmogʻini yaratdi. Goʻyoki tijoriy xarakterga ega bu portlar juda tez rivojlanayotgan dengiz floti qamrovini kengaytirishga imkon beradi.

Pekin ayniqsa, Gvadar (Pokiston) va Jaskdagi (Eron) strategik hududlar va portlarni aniq harbiy maqsadlar uchun ishlatishda oʻz moliyaviy hukmronligidan foydalanmoqda.

Boshqa turdagi tajovuzlar

Xitoy rejimi, shuningdek, qoʻshni mamlakatlarga boshqa turdagi jiddiy tajovuzlar bilan band – u xorijda xatarli choralarini oʻz ichiga oluvchi oʻta murakkab kampaniya olib boradi, bunday choralar orasida pora berib ogʻdirish, dezinformatsiya kampaniyalari, shantaj va yashirin bitimlar bor.

Twitter, YouTube, Google va Facebook Xitoyda bloklangan, u yerda yangiliklar va axborotni cheklash uchun “Buyuk Fayrvol”dan foydalaniladi, xitoylik diplomatlar va davlat OAVlari ikkiyuzlamachilik bilan chet eldagi ochiqlikdan foydalanib, bu platformalarni Xitoy pozitsiyasini ilgari surish uchun qoʻllamoqda.

Koronavirus pandemiyasi davrida Pekin faol, konspirativ turdagi dezinformatsiyaga jiddiy eʼtibor qaratdi, deyiladi AQSHning xalqaro munosabatlar kengashining 10-sentyabr kungi hisobotida.

“Pekin virusning kelib chiqishini yashirish, Qoʻshma Shtatlarning muvaffaqiyatsizliklariga eʼtiborni jalb qilish va Xitoyni dunyo yetakchisi sifatida koʻrsatish maqsadida faktlarga asoslangan axborotni manipulyatsiya qilmoqda va dezinformatsiya yoki gʻirt yolgʻon tarqatmoqda”, deyiladi hisobotda.

Rossiya va xitoylik jurnalistlar tomonidan tarqatilgan koronavirus dezinformatsiyasi dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalariga mansub kontentga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda kengroq muhokamaga sabab boʻlgan, deyiladi 29-iyun kuni Oksford internet instituti tomonidan chop etilgan hisobotda.

12-iyun kuni Twitter Xitoy hukumatinig dezinformatsiya kampaniyasiga aloqador 170 mingdan ortiq akkauntni oʻchirgani haqida xabar bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kim Xitoyga qarshi boʻlsa, arzimagan narsadan boshlang, Xitoy tovarlarini maksimal darajada boykot qilish bilan!!!

Javob berish

Dunyo dunyo boʻlib bunday maxluqlarni koʻrmagan. Fashistlar Germaniyasi xitoyliklar oldida ip esholmaydi. Agar butun dunyo tomoshabin boʻlib turishda davom etsa, butun sayyora Xitoyga aylanadi.

Javob berish

Xitoyliklar suvaraklar kabidir – ulardan xalos boʻlish kerak.

Javob berish

Xitoyning ishtiyoqini soʻndirish uchun sarmoyalar va soxta iqtisodiy qoʻllovdan voz kechish va Markaziy Osiyoning sotqin liderlarini yoʻqotish kerak. Xitoydan nega qoʻrqamiz? Hozir hech qanday choralar koʻrilmasa, keyinchalik juda ogʻir boʻladi.

Javob berish

Rossiya Xitoyning birinchi yordamchisi, uning yordami bilan AQSHni yengishga umid qilmoqda. Ammo aslida u Iblisga yordam beryapti1405

Javob berish

Shunisi aniqki, Markaziy Osiyo hukumat amaldorlari sotqin, ular uchun vatan, axloqiy qadriyatlar degan narsalar yoʻq

Javob berish