Karvonsaroy
Salomatlik

Putin BMTdagi nutqini Rossiyaning jiddiy tanqidga uchragan COVID-19 vaksinasini targʻib qilishga bagʻishladi

Karvonsaroy va AFP

22-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh assambleyasida videoaloqa orqali nutq soʻzladi. (Kreml)

22-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh assambleyasida videoaloqa orqali nutq soʻzladi. (Kreml)

MOSKVA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba (22-sentabr) kuni BMTdagi nutqida Rossiyaning birinchi boʻlib koronavirus vaksinasini yaratgani bilan maqtangan boʻlsa-da, dunyo hamjamiyatining katta qismi Kremlning faol targʻib qilinayotgan vaksinasi shoshma-shosharlik bilan ishlab chiqilgani va COVID-19 virusining oʻzidan ham xavfliroq ekanini aytgan.

Bosh assambleyadagi nutqida Putin Rossiya boshqa davlatlar bilan “dunyodagi birinchi vaksina – Sputnik V” boʻyicha hamkorlikka tayyor, deb aytgan.

Shunisi aniqki, Putin xalqaro minbardan mahsulotning targʻiboti uchun foydalandi – bu vaksina davlatga aloqador tashkilotlarga milliardlab daromad keltirishi mumkin.

“Biz oʻz tajribamiz bilan oʻrtoqlashishga tayyormiz”, deb aytgan Putin boshqa mamlakatlarga “ishonchliligi, xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlagan Rossiya vaksinasini” taklif qilib.

Hamshira 36 yashar koʻngilli Ilya Dubrovinni Rossiyaning yangi koronavirus vaksinasi bilan emlamoqda, Moskva, 10-sentyabr. (Natalya Kolesnikova/AFP)

Hamshira 36 yashar koʻngilli Ilya Dubrovinni Rossiyaning yangi koronavirus vaksinasi bilan emlamoqda, Moskva, 10-sentyabr. (Natalya Kolesnikova/AFP)

U Rossiyaning “koronavirus uchun test tizimlari, uni tashxislash va davolashga oid tibbiy vositalar ishlab chiqarishdagi” tezkorligi bilan maqtangan.

Dastlabki sinovlarda vaksina umidbaxsh natijalarni koʻrsatgan boʻlsa-da, ishlab chiquvchilar klinik sinovlarning yakuniy bosqichini yakunlaganicha yoʻq. Bu bosqichda sinovda ishtirok etayotganlarning katta qismi yo vaksina, yoki platsebo qabul qilishadi.

Vaksinaga yigirma mamlakat avvaldan buyurtma bergan, deb xabar bergan oʻtgan oyda Rossiyaning bevosita investitsiyalar jamgʻarmasi. U vaksinani ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirgan.

Jiddiy xavotirlar

Vaksinani ishlab chiqargan davlat boshqaruvidagi Gamaleya instituti tadqiqotchilari bir necha oy avval dori namunasini oʻzlarida sinab koʻrganlar, mutaxassislar bu qadamni odamlar ustidan gʻayrioddiy va shoshilinch sinov oʻtkazish deya baholagan.

Kuzatuvchilar rossiyalik tadqiqotchilarning natija koʻrsatish uchun pala-partish ish olib borayotgani va hukumat bosimi ostida harakat qilayotganidan xavotir bildirganlar.

Rossiya hukumatida foydalanishga tayyor mahsulot borligi toʻgʻrisidagi bayonotga unchalik ishonmayman”, degan edi Nur-Sultondagi ixtisoslashtirilgan COVID-19 kasalxonasi shifokori Asel Saliyeva avgust oyida.

“Ilk sinovlarda vaksina xavfsiz boʻlib tuyulishi, lekin asoratlari keyinroq yuzaga chiqishi mumkin”, dedi u. “Biz millionlab odamlarning sogʻligʻi bilan tavakkal qila olmaymiz, hatto bu xavf oʻzini oqlaydigandek tuyulsa ham.”

“Rossiya vaksinasini ishlab chiqarganlarning oʻzlari vaktsinaning taʼsir qilish muddati qancha ekanligini bilishmaydi, chunki ular uzoq muddatli va keng miqyosli tibbiy tadqiqotlar oʻtkazishmagan”, deb ogohlantirdi Qirgʻizistondagi Markaziy Osiyo Amerika universiteti molekulyar genetigi Bolot Kalmirzayev.

Qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmas ekan, kelajakda koʻp “syurprizlar” yuz berishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.

“Vaksina homilador ayollar, emizikli onalar, surunkali kasallikdan aziyat chekuvchilar, shuningdek 18 yoshdan kichik va 60 yoshdan oshgan odamlar uchun xavfli boʻlishi mumkin”, deb aytgan Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Marat Shoranov 3-sentyabr kuni onlayn brifingda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500