Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozoqlar Xitoyning kuchayib borayotgan bosqiniga chek qoʻyilishini talab qilmoqda

Kanat Altinbayev

13-sentabr kuni Olmaotada oʻtkazilgan namoyish ishtirokchilari Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syaoni nooʻrin bayonoti uchun lavozimidan boʻshatishni talab qildilar. (Qozogʻiston demokratik partiyasi)

13-sentabr kuni Olmaotada oʻtkazilgan namoyish ishtirokchilari Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syaoni nooʻrin bayonoti uchun lavozimidan boʻshatishni talab qildilar. (Qozogʻiston demokratik partiyasi)

OLMAOTA – Olmaotada toʻplangan 200ga yaqin namoyishchi Pekindan Qozogʻistonning ichki ishlariga aralashishni toʻxtatishni talab qilib, rejimning Shinjonda yashayotgan etnik ozchiliklar, jumladan qozoqlarga nisbatan zoʻravonliklariga eʼtiroz bildirdilar.

Xitoy taʼsiri va siyosatiga nisbatan ommaviy norozilik Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syaoning 1-avgust kuni qozoq ommaviy axborot vositasiga bergan intervyusidan keyin kuchayib ketdi.

Xitoyning Qozogʻistondagi elchixonasi veb-saytida joylashtirilgan intervyuda elchi Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni muhokama qilgan. “Xitoy va Qozogʻiston qurolli kuchlari “uch yovuz kuch” bilan qatʼiy kurashib, mintaqada rangli inqilob boshlanishiga qarshilik qilmoqda”, dedi u.

Pekin terrorchilik, ekstremizm va ayirmachilikka nisbatan koʻp hollarda “uch yovuz kuch” atamasidan foydalanadi.

Xitoyning Shinjon viloyati Qashgʻar shahridagi Iydgoh masjidida oʻqilgan Iyd ul-Fitr namozidan keyin metro yonidan oʻtayotgan uygʻurlar, 2019-yil, 5-iyun. Xitoyning musulmonlarga nisbatan zulmi Qozogʻiston jamoatchiligini gʻazablantirgan. (Greg Beyker/AFP)

Xitoyning Shinjon viloyati Qashgʻar shahridagi Iydgoh masjidida oʻqilgan Iyd ul-Fitr namozidan keyin metro yonidan oʻtayotgan uygʻurlar, 2019-yil, 5-iyun. Xitoyning musulmonlarga nisbatan zulmi Qozogʻiston jamoatchiligini gʻazablantirgan. (Greg Beyker/AFP)

Koʻpchilik qozoqlar Chjanning bu kabi bayonotlarini milliy xavfsizlikka tahdid baholaganlar.

Pekin Qozogʻistonga Xitoy askarlarini yuborish imkoniyati haqida ochiqdan-ochiq aytmoqda, deydi roʻyxatdan oʻtmagan demokratik partiya yetakchisi, olmaotalik faol Janbolat Mamay.

“Bu elchi biz bilan doʻstona munosabatda emas. U mamlakatimiz dushmani va Qozogʻistonni tark etishi kerak”, deb aytgan keyinroq 13-sentabr kuni Xitoyga qarshi namoyishni tashkillashtirgan Mamay.

Namoyishchilar “Xitoy ekspansiyasiga qarshimiz!”, “Qozogʻistonning Xitoyga beradigan yeri yoʻq: bu xalqimizning yerlari”, “Chjan Syao, Qozogʻistondan yoʻqol” va “Chjan Syao, sen elchimisan yoki dushman?” kabi shiorlarni koʻtarib olishgan edi.

Namoyishda suratga olingan qisqa videolavhada odamlar “Agar Xitoy bizning ish joylarimizni olib qoʻysa qanday yashaymiz?”, deya gʻazab bilan baqirayotganini eshitish mumkin. Namoyishchilar, shuningdek Qozogʻiston milliy gimnini ham kuylashgan.

Qozogʻiston: “Xitoyning avtonom hududi”

Chjanning intervyusi chop etilganidan keyin 3-avgust kuni olmaotalik faollardan biri Serik Ajibay Xitoy konsulligi oldida namoyish uyushtirgan va Chjanning elchilikka loyiqligini savolga tutgan.

“Yarashish elchiga, kelishmovchiliklar esa choparning xatti-harakatiga bogʻliq”, deb yozilgan edi u koʻtarib olgan uquvli va uquvsiz elchining farqiga eʼtibor qaratuvchi shiorda.

Ajibay jurnalistlarga elchining haqoratli bayonotidan noroziligini, sababi Qozogʻiston suveren mamlakat ekani va oʻz ichki muammolarini oʻzi mustaqil hal qilishga haqli ekanligini aytib oʻtgan.

“Biz Xitoyning avtonom hududi emasmiz. Hukumat va xalq bitta, biz bir davlatmiz. Fikrimcha, Xitoy bizning ichki ishlarimizga aralashishga haqli emas”, deb aytgan u RFE/RL radiosiga.

Bu Xitoy elchisining Qozogʻistonda bunday qaltis holatga tushib qolishi bilan bogʻliq ilk holat emas. Xitoy saytlarining birida “Qozogʻiston tarixan Xitoyning bir qismi boʻlgani va oʻz qoʻshnisi tomon intilayotgani” haqidagi maqola sababli u aprel oyida Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi.

Elchining avgust oyidagi intervyusida Qozogʻistondagi yana bir ogʻriqli muammo – rejim taʼqibi va qatagʻonlari tufayli oʻz ota-bobolarining vataniga qochayotgan Xitoydagi etnik qozoqlar masalasi koʻtarilgan.

Soʻnggi bir necha yil ichida Shinjon maʼmurlari “uch yovuz kuch” konsepsiyasiga binoan milliondan ortiq musulmonlarni, jumladan etnik qozoqlar va qirgʻizlarni mafkuraviy tarbiya lagerlariga joylashtirgan.

Etnik qozoqlar Shinjonda uygʻurlardan keyin ikkinchi eng yirik turkiyzabon guruhdir. Ularning soni kamida 1,5 millionni tashkil qiladi.

Shinjonda 200 mingga yaqin etnik qirgʻizlar yashaydi. Xitoy rasmiylari 2018-yili kamida 50 ming qirgʻizni qayta tarbiyalash lagerlarida hibsda saqlagan, degan edi oʻshanda Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov.

Shinjondagi Xitoy mafkuraviy lagerlarining 28 nafar sobiq mahbusi bu yashirin lagerlarda musulmonlar qanday shafqatsizliklar, zulm va xoʻrliklarga duchor qilingani haqida soʻzlab bergan edilar.

Qozogʻistondagi minglab odamlarning Xitoydagi qarindoshlari qayta tarbiyalash lagerlariga qamab qoʻyilgan boʻlib, Olmaotadagi Xitoy konsulligi oldida Pekindan ularni ozod etishni talab qiluvchi namoyishchilar tez-tez toʻplanib turar edi.

Yerdan foydalanish xavfi

Mahalliy aholi Pekinning Qozogʻistondagi yer islohotlaridan foydalanib, mamlakatda yer uchastkalari sotib olish va undan foydalanishga urinishidan xavotirda.

2016-yil aprel oyida xorijliklarga qishloq xoʻjaligi yerlarini xarid qilish va ijaraga olishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi Qozogʻistonda ommaviy noroziliklarga sabab boʻlgan. Namoyishchilar asosan xitoylik korxonalar Qozogʻistondagi yerlarini ulgurji sotib olishidan xavotirda edilar.

Mahalliy fermerlar xitoyliklarning dehqonchilik usullariga ishonchsizlik bilan qaraydilar, deydi Olmaota viloyatidagi sut fermasi xoʻjayini Anuar Kuanishev.

“Ular bizning yerlarimizdan foydalanib, ularni oʻz ximikatlari bilan kuydirib tashlaydilar, undan pul ishlab, hech narsa unmaydigan oʻlik tuproqni qoldirib ketadilar”, dedi u.

Qozogʻiston hukumati 2016-yil may oyida chet elliklarga yer sotish va ijaraga berishga moratoriy joriy qilgan. 2021-yil dekabrda uning amal qilish muddati tugagandan keyin qanday qaror qabul qilinishi hozircha nomaʼlum.

Jamoatchilik faoli Mamay Qozogʻiston hukumati taqiqni bekor qilishi va yer uchastkalarini xitoyliklarga oʻnlab yillarga ijaraga berishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

“U holda ular bu yerga doimiy yashash uchun kelishadi va biz Xitoy ekspansiyasi nima ekanligini oʻz koʻzimiz bilan koʻramiz”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Telbalar yigʻilib olganmi Xitoy elchixonasiga

Javob berish

Xitoyni qarshi xalqaro hamjamiyat 75 yil oldin Germaniya fashizmiga qarshi birlashgadek birlashmasa ,Xitoy fashizmi butun dunyoni bosib oladi.

Javob berish

Xitoyliklar chigirtkalarga oʻxshaydi. Oʻzidan keyin hech narsa qoldirmaydi. Bugun mamlakatda ularning erkin yurishiga qoʻyib bersak, ertaga boshimizga chiqib olishadi. Oddiy xalq azob chekadi. Xitoy xalqi haqida yomon gapirmoqchi emasman. Lekin ajdaho bir parcha goʻshtga toʻymaydi, hamma narsani yutib yubormaguncha, soʻrayveradi. Elchining ovozi Xitoy hukumatining ovozidir; ogoh boʻlgan maʼqul. Sharq – nozik masala!

Javob berish

Barcha mamlakatlar Xitoyga tovar va xomashyo eksportini taqiqlab, iqtisodiy embargo eʼlon qilishi kerak. Barcha xorijiy kompaniyalar oʻz ishlab chiqarish korxonalarini Xitoydan olib Qozogʻistonga koʻchirishi kerak. Xitoyning butun siyosiy rahbariyatini Xalqaro sudga berish kerak. Shuningdek, [boshqa mamlakatlar] Sharqiy Turkiston va Tibet mustaqilligini rasman tan olish lozim.

Javob berish

XITOYLIKLAR ODAMZODGA KELGAN VABO KABIDIR, QOʻYIB BERSA DUNYONI OSTIN-USTUN QILADI

Javob berish

Rossiya bosqiniga chek qoʻyilishi lozim.

Javob berish

Rutiniyaning bosqiniga chek qoʻyish kerak. Kundalik korruptsiyaga barham berish boʻyicha eng yaxshi tajribani oʻ z l a sh t i r i sh kerak.

Javob berish