Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning harbiy oʻyinlari Belarusdagi demokratik intilishlarga soya solmoqda

Karvonsaroy va AFP

21-26-sentabr kunlari Rossiya janubida boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlariga jalb qilingan Rossiyaning jangovar zirhli mashinalari. [Rossiya mudofaa vazirligi]

21-26-sentabr kunlari Rossiya janubida boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlariga jalb qilingan Rossiyaning jangovar zirhli mashinalari. [Rossiya mudofaa vazirligi]

MOSKVA – Oʻtgan hafta Rossiya janubida yakunlangan keng miqyosli harbiy oʻyinlar Belarusda davom etayotgan siyosiy inqirozga soya solmoqda, zero Moskva ichki va xalqaro bosim kuchaygan bir sharoitda oʻz harbiy mushaklariga zoʻr berishga urinmoqda.

Xalqaro hamjamiyat Moskvani qoʻshni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirib turgan bir paytda, Eron va Xitoy singari avtoritar rejimlar butun dunyo boʻylab demokratik intilishlarga putur yetkazish maqsadida Rossiyaga qoʻshilmoqda.

21-sentabrdan 26-sentabrgacha davom etgan “Kavkaz-2020” Rossiya, Xitoy, Eron, Myanma, Armaniston va Belarusdan umumiy hisobda 80 ming nafar ishtirokchini jamlagan.

“Bu mashqlar Rossiya qurolli kuchlarining yirik miqyosli mojaroga shayligining har yilgi sinovidir”, dedi moskvalik harbiy tahlilchi Vasiliy Kashin AFP bilan suhbatda.

21-26-sentabr kunlari Rossiya janubida boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlarida harbiy strategiya va taktikani muhokama qilayotgan Rossiya va xitoylik zobitlar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

21-26-sentabr kunlari Rossiya janubida boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlarida harbiy strategiya va taktikani muhokama qilayotgan Rossiya va xitoylik zobitlar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Janubiy Osetiyada 21-26-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlarida ishtirok etgan rossiyalik moto-oʻqchilar, 25-sentyabr. Mashqlar Rossiyaning janubiy qismini qamrab olgan. Rossiya qoʻshinlari 2008-yildan beri Gruziya hududining bir qismi boʻlgan Janubiy Osetiyani egallab olgan. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Janubiy Osetiyada 21-26-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan “Kavkaz-2020” mashgʻulotlarida ishtirok etgan rossiyalik moto-oʻqchilar, 25-sentyabr. Mashqlar Rossiyaning janubiy qismini qamrab olgan. Rossiya qoʻshinlari 2008-yildan beri Gruziya hududining bir qismi boʻlgan Janubiy Osetiyani egallab olgan. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Mashgʻulotlar Qora va Kaspiy dengizlarida harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirishni koʻzda tutgan, dedi u.

Quruqlikdagi qoʻshinlar Rossiya janubida va 2008-yildan beri Rossiya qoʻshinlari tarafidan egallab olingan Janubiy Osetiyada (Gruziyadan ajralib chiqqan hudud) mashq qilganlar.

Belarus va Rossiya qoʻshinlari Astraxan shahrida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazdilar, bu ehtimol “Rossiyaning Voronejda joylashgan 20-umumqoʻshin armiyasi (CAA) kuchlarini Belarusga joylashtirish uchun tayyorgarlik” boʻlishi mumkin, deb yozgan 26-sentabr kuni Vashingtondagi Urushni oʻrganish instituti.

Rossiya mudofaa vazirligi xabariga koʻra, harbiy mashgʻulotlarga artilleriya tizimlari va raketa moslamalari bilan birga, 250 ta tank hamda 450 ga yaqin jangovar piyoda mashinalari va bronetransporterlar jalb qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyani qayta tiklashni 20 yillik hukmronligining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylantirdi va soʻnggi yillarda Kavkaz, Boltiqboʻyi va Arktikada tez-tez keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Koronavirus mamlakatni ogʻir ahvolda qoldirgan bir vaqtda, oʻzining turli harbiy oʻyinlariga diktatura boʻyicha hammaslaklari va Rossiyaga qaram postsovet davlatlarni taklif qilish – Putinning gʻarbga qarshi va aksildemokratik ittifoqni tuzishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasidir.

Putin Rossiyaning (Italiyadan kamroq) zarar koʻrgan iqtisodiyoti uchun Xitoydan yordam izlash maqsadida oʻz mamlakatining nisbatan kuchli tomonlarini, yaʼni harbiy tayyorlov va “Sibir qudrati” quvuridan oʻtadigan moʻl-koʻl tabiiy gazni taklif qilgan.

Shu bilan birga, u Ukraina va Gruziya singari gʻarbparast sobiq Sovet davlatlarini jazolab, ularga qarshi urush ochdi, boʻlginchi Pridnestrovye oʻlkasini qoʻllab-quvvatlash uchun Moldovada Rossiya qoʻshinlarini qoldirdi va Belarus diktatorini qoʻllab-quvvatladi.

Putin va Lukashenko – bitta choʻkayotgan kemada

Yirik harbiy mashgʻulotlar avgust oyida qayta saylanishi ortidan misli koʻrilmagan norozilikka duch kelgan va 23-sentabr kungi maxfiy marosimda qasamyod qilgan belaruslik diktator Aleksandr Lukashenkoni qoʻllab-quvvatlash belgisi oʻlaroq baholanmoqda.

Mashgʻulotlar, shuningdek, har ikkala rahbar duch kelayotgan umumiy qarshilikni aks ettiradi, zero ularning ikkovi ham oʻzining avtoritar rejimiga nisbatan tobora kuchayib borayotgan ichki qarshilikni yengish uchun oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga urinmoqda.

“Kavkaz-2020” harbiy mashqlariga parallel tarzda, 14-25-sentabr kunlari Belarusda “Slavyan birodarligi” deb nomlangan Rossiya-Belarus qoʻshma mashgʻulotlari ham boʻlib oʻtdi va unda 900 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchilar qatnashdi.

Belarusning Polsha bilan chegarasidagi Brest shahri yaqinida boʻlib oʻtgan harbiy mashqlar davomida oʻtgan hafta Belarusning Yevropa Ittifoqi (YI) bilan chegarasi boʻylab Rossiyaning tovushdan tez uchuvchi ikkita ogʻir strategik “Tu-160” bombardimonchi samolyoti uchib oʻtgan.

Lukashenko Polsha va Boltiqboʻyi davlatlarini muxolifat bilan kelishuvda aybladi va Gʻarb davlatlari Belarusni Rossiyaga hujum qilish uchun “platsdarm” deb bilishini aytdi.

“Putin bilan fikrimiz bir”, degan edi u avgust oyida.

Oktabr oyida Belarusda Rossiya rahbarligidagi xavfsizlik ittifoqi – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzo olti davlat ishtirokidagi mashqlar oʻtkaziladi.

Mamlakat sharqida Moskva qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi kurash olib borayotgan va NATO bilan oʻz mashgʻulotlarini boshlagan Ukraina “Kavkaz-2020” mashqlari jiddiy tahdid ekanligini bayon qilgan.

“Jangovar manyovrlarda ishtirok etayotgan harbiy qismlar Qora dengizdagi vaziyatni beqarorlashtirishi va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin”, deb bayonot bergan oʻtgan hafta Ukraina mudofaa vazirligi.

NATO Qora dengizda ukrain va rus harbiy kemalari toʻqnashgan Qrim yaqinidagi suvlarda patrul nazorati olib boradi, Rossiya bu hududni 2014-yilda noqonuniy tarzda anneksiya qilgan.

Sustlashgan aloqalar

Rossiyaning bu yilgi harbiy oʻyinlarida ishtirok etishdan bosh tortgan Hindiston koronavirus pandemiyasini sabab qilib koʻrsatgan boʻlsa-da, kuzatuvchilar bunga Xitoy bilan sustlashgan munosabatlar sabab boʻlganini aytmoqda. Osiyoning eng yirik ikki davlati 1962-yilda chegaraviy nizo sabab urushgan, bu yilgi toʻqnashuvlarda ham koʻpgina qurbonlar berilgan.

Rossiyaning ittifoqchisi va YI tarkibiga kirish ilinjidagi Serbiya ittifoqning “kuchli va noloyiq bosimi” tufayli Belarusdagi mashgʻulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.

2014-yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilishi ortidan Kremlning Yevropa bilan munosabatlari yomonlashgan, bu tanglik saylovlarga aralashuv va josuslik ayblovlari tufayli yanada kuchaymoqda.

Avgust oyida Sibirda Kremlning asosiy tanqidchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi Yevropa liderlarining keskin eʼtiroziga uchradi, ular Moskvaga qarshi qoʻshimcha sanksiyalar bilan javob berishlari mumkinligini aytib oʻtdilar.

Markaziy Osiyodagi aksar kuzatuvchilar yaqinda boʻlib oʻtgan mashgʻulotlarni Putinning militaristik siyosati belgisi oʻlaroq baholaganlar.

Kreml Qozogʻistonni oʻzining geosiyosiy oʻyinlariga jalb qilishga urinib kelmoqda, deydi Nur-Sultonlik siyosiy tahlilchi Urazgali Selteyev.

Mamlakatimiz qatʼiyan neytral mavqeini saqlab qolishi va Gʻarb bilan qarama-qarshilikka aralashmasligi kerak”, degan edi u sentabrda. “Qozogʻiston fuqarolari Rossiya va uning harbiy ittifoqchilari xatti-harakatlaridan ziyon koʻrmasliklari lozim.”

Kreml oʻzining provokatsion harbiy mashqlari va boshqa yoʼllar bilan Markaziy Osiyoda keskinlikka sabab boʻlmoqda, degan edi bishkeklik qirgʻiz diplomati Murat Konokbayev sentabr oyida.

Yaqinda ular axborot makonimizda qirgʻizlar Qirgʻizistonning Rossiyaga qoʻshilishini muhokama qilayotgani haqidagi soxta xabarlarni tarqatdilar”, dedi u.

“Moskvaning bu jirkanch provokatsiyasi qirgʻizistonliklarni gʻazablantirdi. Markaziy Osiyo respublikasidagi reaksiya bu kabi bayonotlarning haqiqatdan yiroq ekanligini koʻrsatdi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

kim yaxshiyu kim yomonligini hudo biladi. birovning ishi to'g'ri yoki noto'g'ti deb baho berish bandasigamas..................

Javob berish

Uzoq yasha Belarus, Rossiya – najosat. [Belarus tilida yozilgan]

Javob berish