Karvonsaroy
Terrorizm

Polsha “Islom davlati”ga aloqador 3 tojik fuqarosini deportatsiya qildi

Karvonsaroy

15-aprel kuni Karlsruye shahridagi Germaniya Federal Oliy sudi hududidan chiqib kelayotgan politsiya avtomashinasi. Germaniya politsiyasi “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan besh tojikistonlikni hibsga oldi. [Thomas Lohnes/AFP]

15-aprel kuni Karlsruye shahridagi Germaniya Federal Oliy sudi hududidan chiqib kelayotgan politsiya avtomashinasi. Germaniya politsiyasi “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan besh tojikistonlikni hibsga oldi. [Thomas Lohnes/AFP]

VARSHAVA – Polsha rasmiylari “Islom davlati” (ID) terrorchi guruhi bilan aloqada boʻlish hamda polyaklar va ukrainaliklarni Polshada terrorizmga jalb qilishga uringanlikda gumonlangan uch tojik fuqarosini deportatsiya qildi, deb xabar beradi Polsha radiosi dushanba (28-sentabr) kuni.

Gumondorlar Tojikistonga sentyabr oyining boshlarida qaytarilgan, ammo bu xabar jamoatchilikka endi eʼlon qilindi. Gumonlanayotganlardan ikki nafari deportatsiya hukmidan norozi boʻlib, inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga apellyatsiya bilan murojaat qilgan.

Polsha huquq-tartibot idoralari gumondorlardan toʻrt nafarini may oyida qoʻlga olgan edi. Polsha radiosi xabariga koʻra, oʻtgan yil dekabrda Polshadan qochib ketgan beshinchi gumondor iyun oyi oxirida aksilterror idoralar yordami bilan ushlangan. Uning qayerda hibsga olingani ochiqlanmagan.

Beshinchi gumondor jihod qilish uchun Suriyaga borishni rejalashtirgan. U “Al-Qoida” yetakchilarining biri bilan muloqot qilishga ulgurgan, deb xabar berdi Polsha ichki xavfsizlik agentligi (ABW).

Aprel oyida ABW rahbari Polsha ichki ishlar vaziriga murojaat qilib, besh tojikistonlikning Polsha va YeI Shengen hududiga aʼzo boshqa davlatlarga kirishini taqiqlashni soʻragan edi. May oyida vazir iltimosni qondirib, besh yil davomida amal qiluvchi qaror chiqargan.

Albaniya va Germaniyadagi terrorchilikda gumonlanganlar

Bu xabar joriy yil boshida Albaniya va Germaniyada oʻtkazilgan aksilterror operatsiyalari ortidan paydo boʻlgan.

Iyun oyida Albaniya sudi tojikistonlik Komron Zuhurovni ISHIDga aloqadorlikda ayblab Germaniyaga ekstraditsiya qildi, deb xabar bergan edi oʻshanda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Albaniya hukumati uni aprel oyida Germaniya sudi tomonidan chiqarilgan xalqaro orderga binoan hibsga olgan.

Aprel oyi boshida Germaniya huquq-tartibot idoralari nemis diyoriga hujumlar uyushtirishni rejalagan ID yacheykasini tuzishda gumonlanayotgan besh tojik fuqarosini hibsga olganini eʼlon qildi.

Guruh AQSH havo kuchlarining mamlakatdagi bazalariga va Islom tanqidchisi deb iddao qilingan nomaʼlum shaxsga qarshi hujumlarni rejalashtirgan.

Nemis prokurorlarining aytishicha, gumondorlarning toʻrt nafari 15-aprel kuni Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Zigen, Xaynsberg va Verdol shaharlarida hibsga olingan. Beshinchi gumondor 2019-yilning martida ushlangan. Ozodlik radiosi uning qayerda hibsga olinganini ochiqlamagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500